Uran - “Yonbosh” planeta Uran sayyorasi, aslida muzikachi, keyinchalik mashxur astronom darajasiga ko`tarilgan V. Gershel` tomonidan 1781 yili tasodifan topildi. Ma`lum bo`lishicha, planeta ochilgunga qadar, qariyb yuz yilcha ilgaridan kuzatilib kelingan ekan. Biroq astronomlar unga xar doim xira yulduz deb qarab, ortiqcha e`tibor bermagan ekanlar. Planeta orbitasini birinchi bo`lib Peterburg akademigi A.I. Veksel` hisobladi. Uranning diamepri 49 ming 600 kilometr bo`lib, massasi Еrnikidan 14.6 marta kattalik qiladi, o`rtacha zichligi 1,60 g/sm3 . Bu sayyora Quyoshdan o`rtacha 19,2 astronomik birlik masofada uning atrofida aylanadi. Planeta diski (gardishi) ni ko`rish uchun, uni kam deganda, 100 martacha kattalashtiruvchi teleskopda kuzatish zarur bo`ladi. Uranning orbital tezligi sekundiga 6,8 kilometrni tashkil qiladi va Quyosh atrofida 84 yilda bir marta aylanib chiqadi. Biroq, u o`z o`qi atrofida nisbatan tez aylanadi. Sutkasining uzunligi 10 soatu 49 minut. Garchi planeta sirti detallarini ko`rib bo`lmasada, davriy ravishda bu sayyora sirti ravshanligining o`zgarib turishi yaqqol seziladi. 1977 yilning 10 martida Uranning hayotiga tegishli fizik bir yangilik ochildi: uning atrofida ham, Saturn atrofidagi kabi, xalqa topildi. Bu kun amerikalik yosh astronom olimlardan YA. Elliot, E. Danxem va D. Minklar “uchar observatoriya” deb nom olgan maxsus samolyotga o`rnatilgan teleskop orqali Uranni Sao 158687 deb nomlangan yulduzni bekitib o`tishini kuzatdilar. Kutilmaganda, yulduzning Uran bilan tutilishiga 40 minut qolganda, uning ravshanligi keskin kamayib, bir necha sekunddan so`ng dastlabki xolatiga kelgan. Shundan so`ng planeta yulduzni to`sgunga qadar bunday xol yana to`rt marta qaytarilgan va nixoyat, yulduzning planeta diski bilan to`silishi 25 minutcha davom etgach, yana navbat bilan yulduzning ravshanligi besh marta kamayib oldingi xolatiga kelgan. Kuzatuvchilar bunday xodisaning sababchisi, Uran atrofida birin - ketin beshta xalka joylashganligidan deb to`g`ri faxmladilar. 1986 yilning 24 yanvarida AQSH ning “voyajer-2” planetalararo avtomatik stantsiyasi esa, Yerdan jo`naganidan 8 yarim yil keyin Uran sayyorasidan 81 ming 200 kilometr naridan o`tayotib, u haqida qiziq ma`lumotlar to`pladi. Uning “aytishicha”, planeta atmosferasining asosiy qismi molekulyar vodoroddan iborat bo`lib, uning ustki qismini atomlar vodorodli “toj” bezaydi.
Neptun “Qalam uchida topilgan sayyora” 1820 yilga qadar Quyosh oilasi asosan quyidagi ettita sayyora: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn va Uran hamda ularning yo`ldoshlaridan tashkil topgan deb qaralardi. 1820 yili parijlik astronom A. Buvar, Yupiter, Saturn va Uranlarning kordinatalari jadvalini juda katta aniqlik bilan hisobladi. Biroq o`n yil o`tgach, Uran oldindan hisoblangan o`z o`rnidan 200 sekundli yoyga ilgarilab ketdi. Yana o`n yil o`tgach, ilgarilash 90 sekundga, 1846 yilga kelib esa 128 sekundga etdi. Osmon mexanikasi, nazariy hisoblashlar bilan praktika orasida bu qadar katta farq chiqishiga yo`l qo`ymasligi kerak edi. Astronomlar, Uranning harakatidagi bu chetlashish, uning orbitasidan tashqaridagi boshqa planetaning ta`siri tufayli degan qarorga keldilar. Bunday murakkab matematik masalani hal qilish uchun bir vaqtda bir-birlaridan bexabar xolda ikki astronom “bel bog`ladi”. qizig`i shundaki, Neptunning ochilishidan ancha ilgari 1795 yili 8 va 10 mayda - ikki marta astronom Laland kuzatdi. Biroq o`shanda u planetani xira bir yulduz deb o`ylab, bu ikki kunda olingan foto plastinkalarda kuzatilgan sayyora siljishini - o`lchashning xatoligidan deb tushundi. Agar o`shanda Laland xulosa qilishga shoshilmay, bir - ikki kun bu “xira yulduzcha” ni e`tibor bilan kuzatganda edi, u Neptunni Lever`e va Galledan yarim asr oldin topgan bo`lardi. Neptun Urandan birozgina katta bo`lib, uning diametri 50 ming 100 kilometrdir. Zichligi 1 kub santimetrida 1,6 gramm. Quyoshdan o`rtacha uzoqligi 30,1 astronomik birlik. Massasi ernikidan 17,2 marta katta. Planetaning orbital tezligi sekundiga 5,5 kilometr bo`lib, Quyosh atrofida aylanish davri 164 yilu 280 kun. O`z o`qi atrofida Neptun 15,8 soatda bir marta aylanib chiqadi. Spektroskopik kuzatishlar, Neptunda vodorod va metan borligini ma`lum qildi. Shuningdek, sayyoraning bu yirik yo`ldoshi anchayin qalin atmosfera bilan ham qoplangan deb faraz qilinadi. 1949 yil planetaning yana bir yo`ldoshi Koypeo topdi va unga qadimgi greklarning sevimli xudosa Nerey qizining nomi - nereida berildi, uning diametri atiga 300 kilometr.