davlatlarning shu maqsadlarda olib borgan o`zaro urushlari, o`nlab mamlakatlarni
bosib olish hollari tarixda juda ko`p bo`lgan va oqibatda
bosqinchilik natijasida
yirik imperiyalar vujudga kelgan. Markaziy Osiyoni avval greklar, arablar, so`ngra
mo`g`ul va rus davlatlari tomonidan bosib olinishi bunga yaqqol misoldir. Bu
urushlar tufayli faqat bizning mintaqamizda o`z vaqtida rivojlangan yuzlab
davlatlar yo`q qilib yuborilgan va hozir ular tarix mulkiga aylangan.
Feodal davlatlari funksiyalari ham o`zgarib,
takomillashib borgan, ular o`z
tarixining so`ngga bosqichida feodal mutlaq hukmronligini saqlab qolishga,
shiddat bilan dunyoga kelayotgan burjua-kapitalistik kuchlarga va munosabatlarga
qarshi kurashga xizmat qilgan.
Burjuaziya va kapitalistik ijtimoiy munosabatlarning
tarix maydoniga kirib
kelishi umuman insoniyat taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Bu davr qullik
va krepostnoylikka barham berdi, hamma shaxsni rasman erkin va teng, deb e`lon
qildi. Ozodlik, adolat, tenglik, umumiy saylov huquqi,
parlament kabi tushuncha
va shiorlar shu davrda paydo bo`lib, real voqelikka aylanishga qadam qo`ydi.
Burjuaziya va kapitalistik munosabatlar XVII-XVIII asrlarda uzil-kesil shakllandi,
davlat rivojlanishining mazkur bosqichida ham yollanma mehnat va xususiy mulk
munosabatlari saqlanib qoldi. Shu munosabatlar burjua davlatlari funksiyalarining
mohiyatini, mazmuni va tizimini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: