mazkur ishlar hozirgi zamonda davlatning boshqa
funksiyalari mazmunida ham
mavjud va ular orqali ham amalga oshirilmoqda. Chunonchi, demokratik
O`zbekiston Respublikasida davlatning barcha funksiyalari ayrim sinflar uchun
emas, balki butun xalqimiz manfaatini ko`zlab amalga oshirilmoqda.
Bunday
natijaga uzoq rivojlanish oqibatida erishildi, albatta.
Davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta`sir qiluvchi omillar
Jamiyat va uning siyosiy tuzumi rivojlana borishi oqibatida davlatning
funksiyalari tizimvda ham o`zgarishlar sodir bo`lib turgan, shu jumladan tamoman
yangi funksiyalar paydo bo`lgan. Bu holat keng ijtimoiy taraqqiyot sababli yuz
bergan. Tarixda qullar va quldorlar, krepostnoy
dehqonlar va feodallar, yollanma
ishchilar va kapitalistlar bo`lganligini inkor yetish mumkin emas. Shu boisdan
quyida davlat funksiyalarini quldorlik, feodal, burjua (kapitalistik),
sobiq SSSR
davlatlari misolida ko`rib o`tamiz.
Quldorlik davlatlarining quyidagi funksiyalari mav-jud bo`lganligini aslo
inkor yetish mumkin emas. S.Ayniyning «Qullar» romanida yozishicha, O`rta
Osiyoda hatto XVIII asrgacha qul bozorlari mavjud bo`lgan ekan. Qur`onda va
musulmon huquqining boshqa manbalarida qullarning mavjud bo`lganligi, ularning
huquqiy maqomi haqida ko`plab ma`lumotlar uchraydi.
Quldorlik davlatlarining ichki funksiyalari
1. Davlatning xo`jalik yuritish faoliyati. Buni umumiy ommaviy ishlar
yuritish funksiyasi, deyish mumkin.
Bu faoliyat mamlakatning, urug` Yoki
qabilaning umumiy manfaatlarini nazarda tutib, olib borilgan. Bu funksiya,
ayniqsa, Sharqda ma`lum darajada rivoj topgan. Chunki bu mintaqada
dehqonchilik ishlari
sugorish asosida olib borilgan, buning uchun esa kanallar
qurish, suvni xo`jaliklar o`rtasida taqsimlash kabi masalalar davlat organlari
tomonidan bajarilgan.
2. Quldorlar mulki va manfaatlarini qo`riqlash. Bu funksiyani amalga
oshirish uchun qadimgi davlatlar qator huquqiy normativ
hujjatlarni qabul qilgan
va ularga rioya etilishini ta`minlab turganlar, boshqa mulkiy munosabatlarni
tartibga solish choralarini ishlab chiqqanlar.
3. Quldorlik davlatlarida kullar va boshqa ezilgan omma qarshiligini
bostirish funksiyasi bo`lgan. Chunki qullar deyarli huquqsiz bo`lib, o`z
quldorlariga
xizmat qilgan, agar ular bu og`ir hayotdan norozi bo`lib, g`alayon
ko`tarsa, quldorlik davlati tomonidan ayovsiz ravishda bostirilgan, albatta.
4. Quldorlik davlatlari xalq ommasini g`oyaviy tomondan davr ruhida
tarbiyalash funksiyasini ham bajargan. Bunda quldorlik tuzumini nazariy jihatdan
asoslashga, qullar qo`zg`olonini
jamiyat uchun xavfli kuch, deb ko`rsatishga
harakat qilishgan. Bunda dunyoviy ilmiy bilimlarnitsg pastligi sababli quldorlik
davlatlari aholiga g`oyaviy tarbiya berish maqsadida diniy aqidalardan keng
foydalangan.
Dostları ilə paylaş: