Bajardi: Hikmatova M
Tekshirdi: Sayfullayeva N
Mavzu: Arifmetik amallarni o`rgatishda axborot texnologiyalardan foydalanish
Reja:
1. Axborot texnologiyasi tushunchasi.
2. AT ex ning (uskunaviy ) dasturiy vositalari.
3. AT iz va AT ex orasidagi munosabat.
4. Axborot texnologiyalari turlari.
Xulosa.
Axborot texnologiyalari tushunchasi
Texnologiya grekcha techne so’zidan olingan bo’lib, san’at, mahorat, bilish, usul degan ma’nolarni anglatadi. Bu erda vositalar, usulning bayoni va yangi mahsulotning tayyorlash jarayoni ham yotibdi.
Masalan, yangi povar ustozdidan palov tayyorlash usulini og’zaki yoki yozma ravishda o’rgandi deylik, lekin u darrovda yaxshi palov qila olmaydi. Endi u palov tayyorlash jarayonining sirlarini ham o’rganishi kerak. Yoki avtomobil boshqarishni o’rganishni ham misol sifatida keltirish mumkin. Yosh avtohavoskor kitobdan yo’l qoidalari, avtomobil haydash sirlarini o’rganishi mumkin. Lekin, avtomobilni katta shahar ko’chalarida haydashni o’rganish uchun yana ko’pgina mehnat sarflashi kerak.
Jarayon deyilganda, qo’yilgan maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan harakatlarning muayyan majmui tushuniladi. Jarayon odam tanlagan strategiya bilan belgilanishi va turli vositalar hamda usullar majmui bilan amalga oshirilishi zarur.
Materiallar texnologiyasi deb- xom ashyo, materialni qayta ishlash, tayyorlash, holatini, xossalarini, formasini o’zgartirish bo’yicha vositalar va usullarning majmuiga bilan belgilangan jarayonga aytiladi. Mazkur texnologiya bilan aniqlanuvchi jarayon moddaning dastlabki holatini o’zgartirib yangi sifatdagi tovar hosil qiladi.
1-rasm. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasida jarayonlar
2-rasm. Axborot texnologiyasida jarayonlar
Axborot moddiy resurslar bilan bir qatorda bebaho resurs hisoblanadi. Buning uchun quyidagi uchta gapni eslash kifoya.
Kuch bilim va adolatda. (Amir Temur)
14-asr Erursen shohsen, agar ogohsen sen,
Agar sen ogohsen, shohsen sen. ( Alisher Navoiy)
15-asr Kimki axborotga egalik qilsa, u dunyoga egalik qiladi. (Bill Geyts)
20-asr Axborot texnologiyalari-ob’ekt to’g’risida yangi sifatli axborot yaratish uchun dastlabki axborotni yig’ish,saqlash, qayta ishlash va uzatishning vositalari va usullari majmuidir.
Ma’lumki, bir xil moddiy resurslarga tadbiq qilingan har xil texnologiyalar har xil natijalarga olib keladi. Shunday qoida, axborot texnologiyalarida ham mavjud.
Misol.1. DTM abbiturientlarga bir xil test variantlarini beradi. Abiturientlar o’zlarining usullarini qo’llab test savollariga javob berishadi. Lekin, natija har xil bo’ladi. Test echish uchun programmalar qo’llansa natijalar yana ham boshqacha bo’lishi aniq.
Misol 2. Avtomobil haydashni kitobdan o’qib o’rganish mumkin, lekin bu bilan yosh avtohavaskor avtomobilni yaxshi haydab keta olmaydi. Uni Lassettiga o’tirgizib, shahar Chorsusi yo’lga qo’yib yuboraylikchi, nima bo’lar ekan. Yosh avtohavskor uzoqqa bora olmaydi. Chorsuda muvaffaqiyatli harakatlanish uchun tajriba kerak-bu esa jarayondir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasi va axborot ishlab chiqarish texnologiyasin quyidjagi jadvalda solishtiramiz.
Moddiy komponentalar Axborot komponentalar
Xom ashyo va materiallarni tayyorlash Axborot yoki dastlabki ma’lumotlarni yig’ish
Moddiy mahsulot ishlab chiqish Ma’lumotlarni qayta ishlash va yangi natijaviy axborot yaratish
Iste’molchilarga yangi tovarlarni sotish Natijaviy axborotni foydalanuvchiga QQQ uchun uzatish
AT ex ning (uskunaviy ) dasturiy vositalari
Moddiy ishlab chiqarishda texnologik jarayon har xil texnik vositalar, jumladan, qurilmalar, stanoklar, qurollar, konveyr liniyalari va h.k. lar yordamida bajariladi.
Axborot texnologiyalarida ham shunga o’xshash narsalar bor, ular: apparat, dasturiy va matematik ta’minotdir. Ular yordamida dastlabki axborot yangi sifatli axborotga aylantiriladi. Ular orasidan dasturiy vositalarni ajratamiz va axborot texnologiyalarining uskunaviy dasturiy qurollari deb ataymiz.
Axborot texnologiyalarining uskunaviy (dasturiy qurollari) vositalari deb foydalanuvchi tomonidan qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida kompyuter uchun o’zaro bog’liq bir yoki bir necha dasturlar majmuasiga aytiladi.
Dasturiy vositalarga matn muharriri, kompakt nashriyot tizimlari, elektron jadvallar, MBBT, elektron yozuv kitobchalari, elektron kalendarlar, funkstional maqsadli axborot tizimlari (moliyaviy, buxgalteriya, marketing....), ekspert tizimlar kirishi mumkin.
AT iz va AT ex orsidagi munosabat
Axborot texnologiyalari u uchun muhit bo’ladigan axborot tizimlari bilan bevosita bog’langan bo’lishi mumkin. Bir qarashda axborot texnologiyalari va axborot tizimlari uchun keltirilgan ta’riflar bir xilga o’xshaydi. Lekin bunday emas.
Axborot texnologiyalari-kompyuterda saqlanayotgan axborot ustida aniq va belgilangan har xil murakkablikdagi amallar, harakatlar bajarish usullari va jarayonlari majmuidan iborat. Axborot texnologiyalarining maqsadi-boshlang’ich ma’lumotlarni maqsadga yo’nalgan harakatlar natijasida qayta ishlab, foydalanuvchi uchun zarur axborot olishdan iborat.
Axborot tizimi-muhit bo’lib, unga kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, dasturiy mhsulotlar, ma’lumotlar bazasi, xodimlar, har xil texnik va dasturiy aloqa vositalari kiradi. Axborot tizimlarining asosiy maqsadi- axborotni saqlash va uzatish. Axborot tizimlari axbortga ishlov berishning odam-kompyuter tizimidir.
Axborot tizimlari funkstiyalarini bajarish unga mos yaratilgan axborot texnologiyasini bilmasdan bajarib bo’lmaydi. Axborot texnologiyalari axborot tizimidan tashqarida ham mavjud bo’lishi mumkin. Shunday qilib, Axborot texnologiyasi keng tushuncha bo’lib, zamonaviy axbortlashgan jamiyatda axborotga ishlov berish jarayonlarini bildiradi.
Axborot texnologiyasi-kompyuterda axborotga ishlov berish uchun xodimlarning aniq maqsadga yo’naltirgan harakatlar majmuidir.
Axborot tizimlari- kompyuter axborot tizimlaridan foydalanib axborot mahsulotlari ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishni qo’llab quvvatlovchm odam-kompyuter tizimidir.
Axborot texnologiyalarining turlari
Ma’lumotlarga ishlov beruvchi AT ex lar (MIBAT).
1. MIBAT ta’rifi va vazifasi.
Ma’lumotlarga ishlov berishning axborot texnologiyasi strukturalangan masalalarni echish uchun mo’ljallangan bo’lib, bu masalalar bo’yicha zaruriy dastlabki ma’lumotlar mavjud bo’lishi va ularga ishlov berishning algoritmlari hamda standart prosteduralari ma’lum bo’lishi kerak. Bu texnologiya boshqaruv mehnatining ba’zi bir doimiy takrorlanadigan og’ir amallarini avtomatlashtirish maqsadlarida malakasi uncha yuqori bo’lmagan xodimlarning amaliy (ijro) operativ faoliyati darajasida qo’llaniladi. Shuning uchun bu darajadagi xodimlarning mehnat unumdorligini ancha oshiradi. Ularni og’ir va mashaqqatli mehnatdan ozod etadi, hattoki xodimlarning sonini qisqartirishga ham olib keladi. Operastion faoliyat darajasida quyidagi masalalar hal qilinadi:
Firma tomonidan amalga oshiriladigan operastiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarga ishlov berish;
Firmada ishlarning holati to’g’risidagi davriy nazorat hisobotlarini tuzish;
Turli-tuman joriy so’rovlarga javoblar olish va ularni qog’ozda hujjatlar yoki hisobotlar shaklida rasmiylashtirish.
Misol 1. Zerikarli bir xil amallarga misollar:
Ombordagi tovarlarning zahirasining mavjud normativ ko’rsatkichlarga mosligini tekshirish va zahira miqdori kamayganda ta’minotchiga tovarlar miqdori va olib kelinishi kerak bo’lgan muddatlarni ko’rsatib zakaz berish;
Firma tomonidan tovarlarni sotilishi haqida ma’lumotlarni qayd etish, xaridorga tovar nomi va narxi, tovarni tayyorlagan firma, yaroqlilik muddatlari va hokazo ma’lumotlar tushirilgan chek yoki kvitanstiya berish.
Misol 2. Nazorat hisoboti haqida misol. Har kunlik bankdan kelayotgan va bankga jo’natilayotgan tushular haqida ma’lumot tayyorlash.
Misol 3. So’rovlarga misol. Kadrlar bo’limidagi MX ga murojaat qilish. Ma’lum mansabni egallash uchun nomzodga qo’yiladigan talablar qanday bo’lishi kerak.
MIBAT ni boshqa ma’lumotlarni qayta ishlovchi texnologiyalardan farqlaydigan xususiyatlar bor. Ularni keltiramiz:
• Firmaning ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha masalalarini echish; har bir firmaning o’zining qonunlar bilan belgilangan masalalari mavjud. Shuning uchun har bir firmada ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha texnologiyasi va tizimi bo’lishi kerak;
• Yaxshi strukturalangan masalalarni echish, ular uchun, ma’lumki, algoritmlar ishlab chiqish mumkin;
• Qayta ishlashning standart prosteduralarini bajarish; mavjud standartlar ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha tipik prosteduralarni aniqlaydi va ularga bo’ysinishni belgilaydi;
• Ishning asosiy hajmini avtomatik rejimda, insonning minimal ishtirokida echish;
• Detallashtirilgan ma’lumotlardan foydalanish; firmaning faoliyati detallashtirilgan ma’lumotlardan iborat, u firmani reviziya qilishni osonlashtiradi, reviziya firma faoliyatini boshidan oxirigacha tekshirish imkoniyatini beradi;
• Voqealarning xronologiyasiga e’tibor berish;
• Masalalar echishda boshqa darajadagi xodimlarning ishtiroki minimal.
Asosiy komponentalar va ularning tavsiflarini keltiramiz.
Ma’lumotlarni to’plash. Ma’lumotlar MB ga tashqi muhitdan kelib tushadi. Firmaning har bir harakati mos yozuv sifatida qayd qilinadi;
Ma’lumotlarga MB da ishlov berish. Ma’lumotlarga ishlov berishning asosiy operastiyalari quyidagidan iborat: guruhlash, saralash, agregatlash (yiriklashtirish), hisoblash, ma’lumotlarni saqlash. Firmaning MX siga kelayotgan har bir axborot ustida quyidagi amallar bajariladi:
• Klassifikastiya yoki gruppalash;
• Yozuvlarni tartiblash;
• Hisoblashlarni (arifmetik va mantiqiy )bajarish;
• Axborotni yiriklashtirish yoki agregatlash, ular yordamida ma’lumotlar ustida har xil o’rtacha yoki natijaviy qiymatlar hisoblanadi va pirovardida ma’lumotlar soni kamayadi.
