Referat mavzu : Bojxona boji va tarif usullari. Byudjetga bojxona to‘lovlari Guruh: S24-19I



Yüklə 38,28 Kb.
səhifə6/7
tarix04.11.2023
ölçüsü38,28 Kb.
#131129
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
FARG

4-Bojhona tarifi
Bojxona tariflari deb ataladi.
Tovarlarni olib chiqish va olib kirish bojlarining stavkalari tаshqi savdo samaradorligi ko‘rsatkichlаri, jahon bozori kon’yunkturasiga bоg‘liq holda va хаlqаrо bitimlarga muvоfiq ravishda belgilanadi.
Boj tarifi bojxona chegarasi orqali olib oʼtiladigan Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tizimlashtirilgan tovarlarga nisbatan qoʼllaniladigan bojxona bojlari stavkalarining jamlanmasidir.
Savdo siyosatining qaysi tomoni muhimligiga bogʼliq ravishda bojxona
tarifining bir-birini toʼldiruvchi bir necha taʼriflari mavjud.
Bojxona tarifi kontekstga bogʼliq ravishda quyidagilar sifatida belgilanishi mumkin:
• savdo siyosati va mamlakat ichki bozorining jahon bozori bilan oʼzaro bogʼlanishda davlat boshqaruvi usuli sifatida;
• bojxona chegarasidan koʼchirib oʼtkaziluvchi tovarlarga nisbatan qoʼllanuvchi bojxona bojlari meʼyorlarining, tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga (TIF TN) muvofiq tizimga solingan majmui;
• maʼlum tovarning mamlakat bojxona hududidan olib chiqilishi yoki ushbu hududga olib kirilishi paytida toʼlanishi kerak boʼlgan bojxona bojining aniq meʼyori. Bu holda bojxona tarifi tushunchasi bojxona boji tushunchasi bilan toʼla mos keladi. Bojxona tariflari savdo siyosati usuli sifatida XVIII asrdan beri ishlatib kelinadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin oʼtkazilgan bojlarning koʼp marta pasaytirilishiga qaramasdan, bojxona tariflari, import koʼlami va strukturasiga taʼsir qilib, hozirgi zamon tashqi savdosining boshqarilishida jiddiy rol oʼynaydi. Bojxona tarifining muhim vazifalaridan biri milliy ishlab chiqaruvchilarni chet el raqobatidan himoya qilishdir. Importning toʼxtatib turilishi bojlarning nisbatan yuqori meʼyorlari va bojxona yigʼimlari miqdorining tovarlarga ishlov berish darajasiga bogʼliq ravishda tobora oʼsib boruvchi oshirilishi orqali amalga oshiriladi. Bojxona tariflarining anʼanaviy fiskal vazifasi yani davlat byudjeti daromadlarini koʼpaytirish - koʼpchilik iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ikkinchi oʼringa chekindi. Bojxona bojlari, odatda, byudjet daromadlarining umumiy miqdoridagi bir necha foizni tashkil qiladi xolos. Biroq qator rivojlanayotgan, ayniqsa sanoati eng kam rivojlangan mamlakatlarda bu vazifa hamon ilgarigiday muhim ahamiyatga ega. Bojxona tariflari milliy xoʼjaliklar rivojlanishining obʼektiv jarayoniga va xalqaro savdodagi strukturaviy siljishlarga muvofiq ravishda oʼzgarib boradi. Bojxona tariflarini qayta qurish quyidagi tarzda amalga oshadi: birinchidan, sanoat mahsulotlariga bojlar meʼyorlari kamayadi yoki qisman bekor qilinadi; ikkinchidan, ishtirokchi mamlakatlar oʼrtasida (barcha tovarlar yoki tovarlarning maʼlum guruhlari bilan) savdoning bojsiz tartibiga ega ikki yoqlama yoki mintaqaviy bojxona-tarif birlashmalari hosil boʼladi; uchinchidan, bojxona tariflari va bojxona ishi alohida tarmoqlari strukturasining unifikatsiyasi rivojlanadi.Bojxona tariflari mamlakatlar tomonidan muzokaralar jarayonida savdo siyosatining usuli sifatida muqobil tarif yon berishlari uchun keng qoʼllanadi.
Tashqi savdo siyosatini amalga oshirishda tovarlarning ayrim turlari uchun tarif kvotalari joriy etilishi mumkin.
Tarif kvotasi muayyan davrda tovarning muayyan miqdorini olib kirish va olib chiqishda bojxona bojining boj tarifiga muvofiq qoʼllaniladigan stavkasiga nisbatan pastroq bojxona boji stavkalari qoʼllanilishini nazarda tutuvchi, tovarlarni bojxona hududiga olib kirish va undan olib chiqishda boj tarifini tartibga soluvchi choradir.
Belgilangan miqdordan (kvotadan) ortiq miqdorda bojxona hududiga olib kiriladigan va bu hududdan olib chiqiladigan tovarlarga bojxona bojining boj tarifiga muvofiq stavkasi qoʼllaniladi.
Tarif kvotalari, ularni tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari oʼrtasida taqsimlash usullari va tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Bojxona toʼlovlari stavkalarining turlari quyidagilardan iborat:
toʼlov undiriladigan tovarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan advalor stavka;
toʼlov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan miqdorda hisoblanadigan xos stavka;
bojxona toʼlovlari stavkalarining advalor va xos turlarini oʼz ichiga oladigan aralash stavka.
Аdvalor stavka belgilangan tovar boʼyicha bojxona toʼlovlarining summasi bojxona toʼlovlari advalor stavkasining tovarning bojxona qiymatiga koʼpaytmasi sifatida hisoblab chiqariladi.
Xos stavka belgilangan tovar boʼyicha bojxona toʼlovlarining summasi bojxona toʼlovlarining xos stavkasining tovar miqdoriga koʼpaytmasi sifatida hisoblab chiqariladi.
Bojxona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka qoʼllanilgan, lekin toʼlov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan stavkadan kam boʼlmagan holda qoʼllanilgan taqdirda, bojxona toʼlovlarining summasi advalor va xos stavkalar boʼyicha hisoblab chiqarilgan summalarning eng koʼpiga tengdir.
Bojxona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka va toʼlov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan stavka qoʼllanilgan taqdirda bojxona toʼlovlarining summasi bojxona toʼlovlarining advalor va xos stavkalari boʼyicha hisoblab chiqarilgan summa yigʼindisiga tengdir.

Yüklə 38,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin