YMqx – qishloq xo’jalik yalpi mahsuloti;
Is – tarmoqqa sarflangan investitsiya summasi.
Rivojlangan mamlakatlarda davlat narx siyosati orqali fermerlar daromadi
barqarorligini qo’llab-quvvatlaydi va shu orqali fermer xo’jaligining investitsiya
jamg’armasini tashkil etuvchi daromadlarning minimal darajasini ta’minlashga
harakat qilinadi. Ushbu mamlakatlar amaliyotida agrar sohadagi investitsiya
faoliyatini boshqarishning ikkita zamonaviy modeli keng qo’llanilmoqda: Amerika
va Yevropa modellari. Agrar sohadagi investitsiya faoliyatini boshqarishning
Amerika modeli AQSh va Kanada davlatlari uchun xos bo’lib, ularda davlat
budjeti mablag’lari hisobidan qishloq xo’jaligiga ajratiladigan assignatsiyalar
to’g’ridan-to’g’ri pul to’lovi ko’rinishida amalga oshiriladi. Bunda, ayniqsa,
imtiyozli kreditlar, fermerlarga innovatsiyalar uchun soliq imtiyozlari, kreditni
qaytarish muddatlarini uzaytirish kabi usullardan samarali foydalaniladi. Soliq
tizimidagi imtiyozlar qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmini oshirish, yerlarning
mahsuldorligini oshiruvchi muhitni ta’minlashda muhim o’rin tutadi.
Ichki va tashqi bozorning qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabini
qondirish eng dolzarb masaladir. Uni hal etish uchun innovatsiyalarni sarflash
zarur. Buning uchun esa siyosiy, mintaqaviy, iqtisodiy hamda ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlash darkor. Respublikada bozor iqtisodiyotiga bosqichma-
bosqich o’tish davrida yuqorida ta’kidlangan sharoitlar yaratilmoqda.
Qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish uchun mazkur tarmoqqa
sarflanadigan innovatsiyalar hajmini oshirish lozim. Bunda o’tkaziladigan turli
ko’rgazmalar ham muhim ahamiyatga ega. Bu borada ham mamlakatimiz
hukumati tomonidan ko’plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
Toshkent shahrida “O’zagroekspo” ko’rgazmasi an’anaviy tarzda o’tkazib
kelinmoqda. Shu kabi ko’rgazmalarda qishloq xo’jaligi sohasida faoliyat
yurituvchi subyektlar xorijlik tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga
qo’yish va shu orqali sohaga innovatsiyalar oqimini ko’paytirish imkoniga ega
bo’lmoqdalar.