Ma’lumotlarni saqlash. Ma’lumotlar MX larda saqlanadi.
Hisobotlar yaratish. Hisobotlar davriy va talab bo’yicha tayyorlanishi mumkin va ular asosida ma’lumotlardan keng foydalaniladi.
Boshqaruv AT ex lari (BAT).
1. Xarakteristikasi va vazifasi.
Boshqaruvning axborot texnologiyasi (BAT) ning maqsadi-firmadagi QQQ bilan aloqador bo’lgan har bir xodimning axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirishdan iboratdir. U boshqaruvning ixtiyoriy darajasida foydali bo’ladi. Bu texnologiyada echiladigan masalalar yomon strukturalanganligi tufayli MIBAT dan tubdan farq qiladi.
Mazkur AT firmaning har xil funkstional qismlari va boshqaruv darajalari uchun ideal ravishda to’g’ri keladi. AT yordamida beriladigan axborot firmaning o’tgan, hozirgi va mumkin bo’lgan kelajakdagi holati haqida ma’lumot beradi. Bu axborot firma haqida doimiy va davriy hisobotlardan iboroat bo’ladi.
Boshqaruv darajasida QQQ uchun axborot shunday agregatlangan bo’lishi kerakki, unda ma’lumotlarni o’zgarish tendenstiyasi, chetlanishlarning hosil bo’lish sabablari va mumkin bo’lgan echimlar ko’zga tashlagib tursin. Bu etapda MQIning quyidagi masalalari hal qilinadi:
• Boshqaruv ob’ekti rejalashtirilgan holatining baholash;
• Rejalashtirilgan holatdan chetlanishni baholash;
• Chetlanish sabablarini aniqlash;
• Mumkin bo’lgan echimlar va harakatlarning tahlili.
BAT har xil turdagi hisobotlar yaratishga qaratilgan.
Davriy hisobotlar belgilangan reja asosida ma’lum muddatlarda yaratiladi, masalan, oylik, choraklik, yarim yillik, yillik hisobotlar.
Maxsus hisobotlar boshqaruvchilarning talablari asosida yoki ma’lum bir ko’zda tutilmagan vaziyatlarda yaratiladi.
Davriy va maxsus hisobotlar jamlovchi, taqqoslovchi, favqulotdagi hisobotlar turiga kirishi mumkin.
Jamlovchi hisobotlarda ma’lumotlar gruppalarga bo’lingan, tartiblangan va oraliq, yakuniy natijalarga maydonlar bo’ylab taqsimlangan bo’ladi.
Taqqoslovchi hisobotlarda har xil manbalardan olingan ma’lumotlar yoki ma’lum belgilar bo’yicha klassifikastiya qilingan ma’lumotlar taqqoslash uchun foydalaniladi.
Favqulotdagi hisobotlarda ma’lum ko’zda tutilmagan, tasodifiy vaziyatlarda vujudga kelgan firma haqidagi ma’lumotlar o’rin oladi.
Hisobotlardan foydalanish paydo bo’ladigan chetlanishlarni boshqarishda muhim rol o’ynaydi.Chetlanish firmaning rejalashtirilgan, standart holatiga mos bo’lmagan holatidir. Firma faoliyatida chetlanish bo’lsa, demak firmada noto’g’ri, kutilmagan ishlar sodir bo’lyapti, demak vaziyatni tahlil qilish kerak va chetlanishni qo’qotish uchun ma’lum QQQ dir.
Firmada chetlanishlar bo’yicha boshqaruv ishlarini olib borishga va hisobotlar yaratishga quyidagi talablar qo’yiladi:
• Hisobot chetlanish paydo bo’lgach tuzilishi kerak;
• Ma’lumotlar chetlanishni ko’rsatuvchi parametga nisbatan tartiblanishi kerak;
• Menedjer chetlanishlarning sababini aniqlashi oson bo’lishi uchun barcha chetlanishlar birgalikda ko’rsatilishi kerak;
• Hisobotda chetlanishning standart qiymatlardan farqi sonli qiymatlarda ko’rsatilishi kerak.