Referat guruh: 27A-23ki bajardi: M. Shohijahon qabul qildi navoiy-2023 reja: Quyosh tizimi



Yüklə 190,63 Kb.
səhifə7/7
tarix02.12.2023
ölçüsü190,63 Kb.
#137514
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
geologiya 2

Sirli Pluton
Lever`ening muvaffaqiyatidan ilhomlangan ingliz astronomi Forbs 1880 yildayoq, Neptundan uzoqda ham Quyosh oilasining a`zolaridan bo`lishini gumon qilib, uning o`rnini hisoblashga kirishdi. Murakkab hisoblashlar natijasida astronom noma`lum sayyoraning o`rni tarozi yulduzlar turkumida yotishini aniqladi. Forbs bir necha tunlarni uyqusiz o`tkazdi, osmonning bu soxasini rasmga oldi va tunda lupa bilan fotoplastinkalardan, tashqi planetaning “avtog`rafi” ni tinim bilmay izladi. Biroq barcha urinishlar foydasiz bo`lib chiqdi. Neptun ortidagi planeta ko`zga ilinmadi. U bilan bir vaqtda bu ishga “bel bog`lagan” boshqa bir astronom Toddning urinishlari ham natijasiz bo`lib chiqdi. Nihoyat, bir necha yillik hisoblashlar natijasida olim noma`lum sayyoraning aniq o`rnini topdi. Biroq olingan fotoplastinkalarda planeta Lovellga ham nasib qilmagan ekan, u 1930 yili vafot etdi. Xuddi shu yili 13 martda Lovell observatoriyasining yosh astronomi K. Tombo fotoplastinkada, transNeptunni ko`rdi va Lovellni hisoblagan o`rnining naqadar katta aniqlikka ega ekanligiga ishonch hosil qildi. Afsus qiladigan joyi shunda ediki, Lovell vafot etgach, u olgan fotog`rafiyalarni tekshirilganda, ularning bir nechtasida Plutonni qayd qilganligi ma`lum bo`ldi. Aftidan, Lovell planeta ravshan ko`rinishi kerak degan gumon bilan Pluton ko`z ilg`aydigan eng xira yulduzlardan ham ming marta xira ravshanlikka ega. Uning orbitasi juda cho`zinchoq ellips shaklida bo`lib, perigeliyni (Quyoshga eng Yaqin kelganda) Quyoshga Neptundan ham Yaqinroq keladi, afeliyida (orbitasining Quyoshdan uzoqdagi nuqtasida) Neptun orbitasidan salkam milliard kilometr nariga ketadi. Quyoshdan o`rtacha uzoqligi esa 5,9 milliard kilometrni (39,5 astronomik birlik) tashkil etadi. Agar bunday katta masofadan turib Quyoshga nazar tashlansa, u kichkina yorituvchi nuqtaga aylanib, planeta sirtini, Yer sirtiga nisbatan 1600 marta kam yoritishi hisoblashlardan aniq keladi. Temperaturasi minus 220 gradus atrofida, bu sayyoraning fizik tabiati ham shu tufayli Yaxshi o`rganilmagan. Plutonning diametri aniq o`lchami olinganicha yo`q, hisoblashlar u 3700 kilometrdan katta emasligini ko`rsatadi. Uning ravshanligi 6,4 kunlik davu bilan qarab turadi va bu vaqt, planetaning aylanish davriga taxmin qilinadi, Pluton atrofida topilgan yo`ldosh xaron, sayyoradan 18 - 20 ming kilometr uzoqda turib, uning atrofida 6,4 kunda aylanib chiqadi. Olimlar uning diametrini 1200 kilometrdan kam emas deb baholashdi. Hozirgi vaqtda olingan ma`lumotlar va Quyosh sistemasi tuzilishi haqidagi yangi fikrlar sayyoralarning sonini 1 taga kamaytirishni taklif etdi. Bundan kelib chiqib Plutonni asteroid deb hisoblash lozim.
Yüklə 190,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin