Mars - Mirrix Mars - “urush xudosi” bunday nom bilan yuritiladigan Yer tipidagi to`rtinchi planeta mirrix (Mars) ning orbitasi ernikidan tashqarida yotadi. Uniig Quyoshdan o`rtacha uzoqligi 228 million kilometr. Mars Quyosh atrofida aylanayotib, har 780 kunda Еrga Yaqinlashib turadi. Bunday Yaqinlashish qarama - qarshi turish deyiladi. Mars orbitasi ellips shaklida bo`lganidan, qarama - qarshi turish paytida uning uzoqligi 55 dan 102 million kilometrgacha o`zgarib turadi. Mars Yerga eng Yaqin kelganda (buyuk qarama - qarshi turish paytida), undan bizgacha nur atiga uch minutda etib keladi. Planetaning buyuk qarama - qarshi turishi har 15 - 17 yilda kuzatilib, oxirgisi 2004 yilda bo`lgan edi. Mars nisbatan kichik sayyora, uning diametri 6775 kilometr, massasi esa Yer massasining 0,107 qismini tashkil qiladi. O`rtacha zichligi ham Еrnikidan ancha kam 3,94 g/sm3 . Erkin tushish tezlanishi 372 sm/s2 . “Urush xudosi” o`zining fizik tabiati jixatidan Quyosh sistemasining planetalari ichida erga “qarindosh” ligi bilan ajralib turadi. Mars sutkasi ernikidan kam farq qilib - 24 soatu 39,5 minutga teng. Shuning uchun planetaning o`rtacha yillik temperaturasi sel`siy shkalasida – 60o ni tashkil qilib, sutka davomida keskin o`zgaradi. 35 gradusli kenglikda kuz faslida tush paytiga Yaqin harorat minus 20 sel`siy, kechqurun -400 , kechasi esa -700 ga boradi. Qish paytida 400 li kenglikda harorat minus 50o dan, 60o li kenglikda esa minus 80o – 90o dan ortmaydi. Mars sirtining minimal temperaturasi – 125o dap pastga tushmaydi. Mirrixning atmosferasi “tuni” - juda siyrak bo`lib, sirtida o`rtacha bosim 6,1 millibar (1 bar taxminan 1 atmosfera), ya`ni dengiz sathidagi Yerning atmosfera bosimidan qariyb 160 marta siyrak. Biroq planetaga tegishli aniq ma`lumotlar “Mars” va “Mariner”, “Viking” (AQSH) tipidagi planetalararo avtomatik stantsiyalar yordamida qo`lga kiritildi. Ma`lum bo`lishicha, Marsning “tuni” 95% karbonat angidriddan, 2,5% azot, 1,5 - 2,0 % argondan va juda kam miqdordagi kislorod (0,2%) va suv bug`idan (0,1%) tashkil topgan ekan. Teleskop yordamida Marsning qutblarida juda qadimdan kuzatiladigan oq “Qalpoq” lari, yangi yillarga qadar “urush xudosi” niig asosiy jumboqlaridan hisoblanardi. Qizigi shundaki, bu “Qalpoqlar”, Yerning shimoliy va janubiy qutblarida kuzatiladigan shimoliy muz okeani va antraktidaga juda o`xshab ketadi. Qishda ularning egallagan maydoni ortib, shimoliy yarim sharda 62 gradusli kenglikkacha, janubiy yarimsharda esa - 55 gradusgacha bostirib keladi. Shuni unutmaslik kerakki, qish har ikkala yarim sharda bir vaqtda bo`lmay, Еrdagidek, bir - biridan yarim yilga (Mars yili bilan) farq qiladi. So`ngra bahor boshlanishi bilan “Qalpoq” larning keskin erishi boshlanadi va yozda ulardan aytarli iz qolmaydi. Maxsus usullar yordamida “qutb Qalpoqlari” ni o`rganish, ular muz xolatdagi karbonat angidrid ekanini ma`lum qildi. Keyinchalik kosmik apparatlar, Mars qutblarida temperatura, karbonat angidridining 6,1 bar bosimda kondensatsiyali temperaturasiga (1250C) Yaqin ekanligini aniqlash bilan Yuqoridagi fikrni tasdiqladi. Planeta atmosferasining tarkibi aniqlangach, “Qutb Qalpoqlari” ning sayyora atmosferasining fizikasida roli katta ekanligi ma`lum bo`ldi. Chunonchi bahorda “Qutb Qalpoq” larining kuchli erishi va bug`lanishi hisobiga qutb tepasida atmosferaga juda ko`p miqdorda karbonat angidrid uloqtirilib, bosimni keskin ortishiga sabab bo`ladi. Oqibatda kuchli shamol vujudga kelib, u juda katta gaz massasini janubiy yarim sharga olib o`tadi. Garchi bunda shamolning tezligi sekundiga taxminan 10 metrni tashkil etsada, fasliy o`zgarishlar bilan bog`liq jarayonlar tezligi, ayrim hollarda sekundiga 70 - 100 metrgacha boradigan kuchli shamolni vujudga keltiradi. Bunday shamol ta`sirida 100 millionlab tonna chang atmosferaga ko`tariladi. 1971 yili xuddi shu xildagi bo`ron ko`tarilib, “urush xudosi” sirtini paranji misol bizdan to`sdi. Bu davrda ko`tarilgan va butun planeta diskini qoplagan qizg`ish chang bulutlari xatto “qutb Qalpoqlari” ni ham ko`rishga imkon bermadi. 1971 yil dekabrida sobiq sovet ittifoqining - “Mars-3” va AQSH ning “Mariner-9” kosmik apparatlari bo`ron ayni “quturgan” paytda sayyoraning ko`rinishlarini aks qiluvchi rasmlarni oldi. Marsning rel`efi bir - biridan keskin farqlanuvchi rayonlardan iborat bo`lib, bular ichida juda katta maydonni kraterlar egallaydi. Tashqi sayyoralar: Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton.