Antropometriya - (yunoncha anthrōpos – inson, + metreō – o’lchash) — ya’ni insondai asosiy ko’rsatkichlarni o’lchashni nazarda tutadi.
1. Oyoqlarning nisbiy uzunligini aniqlash.
(A-B)*100/B A- Bo’y uzunligi - tik turganda o’lchaysiz
B- Bo’y uzunligi – o’tirganda o’lchaysiz. (Bunda stulda qomatni tik tutib o’tirgan holatda o’lchash tavsiya qilinadi)
O’lchangandan keyin yuqoridagi formulaga qo’yib hisoblaysiz.
Me’yorlar:
86-92 foiz- o’rtacha oyoqlar
86 foizdan past- kalta oyoqlar
92 foizdan yuqori natija esa uzun oyoqlarni bildiradi.
2. Tana massa ko’rsatkichini aniqlash.
P/H2 *1000 P- Tana massasi (kilogrammda)
H- Tana uzunligi
Va yuqoridagi formulaga qo’yib hisoblanadi, agar natijalar:
18,5 dan kam bo’lsa- tana massasi me’yordan oz.
18,5-24,9 bo’lsa me’yoriy tana massasi;
25-29,9 bo’lsa I darajali semirish;
30,0-34,9 bo’lsa II darajali semirish;
35,0-39,9 bo’lsa III darajali semirish;
40 dan ortiq bo’lsa IV darajali semirish.(Gormonal kasalliklar sababli bo’lishi mumkin. Bu semirish xavfli. Buqoq tekshirish va da’volanish, parhez tavsiya qilinadi)
3. Tana kuchini aniqlash. Pinye indeksi deb ham ataladi.
A-(B+C) A- Bo’y uzunligi
B- Tana massasi(kg)
C- Nafas chiqarilayotganda ko’krak qafasining aylanasi(sm)
Baholash:
10 dan kam – Baquvvat tana tuzilishi;
10-20 –Y axshi tana tuzilishi;
21-25 –O’rtacha kuchli tana tuzilishi;
26-35 –Kuchsiz tana tuzilishi;
36 dan ortiq –Juda kuchsiz tana tuzilishi.