Referat mavzu: davlat funksiyalari bajardi: Bobojonov M



Yüklə 355,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix14.12.2023
ölçüsü355,71 Kb.
#140685
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Davlat funktsiyalari haqida referat



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI 
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
 
 
REFERAT 
Mavzu:
DAVLAT FUNKSIYALARI 
 
 
Bajardi: Bobojonov M. 
 
 
 
 
 
Toshkent -2014


Davlat funksiyalari 
 
Reja:
1. Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi 
 2. Davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta`sir qiluvchi 
omillar 
 3. O`zbekiston davlatining asosiy funksiyalari 



Davlat funksiyalari bilan bog`liq masalalarni o`rganish uning mohiyati, 
jamiyatda tutgan o`rni va ijtimoiy vazifasini chuqurroq bilib olishga 
yordamlashadi. Odatda davlat faoliyatining asosiy yo`nalishlari uning funksiyalari, 
deb ataladi. Ularning mazmuni boshqa tushunchalar bilan ham aloqadordir. 
Davlat funksiyalari uning davri, siyosati, maqsadi, vazifalari va faoliyati 
bilan chambarchas bog`langan. 
Avvalambor, davlat paydo bo`lginidan buyon uning rivojlanishida ko`p 
davrlar o`tgan. Shunday ekan, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida davlat 
funksiyalarining mazmuni va tizimi ham o`zgarib boravergan. Masalan, ilk bor 
davlat kelib chiqqan paytdagi funksiyalardan ularning tizimi o`z mazmuni va hajmi 
jihatdan ancha farq qiladi. Bu holat birinchi navbatda jamiyat rivojlanishining 
mazkur bosqichdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va vazifalari bilan 
bog`liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, masalan, davlatning hozirgi davrda tan 
olinayotgan tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza qilish funksiyasi quldorlik 
davlatida bo`lmaganligini ko`ramiz, chunki bunga hali ehtiyoj ham bo`lmagan. U 
paytda insonning hayot kechirishi uchun tabiiy shart-sharoitlar yetarli va zararsiz 
bo`lgan. 
Har bir davrda davlat o`z oldiga ma`lum maqsadlarni qo`yadi, chunki u 
ma`lum guruhning Yoki butun xalqning manfaatini ifodalaydi. Masalan, 
davlatning demokratik jamiyat qurish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o`tish, 
huquqiy davlatni shakllantirish kabi maqsadlari ijobiy bo`lsa, 30-yillarda fashistik 
davlatlar olga surgan butun jahonga hukmronlik qilish maqsadi boshqa 
mamlakatlar va o`z xalqi uchun salbiydir. 
Davlatning o`z oldiga qo`ygan maqsadi hamisha ham real bo`lavermaydi. 
Masalan, SSSRning 1977 yilgi Konstitutsiyasida shunday deyilgan edi: «Sovet 
davlatining oliy maqsadi - sinfsiz kommunistik jamiyat qurishdan iborat bo`lib, bu 
jamiyatda ijtimoiy kommunistik o`z-o`zini boshqarish rivoj topadi» (Muqaddima). 
Davlat o`z maqsadini amalga oshirish uchun tegishli siyosat yurgazadi. Bu siyosat 
negizida esa mazkur jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-madaniy ehtiyojlari 


yotadi, ya`ni davlat olib boradigan siyosat oqibat-natijada jamiyatning real 
hayotiga asoslanadi. Davlat siyosatining kuchi - uning adolatliligi va realligidadir. 
Davlatning siyosatini quyosh nurlariga o`xshatsa bo`ladi. Quyosh o`z 
atrofiga doimo nur tarqatib turginidek, davlat ham jamiyat va mamlakatning barcha 
ichki va tashqi muammolari yuzasidan o`z munosabatini, qarashlarini, 
yondashuvlarini, va eng muhimi, o`zining yaqin va uzoq davrga mo`ljallangan 
orzu-niyatlarini ifodalab turadi. Chunonchi, tinchliksevarlik yo bosqinchilik Yoki 
o`z mintaqasida gegemonlik uchun harakatni davlatning siyosatiga misol qilib 
ko`rsatish mumkin. Davlatning siyosati bilan uning maqsadi bir-biriga bog`liq, biri 
ikkinchisini to`ldirib turadi. 
Davlatning umumiy, kelajakka mo`ljallangan siyosati va maqsadidan uning 
muayyan vazifalari kelib chiqadi. Davlatning vazifalari, uning funksiyalaridan farq 
qilib, hali bajarilmagan reja, ado etilishi lozim bo`lgan topshiriq, ko`rsatma, 
navbatdagi ishlar, tadbirlar hisoblanadi. Masalan, O`zR Konstitutsiyasining 
muqaddimasidagi «fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta`minlash maqsadi»ni 
ro`yobga chiqarib turish uchun O`zbekiston davlatining tegishli organlari qator 
tashkiliy-siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirib kelmoqda. 
Davlat oldida turgan bitta vazifa uning bitta funksiyasiga hamisha ham 
aynan muvofiq bo`lavermaydi. Ba`zan dav-latning bosh vazifalari uning bir necha 
funksiyalari bilan amalga oshiriladi. Va aksincha, bitta funksiya orqali davlatning 
bir necha kichik vazifalari ado etilishi mumkin. 
So`ngra, har bir davlatning maqsadi, siyosati hamda vazifalarini amalga 
oshirish uchun uning o`zi va tegishli organlari zaruriy vakolatlar (huquq va 
burchlar yig`indisi)ga ega bo`ladi. Jamiyatning boshqarish tizimida davlat alohida 
mavqega ega bo`lib kelmoqda. Bu uning vakolat doirasini belgilaydi. Vakolatlarni 
amalga oshirish, bajarish, ado yetish esa, o`z navbatida, davlatning, uning 
idoralarining faoliyatini tashkil qiladi. 
Davlatning faoliyati, xuddi uning o`zidek, ob`yektiv xarakterga ega. Chunki 
davlatni keltirib chiqargan va mazkur bosqichida mavjud bo`lishini taqozo etuvchi 
zarurat va ehtiyojlar uning faoliyat ko`rsatishini talab etadi, aks holda u o`zining 


tarixiy tayinlanishini, vazifalarini hal eta olmaganligi tufayli yashashga, harakat 
qilishga qodir bo`lmay qoladi. 
Davlatning jamiyat va shaxs hayotiga aralashuvi darajasi uning funksiyalari 
chegarasini, mazmunini va qolaversa, ularning butun mohiyatini belgilaydi. Bu 
aralashuv jamiyat va insonning mazkur bosqichdagi talablari darajasida bo`lsa, 
demak, davlat ijobiy ahamiyatga ega bo`lgan qadriyatdir. Agar davlat bu ishlarga 
ortiqcha aralashsa, iqtisodiy va ijtimoiy erkinlikni chegaralab qo`ysa, hayotda 
salbiy rol o`ynaydi va totalitarizm sari qadam qo`ygan bo`ladi. Shuning bilan 
birgalikda jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi vazifalar faqat davlat faoliyati 
orqaligina hal etiladi, masalan, mamlakatni mudofaa qilish, huquqiy tartibotni 
o`rnatish va qo`riqdash, shu jumladan jinoyatchilikka qarshi kurash kabilar. 
Davlat faoliyatining eng muhim sohalar (yo`nalishlar)ga bo`linishi, yuqorida 
aytginimizdek, uning funksiyalari-ni keltirib chiqaradi. 
Funksiyalar davlat faoliyatining shunchaki to`plami, arifmetik yig`indisi 
emas. Ular davlat faoliyatining muhim, asosan yirik sohalardagi yo`nalishlaridan 
iborat. Masalan, iqtisodiyot, ijtimoiy hayot Yoki mamlakat mudofaasi sohalarida 
davlat olib borayotgan ishlarni alohida-alohida asosiy funksiyalar sifatida 
ko`rsatish mumkin va lozim. 
Shunday qilib, davlat funksiyalari uning siyosati, maqsadi, vazifalari va 
vakolatlari bilan belgilanadigan ma`lum bosqich (davr)dagi faoliyatining asosiy 
yo`nalishlaridir. Mazkur asosiy funksiyalar tarkibida tagin nisbatan kichikroq 
yo`nalishlar ham bo`lishi tabiiydir. Masalan, davlatning hozirgi zamondagi 
madaniy-tarbiyaviy funksiyasi tarkibida insonlarni ma`naviyat yutuqyaari asosida 
tarbiyalash bitta kichik yo`nalish bo`lsa, fan va texnikani taraqqiy ettirish - 
ikkinchi, oliy, o`rta maxsus va umumta`lim tizimini rivojlantirish - uchinchi 
yo`nalishdir va hokazo. 
Bundan tashqari, har bir funksiya qator qismlardan tarkib topadi. Buni 
aniqroq tushunish uchun quyida mudofaa funksiyasini misol keltiramiz. Mazkur 
funksiya tarkibiga: davlatning tashqi chegaralarini aniq belgilash va uni qo`riqlash 
chora-tadbirlarini ko`rish, qurolli kuchlarni shakllantirish va tarbiyalash, ularni 


qurol-aslaha, oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta`minlab turish, zarur bo`lganda 
mamlakatni harbiy kuch bilan himoya qilish, davlat xavfsizligi haqida g`amxo`rlik 
qilish, mudofaa sohasidagi ishlarga rahbarlik qilish bo`yicha davlat organlarini 
tashkil 
yetish, 
harbiy-mudofaa 
haqidagi 
qonunlarni 
yaratish 
hamda 
takomillashtirish kabilar kiradi. 
Davlat o`z funksiyalarini ado yetish uchun qonun chiqaruvchilik, ijro 
etuvchilik va sudlov faoliyatini olib boradi. Davlat o`z funksiyalarini amalga 
oshirishda ishontirish, rag`batlantirish va majbur yetish usullaridan foydalanadi. 
Mazkur shakllar va usullarning qo`llanish darajasi davlat funksiyalarining hajmi, 
davri, tizimi, xarakterli xususiyatlari bilan bog`liq. 
Davlat funksiyalarining mohiyati, mazmuni, ayrim bosqichlardagi 
xususiyatlari ularni tasniflashga sabab bo`ladi. Davlatning faoliyati ob`yektiv 
bo`lgini holda uning funksiyalarini tasniflash sub`yektiv xususiyatga ega. Chunki 
funksiyalarni tasniflash olimlar tomonidan fanda, nazariyada amalga oshiriladi. 
Shuning uchun ham hatto bir davrdagi funksiyalar tasnifi har xil ifodalanadi. Bu 
fikrga ishonish uchun davlat va huquq nazariyasidan yozilgan 3-4 ta darslikni 
ko`rish kifoya. 
Funksiyalarni tasniflash (guruhlarga, turlarga bo`lish) davlatning mohiyatini 
chuqurroq anglashga, uning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaqqolroq namoyish 
yetishga ko`maklashadi. Bunda davlat faoliyatining ma`lum bosqichdagi bosh 
yo`nalishlari (masalan, iqtisodiy, ijtimoiy, tashqi va boshqa sohalar) belgilovchi 
asos qilib olinadi, albatta. 
Ilgari, sovet davrida davlat funksiyalarini marksizmning davlatning tarixiy 
tiplari to`g`risidaga ta`limotiga binoan tasniflash prinsipi hukmron edi. Quldorlik 
va feodalizm tuzumida aholining bir qismi deyarli huquqsiz Yoki chegaralangan 
doirada huquqli bo`lgan. Bu hol davlatlarning funksiyalarida o`z ifodasini 
topganligi tabiiy holdir. Insoniyat bosib o`tgan asosiy davrlar dalat funksiyalarini 
tasniflash ularning muayyan mazmun va tizimini chuqurroq anglashga imkon 
beradi 
Quyida davlat funksiyalarini tasniflashga oid ikkita umumiy holatni 


ta`kidlab o`tmoq darkor ikkita a) Davlatning ichki va tashqi funksiyalari 
mavjudliga hamma olimlar tomonidan tan olinadi. Tashqi funksiyalar 
ko`pincha ichki funksiyalarning davomi bo`lib ulardan kelib chiqadi, ularni 
to`ldiradi, ayrim hollarda urush paytida ichki funksiyalar xam mamlakatni 
mudofaa qilishga xizmat qilishi tushunarlidir.
b) Davlat taraqqiyotining barcha bosqich aholining hamma tabaqalari uchun 
tabaqalari uchun tegishli bo`lgan "umumiy ishlar" davlat funksiyasi mavjud 
etirof qilinmoqda
1[1][1]
. Bu funksiya ilgari sinfiy hukmronlik, zo`rlik ishlatish quroli 
deb atalgan, quldorlik va feodal davlatlarida ham mavjud bo`lgan. 
Jamiyat rivojlanishining kapitalistik va hohirgi demokratik bosqichlarida 
barcha xozirgi ijtimoiy (sotsial) bazasi tubdan kengayib, aholining hamma 
guruhlarini o`z ichiga oladi, ya`ni ular sinf emas, balki butun xalq, millat 
manfaatiga xizmat qiladi. Umuman hamma funksiyalarga faqat sinfiy nuqtai 
nazardan qarash davlatning jamiyatdagi rolini kamaytiradi va xolisona bayon 
yetishga halaqit beradi. 
Davlatning umumiy ishlar funksiyasi mavjudligi sinfiylikni birinchi o`ringa 
ko`tarishga imkon bermaydi. Bu funksiyaga mamlakatni mudofaa qilish, huquqiy 
tartibotnmi o`rnatish va muxofaza qilish, shu jumladan jinoyatchilikka va 
huquqbuzarlikka qarshi kurash, butun millat, xalq manfaatlarini ko`zlab umumiy 
iqtisodiy , ijtimoiy-madaniy (g`oyaviy) ishlar olib borish, Sharqda esa, bulardan 
tashqari, sug`orish inshootlarining davlat yordami bilan bunyod etilishi kiritilishi 
mumkin. 
L.I.Spiridonov mazkur funksiyani Yanada keng ma`noda olib, uning 
umuman insonlarning hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib 
berishga qaratilganligini ta`kidlaydi. Uning fikricha, bu funksiya tarkibiga 
kishilarning hayoti, soglig`i va normal yashashi uchun zarur bo`lgan tabiiy 
sharoitlarni ta`minlash; ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlarni 
ta`minlash bilan bog`liq davlat faoliyati kiradi
2[2][2]

Umumiy ishlar davlatning bosh funksiyasi bo`lish imkoniyatiga ega. To`g`ri, 
1[1]

Yüklə 355,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin