Referat 1-topshiriq


Termiz Davlat Universiteti



Yüklə 67,13 Kb.
səhifə5/11
tarix13.12.2023
ölçüsü67,13 Kb.
#139817
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
123 TOPSHIRIQ

Termiz Davlat Universiteti
Iqtisod va Turizm fakulteti
Iqtisodiyot (tarmoqllar va sohalar bo’ycha) ta’lim yo’nalishi
4-kurs 420-guruh talabasi
Abdurasulov Abdusalimning
Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti fanidan tayyorlagan
REFERAT

4-TOPSHIRIQ

MAVZU: QISHLOQ XO’JALIGIDA QO’LLANILADIGAN
INNOVATSIYALAR VA ULARDAN FOYDALANISH 
SAMARADORLIGI
REJA:

  1. Qishloq xo’jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati.
    2. Qishloq xo’jaligiga innovatsiyalarni jalb etish yo’llari.
    3. Innovatsiyalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi
    ko’rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi.
    4. Qishloq xo’jaligiga innovatsiyalarni jalb etish ko’lamini va
    samaradorligini oshirish yo’llari.
      

KIRISH
1. Qishloq xo’jaligida investitsiyaning mohiyati va ahamiyati. 


Barcha tarmoqlarda bo’lgani singari qishloq xo’jaligi tarmog’ida ham biror 
yo’nalishdagi tadbirkorlikni yo’lga qo’yishda innovatsiyalar muhim ahamiyatga 
ega. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun avvalo turli 
xarajatlarni amalga oshirish, ya’ni investitsiya mablag’larini sarflash talab etiladi.
“Investitsiya” atamasi lotincha “invest” so’zidan olingan bo’lib, “pul sarf 
qilmoq”, “pul qo’ymoq” kabi ma’nolarni anglatadi. Investitsiya faoliyati 
subyektlari investitsiya loyihalarining barcha qatnashchilari: investorlar, 
investitsiya faoliyati obyektlaridan foydalanuvchilar, banklar, sug’urta 
kompaniyalari, vositachi tashkilotlar, investitsiya fondlari va boshqalar 
hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositalariga sarflanadigan barcha 
mablag’lar innovatsiyalar deb ataladi. Ular qishloq xo’jaligi korxonalarining 
moddiy-texnik bazasini mustahkamlaydi va ishlab chiqarish jarayonlarini 
mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, elektrlashtirish, avtomatlashtirish 
natijasida mehnat unumdorligi oshadi, xarajatlar esa tejaladi. Natijada 
yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko’payadi va sifati yaxshilanadi, olinadigan 
foyda summasi oshadi. Bu innovatsiyalarni amalga oshirishning tub maqsadidir.
Shularni e’tiborga olgan holda respublikada barqaror investitsion siyosat 
ishlab chiqilgan. U O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati 
to’g’risida”gi va “Chet el innovatsiyalari to’g’risida”gi Qonunlari hamda boshqa 
me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda.
Barcha sohalar singari qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ham 
innovatsiyalarning ahamiyati juda katta. Chunki tarmoqni ustuvor shaklda 
rivojlantirish uchun uning moddiy-texnika bazasini mustahkam ravishda barpo 
etish zarur. Buning uchun uni zamonaviy binoinshootlar, barcha turdagi zarur 
texnikalar, qishloq xo’jalik mexanizmlari, ichki irrigatsiya va melioratsiya 
inshootlari, serunum, tezpishar navlar, mahsuldor chorva mollari zotlari hamda 
aylanma vositalar va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlash lozim. Hozirgi davrda investitsion mablag’lar yangi, samarali texnologiyaga hamda 
intellektual mulkni barpo etishga sarflanishi maqsadga muvofiqdir. Bu masalaning 
to’g’ri, samarali hal etilishi ma’lum miqdordagi innovatsiyalar sarflanishini 
obyektiv ravishda talab etadi. Demak, investitsiya mablag’lari tarmoqda doimiy va 
o’zgaruvchan kapitalni hamda intellektni barpo etish va ularni rivojlantirish hamda 
yuksaltirish uchun sarflanadi. U uzoq hamda qisqa muddatlarga mo’ljallab 
sarflanishi mumkin. Qishloq xo’jaligining asosiy vositalarini sotib olishga, 
qurishga hamda ularni kapital ta’mirlashga sarflansa, unda bu sarflar uzoq 
muddatga mo’ljallangan bo’ladi. U asosiy kapitalga sarflangan innovatsiyalar deb 
ataladi. Shu bilan birgalikda innovatsiyalar qishloq xo’jaligining aylanma 
vositalariga ham sarflanadi, ular odatda qisqa muddatga sarflanadi. Demak, 
innovatsiyalar natijasida qishloq xo’jaligining ishlab chiqarish vositalari barpo 
etilib, ularning ishga yaroqliligi tubdan yaxshilanadi.
Innovatsiyalar maqsad va vazifalariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
- kapital innovatsiyalar;
- innovatsion innovatsiyalar; - ijtimoiy innovatsiyalar.
Asosiy va aylanma fondlarni barpo etishga va ularni takror ishlab 
chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini 
rivojlantirishga sarflangan innovatsiyalar kapital innovatsiyalar deb ataladi.
Texnika va texnologiyalarning yangi avlodini yaratish, mavjudlarini 
takomillashtirish va ularni o’zlashtirishga sarflangan innovatsiyalar innovatsion 
innovatsiyalardir.
Inson salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, 
shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga 
sarflanadigan mablag’lar ijtimoiy innovatsiyalar deb ataladi.
Innovatsiyalarni real va moliyaviy innovatsiyalarga ham bo’lish mumkin. 
Moddiylashgan asosiy va aylanma vositalarga sarflangan mablag’lar real 
innovatsiyalarni tashkil etadi. Real innovatsiyalar kapital qo’yilmalar deb ham 
ataladi. Kapital qo’yilmalar yalpi va sof kapital qo’yilmalarga bo’linadi. Real 
innovatsiyalarning umumiy summasi yalpi kapital qo’yilmalarni tashkil etadi. Real 
innovatsiyalarni sarflash natijasida ishga tushirilgan qismi sof kapital 
qo’yilmalardir. Sof kapital qo’yilma yalpi kapital qo’yilma summasiga teng yoki 
kam bo’lishi mumkin. Qishloq xo’jaligi, jumladan, korxonalar miqyosida yalpi 
kapital qo’yilmani sof kapital qo’yilmaga aylantirishga alohida e’tibor berilishi 
lozim. Sarflanayotgan real innovatsiyalar moddiylashtirilishini, ya’ni ishga 
tushirilishini ta’minlash zarur.
Qimmatli qog’ozlarni (aksiya, obligatsiya, sertifikat va hokazo) 
shakllantirishga sarflangan mablag’lar esa moliyaviy innovatsiyalar hisoblanadi.
Mamlakatimiz qishloq xo’jaligida moliyaviy innovatsiyalar ko’lamini 
kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, fermer xo’jaliklari, agrofirmalarda 
qimmatli qog’ozlar chiqarib, sotilishini yo’lga qo’yish lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsion siyosatni shakllantirishda 
quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak:
- tender asosida raqobatbardosh loyihalarni tanlash. Bu qishloq xo’jaligida 
investitsion loyihalar bozori barpo etilishini ta’minlaydi; - qishloq xo’jaligi uchun 
mo’ljallangan innovatsiyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanganligi. Qishloq 
xo’jaligi tabiiy-iqtisodiy omillarining xususiyatlarini hisobga olgan holda 
loyihalarning iqtisodiy-ijtimoiy natijalari aniqlangan bo’lishi zarur. Chunki, ayrim 
hollarda loyihada belgilangan mablag’lar ko’zda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun 
yetmaydi va oqibatda ko’zlangan maqsadga erishilmaydi. Bu hol investitsion 
loyihalar uzoq muddatga cho’zilishiga olib keladi;
- chet el investorlarini va ularning innovatsiyalarini qishloq xo’jaligiga jalb 
etish. Buning uchun xorijlik tadbirkorlarni mamlakatimiz qishloq xo’jaligida 
mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlar va ular uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan 
tanishtirish, reklamani to’g’ri yo’lga qo’yish hamda investitsion muhitni yanada 
yaxshilab borish lozim va boshqalar.
Barcha omillarni e’tiborga olgan holda sarflanadigan innovatsiyalar qishloq 
xo’jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini barpo etadi, qishloq xo’jaligi 
zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, bino-inshootlar bilan ta’minlanadi, 
bog’lar, uzumzorlar barpo etiladi, chorva hayvonlarining mahsuldor zotlari 
yaratiladi va hokazo. Ular yangi ish o’rinlari barpo etilishini ham ta’minlaydi, 
qishloq xo’jaligida band bo’lgan tadbirkorlarning bilimlarini, malakalarini 
yuksaltiradi, bozor munosabatlarini shakllantiradi. Ularning uyg’unlashishi 
natijasida tarmoqda yetishtiriladigan mahsulotlar hajmi ko’payib, 
raqobatbardoshligi oshadi. Bu, o’z navbatida, aholi va qayta ishlash tarmoqlarining 
talabi qondirilishini ta’minlaydi, fuqarolarning turmush darajasini yuksaltiradi. 
Bularning hammasi innovatsiyalarning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati katta 
ekanligidan dalolat beradi.
Innovatsiyalarning mamlakat iqtisodiyoti va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati 
ulkan.

Yüklə 67,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin