Referat 1-topshiriq


Qishloq xo’jaligiga innovatsiyalarni jalb etish yo’llari



Yüklə 67,13 Kb.
səhifə7/11
tarix13.12.2023
ölçüsü67,13 Kb.
#139817
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
123 TOPSHIRIQ

Qishloq xo’jaligiga innovatsiyalarni jalb etish yo’llari. 
Qishloq xo’jaligining barqaror rivojlanishi tarmoqda mavjud bo’lgan ishlab 
chiqarish vositalari oqilona tarzda takror ishlab chiqarilishini talab etadi. Bu 
jarayon ishlab chiqarish vositalarini sotib olish, ta’mirlash, qurish, innovatsion 
hamda ijtimoiy munosabatlar yig’indisidan tashkil topadi.
Barcha innovatsiyalar quyidagi yirik ikkita manbadan shakllantirilib, amalga 
oshiriladi:
• korxonaning o’z mablag’lari hisobidan;
• chetdan jalb qilingan mablag’lar orqali.
Korxonaning innovatsiyalarni shakllantirishda qo’llaniladigan o’z mablag’lariga 

quyidagilar kiradi:
- korxonaning sof foydasidan ajratilayotgan mablag’lar;
- amortizatsiya fondidagi mablag’lar;
- asosiy vositalarni tugatishdan, sotishdan kelib tushgan mablag’lar;
- asosiy vositalarni ijaraga berishdan tushgan mablag’lar;
- qishloq xo’jalik korxonalarining boshqa korxonalar qimmatli qog’ozlarini 
sotib olishi natijasida oladigan dividendlardan ajratilayotgan mablag’lar va boshqa 
shu kabilar.
Qishloq xo’jaligi tarmog’ida ishlab chiqarish jarayonining mavsumiyligi 
mazkur tarmoqda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning investitsion imkoniyatlarini 
cheklab qo’yadi. Tarmoqda ishlab chiqarish vositalari sifatida tirik 
organizmlarning ishtirok etishi, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ularning 
ma’lum vegetatsiya davrini o’tishi lozomligi ishlab chiqarish jarayonining uzoq 
davom etishiga olib keladi. Masalan, kuzgi bug’doy oktabr oyida ekiladi va kelgusi 
yilning may oyida tayyor mahsulot olinadi, ya’ni 7-8 oy o’tgachgina tayyor 
mahsulot olinadi. Bunday holatda tarmoqda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning 
uzoq muddat davomida investitsiyani amalga oshirish uchun mablag’lari 
yetishmaydi.
Innovatsiyalarni shakllantirishda chetdan jalb qilinadigan mablag’larga 
quyidagilar kiradi:
- qishloq xo’jaligi uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag’lar;
- tijorat banklaridan olinadigan kreditlar;
- hamkorlardan olinadigan mablag’lar;
- qimmatli qog’ozlar chiqarib sotish orqali jalb etiladigan mahalliy va xorijiy 
korxonalar hamda fuqarolarning bo’sh turgan mablag’lari;
- xayriya fondlaridan, homiylar tomonidan ajratilayotgan mablag’lar va 
boshqalar.
Chetdan jalb qilingan mablag’lar orasida bank kreditlari alohida o’rin tutadi. 
Ular ishlab chiqarish faoliyati natijalaridan qat’i nazar, alohida korxonalar 
ehtiyojlarini hisobga olgan holda innovatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradi. 
Bank kreditlari korxona o’z mablag’larining investitsiya uchun kerakli miqdorini 
yig’masdan turib investitsiya jarayonini tezlashtiradi. Kreditlar investitsiya manbai 
sifatida nafaqat kapital qurilishda, balki yangi texnikani joriy qilishda ham 
ishlatiladi. Innovatsiyalarning asosiy vazifasi – tarmoq mahsulotini ko’paytirish va 
ishlab chiqarish samaradorligining o’sish sur’atlari tezlashtirilishini ta’minlashdir. O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, qishloq, o’rmon va baliq 
xo’jaligiga kiritilgan innovatsiyalarning tarkibida korxona va tashkilotlarning 
mablag’lari 2018-yildagi 22,2 foizdan 2019-yilda 9,3 foizga tushgan, tarmoqqa 
jalb etilgan xorijiy innovatsiyalar va kreditlar hajmi esa keskin oshgan, ya’ni 2018-
yildagi 13,3 foizdan 2019-yilda 41,4 foizga yetgan.
Yuqori rentabellik darajasiga ega korxonalar ishlab chiqarish vositalarini 
yangilash maqsadida kapital qo’yilmalarni amalga oshirishda ko’proq imkoniyatga 
ega bo’ladi.
Shuni ham aytib o’tish kerakki, investitsiya qilishda korxona imkoni boricha 
o’z mablag’laridan foydalanishi ikkita ustunlikka olib keladi: korxonada tashqi 
qarzlar mavjud bo’lmaydi (olingan kreditlar bo’yicha foiz, ijara haqi va hokazo), 
shuningdek, korxonani boshqarishda mustahkam pozitsiyani shakllantiradi.
Ayni paytda xo’jaliklarga chetdan jalb qilinadigan mablag’larning 
manbalaridan biri xo’jalik a’zolarining vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini jalb 
etish hisoblanadi. Bunday investitsiyani amalga oshirish uchun korxona o’z ichida 
qisqa muddatli obligatsiyalarni chiqarib, ularni a’zolariga ishonchli tarzda 
tarqatishi (sotishi) yoki huquqiy kuchga ega bo’lgan ishonchli dalolatnomalarni 
ham berishi mumkin. Xo’jalik a’zolari esa muomalaga berilgan mablag’larini 
ma’lum muddat o’tgandan so’ng belgilangan foizi bilan qaytarib olish 
imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu turdagi investitsiya imkoniyatlaridan qishloq 
xo’jaligi korxonalarida unumli foydalanish kerak.
Xorijiy innovatsiyalar chet mamlakatlardagi yuridik va jismoniy 
shaxslarning mablag’laridan tashkil topadi. Chet ellik investorlar tomonidan foyda 
olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa 
turdagi faoliyat obyektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy 
boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar 
respublika hududida chet el innovatsiyalari hisoblanadi. Ular O’zbekiston 
Respublikasi hududida quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:
• respublika qishloq xo’jaligidagi yuridik hamda jismoniy shaxslarning Nizom 
jamg’armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo’shib qatnashish;
• tarmoqda chet ellik investorgarga to’liq qarashli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari 
va shirkatlari, bank, sug’urta va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;
• mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan, 
O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz 
mablag’larini sotib olish;
• intellektual mullka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar, firma 
nomlari va nou-xaularga, shuningdek, ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar 
kiritish va boshqalar.
Ularni chet davlatlar yoki bu davlatlarning quyidagi hududiy organlari 
amalga oshiradilar:
• davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan 
yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo’lgan xalqaro tashkilotlar;
• chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat 
ko’rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, shirkatlar, uyushma va tashkilotlar;
• chet el fuqarolari bo’lmish jismoniy shaxslar va boshqalar.
Hozirgi davrda mamlakat qishloq xo’jaligini boshqarishni takomillashtirishga va ishlab chiqarishini rivojlantirishga Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot bankining respublikamizdagi bo’limlari hamda AQSh, Germaniya, Isroil, Gollandiya, Fransiya va boshqa davlatlarning vakolatxonalari innovatsiyalarni joylashtirish, sarflash orqali muayyan darajada hissa qo’shish ishlari bilan shug’ullanmoqda. Lekin ularning innovatsiyalari mavjud imkoniyatlar darajasidan ancha pastdir. Shuning uchun bu masalaga, ya’ni chet el innovatsiyalarini jalb etish muammosiga kelajakda alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo’jaligi tarmog’iga jalb etilgan xorijiy investitsiyaga misol 
tariqasida 2020-yil 11-avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro 
tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida 
“O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini 
amalga oshirish choratadbirlari to’g’risida”gi PQ-4803-sonli qarori asosida jalb 
etilgan invstitsiyani keltirishimiz mumkin. Umumiy qiymati 659,3 mln. AQSh 
dollariga teng bo’lgan ushbu loyiha 6 yilga (2020-2026-yillar) mo’ljallangan. 
Loyiha doirasida Jahon banki tomonidan 30 yil muddatga quyidagi shartlar asosida 
500 mln. AQSh dollar ajratilmoqda: - 10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro 
tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 181 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarz;
- 10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 100 mln. 
AQSh dollari miqdoridagi kredit;
- 5 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 219 mln. 
AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit.
Loyihada O’zbekistonning ulushi 159,3 mln. AQSh dollarini tashkil etadi, 
shu jumladan:
- soliq va bojxona to’lovlari bo’yicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida 
moliyaviy xarajatlarni to’lash shaklidagi ulush – 124,3 mln. AQSh dollarini;
- loyiha ishtirokchilarining ulushi esa 35 mln. AQSh dollari ekvivalentini 
tashkil etadi.
Qarorda Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihaning ustuvor 
yo’nalishlari, etib quyidagilar belgilangan:
-qishloq o’jaligida ilmiy-tadqiqot, ta’lim va maslahat xizmatlarining ishlab 
chiqarish bilan integratsiyalashgan samarali tizimini yaratish; - qishloq xo’jaligini 
raqamlashtirish, statistik ma’lumotlarni to’plash, tahlil qilish va tarqatishning 
ishonchli va shaffof usullarini joriy etish; - oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va 
qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirishda “daladan iste’molgacha” tamoyili 
asosida sifat nazoratini kuchaytirish, agrologistika, yo’l va boshqa zarur 
infratuzilmani yaratish; - eksportni rag’batlantirish, xalqaro bozorlarda 
raqobatbardosh, eksportbop yuqori qo’shilgan qiymatli qishloq xo’jaligi 
mahsulotlari ishlab chiqarish borasida qulay agrobiznes muhitini va qo’shilgan 
qiymat zanjirini yaratish;
- qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat tarmog’ini diversifikatsiyalash, sohada davlat 
ishtirokini kamaytirish, kooperatsiya tizimini rivojlantirish, hamda sohaning 
investitsiyaviy jozibadorligini oshirish; - yer va suv resurslari, o’rmon fondidan 
oqilona foydalanish;
-sohaga boshqaruvning zamonaviy tizimlarini joriy etish, xizmat ko’rsatish 
tizimini takomillashtirish.
Qishloq xo’jaligiga jalb etilayotgan innovatsiyalarni boshqa tarmoqlar bilan 
taqqoslaganda ularning salmog’i past darajani tashkil etadi. Shuni inobatga olgan 
mamlakatimiz hukumati tomonidan mazkur tarmoqqa jalb etiladigan 
innovatsiyalar hajmini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bunda qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchilarning moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, issiqxonalar tashkil 
etish, sug’orishning zamonaviy tejamkor usullarini joriy etish, qishloqlarning 
qiyofasini zamonaviylashtirish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa 
shu kabi maqsadlarga katta miqdordagi mablag’lar sarflanmoqda va kelgusida ham 
bu jarayon davom etadi.
 3.  Innovatsiyalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi
ko’rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi
. 
Qishloq xo’jaligiga innovatsiyalarni sarflashdan maqsad – tarmoqda ishlab 
chiqarishni rivojlantirish, qo’shimcha foyda olish va fuqarolarning yashash 
sharoitini yaxshilashdir. Ularning darajasini loyihalar tuzishda hamda bu 
loyihalarni amalga oshirishda aniqlash mumkin. Buning uchun innovatsiyalarning 
iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi. Iqtisodiy samaradorlik xarajatlar bilan foyda 
summalari taqqoslanishi natijasida aniqlanadi.
Innovatsiyalardan foydalanish samaradorligiga baho berishda quyidagi 
ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
a) innovatsiyalarning mutlaq iqtisodiy samaradorligi koeffitsiyenti. Uning 
darajasi sarflangan innovatsiyalar natijasida yalpi ichki mahsulotning o’sgan 
summasini shu o’sishni ta’minlagan investitsiya summasiga nisbati bilan 
aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Bunda: Si – innovatsiyalarning mutlaq iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti;
YaMo’ – ma’lum bir davr ichida yalpi mahsulotning o’sgan summasi, 
so’mda. Bunda qishloq xo’jaligida yalpi daromadning
o’sgan summasi ham olinishi mumkin;
Is – sarflangan investitsiya summasi.
Bu ko’rsatkich sarflangan 1 so’mlik investitsiya mablag’i evaziga necha 
so’mlik yalpi ichki mahsulot yoki yalpi daromad olinganligini ifodalaydi. Uning 
mutlaq miqdori imkoni boricha yuqori bo’lishi maqsadga muvofiq. Shunda 
innovatsiyalarning mutlaq iqtisodiy samaradorlik darajasi yuqori bo’ladi. Kam 
bo’lsa, u iqtisodiy samaradorlik darajasi past bo’lganligidan dalolat beradi, bunday 
holda innovatsiyalarni sarflash maqsadga muvofiq hisoblanmaydi.
Innovatsiyalar aksariyat hollarda uzoq muddatga mo’ljallangan xarajatlardir. 
Shuning uchun ularning bir necha yillar davomidagi iqtisodiy samaradorligini 
aniqashda qiyosiy baholardan foydalanish lozim. Bunda inflyatsiya darajasi 
hisobga olinadi.
b) sarflangan investitsiyaning samaradorligi. Uni aniqlash uchun investitsiya 
sarflanishi natijasida sof foydaning o’sgan summasini shu o’sishni ta’minlagan 
investitsiya summasiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish 
mumkin:
Bunda: SFo’ – investitsiyani amalga oshirish natijasida sof foydaning o’sgan 
summasi;
O’TIS - foydaning o’sishini ta’minlagan investitsiya summasi.
Bu ko’rsatkich yordamida sarflangan bir so’mlik investitsiya necha so’mlik 
yoki tiyinlik foyda keltirilganligi aniqlanadi. Shuning uchun bu ko’rsatkichning 
mutlaq miqdori yuqori bo’lgani maqsadga muvofiqdir.
d) investitsiya sarflanishi natijasida xarajatlarning tejalishi. Qishloq 
xo’jaligida sarflangan innovatsiyalar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish 
orqali mahsulot yetishtirish uchun qilingan o’rtacha xarajatlar (mahsulot tannarxi) 
ni kamaytirishda ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu holatga baho berishda 
ularning iqtisodiy samaradorlik darajasi tejalgan mablag’ qiymatini sarflangan 
investitsiya summasiga taqsimlab ham aniqlanadi. U quyidagi tenglik yordamida 
aniqlanishi mumkin:
Bunda: T
1– investitsiya sarflanishidan oldingi tannarx summasi, ming 
so’mda;
T
2– investitsiya sarflanganidan keyingi tannarx summasi, ming so’mda.
Bu ko’rsatkichning ham mutlaq darajasi yuqori bo’lishi maqsadga 
muvofiqdir.
e) investitsiyaning qoplanish muddati. Bu ko’rsatkich sarflangan investitsiya 
summasini olingan sof foydaning o’sgan summasiga taqsimlash orqali aniqlanadi. 
Bunda quyidagi formulalardan foydalanish mumkin:
Innovatsiyalarning qoplanish muddati imkon qadar qisqa bo’lishi maqsadga 
muvofiqdir.
f) sarflangan investitsiyaning kelajakda keltiradigan foydasi. Bu
ko’rsatkich quyidagi formula orqali aniqlanadi:
F*k=So(1+i/100)t
Bu yerda: Fk– investitsiyaning kelajakdagi foydasi; So– boshlang’ich 
summa; i – inflyatsiya darajasi; t – investitsiya muddati.
g) agrar sohaga sarflangan innovatsiyalarning samaradorligini tavsiflovchi 
ko’rsatkichlardan yana biri – agrar sohaga jalb qilingan 1 so’mlik investitsiyaga 
to’g’ri keladigan qishloq xo’jalik yalpi mahsuloti ko’rsatkichidir. Ushbu 
ko’rsatkichni aniqlash uchun qishloq xo’jaligi tarmog’ida yaratilgan yalpi 
mahsulot hajmi ushbu tarmoqda sarflangan jami investitsiya summasiga 
taqsimlanadi:
Bunda: Iym – 1 so’mlik investitsiyaga to’g’ri keluvchi qishloq xo’jalik yalpi 
mahsuloti;

Yüklə 67,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin