Referat mavzu: «Alohida aminolislotalarning almashinish hususiyati»



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix31.01.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#113984
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Nuriddinova Saida (2)

bo`yicha bir-birini oynadagi aksini ifodalaydigan qo`sh izomerlar shaklida bo`ladi. 

Ular bir-biridan alfa atomga bog`langan guruhlarning fazodagi yo`nalishlari bilan 

farqlanadilar.  Buning  natijasida  paydo  bo`ladigan  ikki  konfiguratsiya  D-  va  L- 

stereoizomerlar  deb  yuritiladi.  Bu  izomerlarning  biri  ikkinchisining    ustiga 

qo`yilsa,    o`ng  va  chap  kaft  kabi  bir-birini  qoplamaydi.  Ular  enantiomerlar  deb 

ataladi. Xiral birikmalar bir xil kimyoviy va fizik xususiyatga ega bo`lib, faqatgina 

qutblangan nur sathini chapga yoki o`ngga burish belgisi bilangina farqlanadilar, 

ularning  burish  burchaklari  ham  bir-biriga  teng.  Bu  xildagi  qobiliyat  +  yoki    - 

belgisi  bilan  ko`rsatiladi,  lekin  nur  sathini  burish  belgisi  molekulaning  D  yoki  L 

konfiguratsiyasiga  muvofiq  kelishi  shart  emas.  L  (leve,  chap)  va  D  (dexter,  o`ng) 

belgilar enantiomerlarning tuzilishi jihatidan qaysi qatorga kirishini ko`rsatadi. 

Aminokislotalarning  fazodagi  strukturasi  asosida  ularni  ikki  qatorga  ajratish 

biologik ahamiyatga ega. Oqsillar tarkibiga faqat L-aminokislotalar kiradi. Lekin 

organizmdan  ba’zi  bir  D-  aminokislotalar  ham  ajratib  olingan.  Ayrim  D- 


aminokislotalar  erkin  holda  va  bakteriya  hujayrasining  pardasida  (sibir  yarasi, 

kartoshka  va  pichan  tayoqchasida)  va  mikroorganizmlar  tomonidan  ishlab 

chiqarilgan antibiotiklarda uchraydi. 

    3. Oqsillarning tuzilish darajalari. Oqsil molekulasida aminokislotalarning birin-

ketin kelish tartibi oqsilning birlamchi strukturasi deyiladi. Bu tartib nasliy bo`lib, 

genetik  kod  bilan  belgilangan  va  o`zgarmas  holda  avloddan-avlodga  o`tadi. 

Birlamchi struktura oqsil molekulasining sodda tuzilish darajasi hisoblanadi. Unga 

bir  aminokislotaning  alfa-  aminoguruhi  bilan  ikkinchi  aminokislotaning  alfa-

karboksil  guruhi  o`rtasidagi  kovalent  peptid  bog`i  yuqori  darajada  mustahkamlik 

beradi. 

Peptid    bog`i  polipeptid  zanjirning  takrorlanuvchi    qismi  hisoblanadi  va  u  bir 

qancha  xususiyatlarga  ega  bo`lib,  bu  xususiyatlar  faqatgina  birlamchi 

strukturaning  shakliga  ega  emas,  balki  polipeptid    zanjirning  yuqori  darajada 

tuzilishiga ham ta’sir etadi: 

1)     koplanarligi – peptid guruhga kiruvchi hamma atomlar bir tekislikda yotadi; 

2)     ikki xil rezonans (keto – yoki enol) shaklda bo`lish imkoniyatiga ega; 

3)     qo`shimcha guruhlar C-N-bog`larga nisbatan trans holatida bo`ladi; 

4)     vodorod bog`larini hosil qilishi, har bir peptid guruhi boshqa guruhlar, shu 

jumladan peptid bog`lari bilan ikkita vodorod bog`i hosil qilishi mumkin. 

Hozirgacha  o`n    minglab  oqsillarning  birlamchi  strukturasi  aniqlangan.  Hosil 

bo`lgan  peptidning  nomi  aminokislota  qoldiqlari  nomidan  tuziladi;  bunda  oxirgi 

aminokislotadan  boshqa  hamma  aminokislota  nomlarining  oxiri  “il”  ga 

almashtiriladi,  bunday  nomlash  N-uchki  tomondan  C-uchki  tomonga  qarab 

boshlanadi. 

Masalan, 

leysilfenilalanilglutamillizin. 

Oxirgi 

C-uchki 

aminokislotaning nomi o`zgarmasdan qoladi. 


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin