Referat mavzu: davlat funksiyalari bajardi: Bobojonov M


[1] Спиридонов Л.И. Теория государства и права. Учебник Москва, 1995, 47-48-betлар.  2[2] [2]



Yüklə 355,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix14.12.2023
ölçüsü355,71 Kb.
#140685
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Davlat funktsiyalari haqida referat

[1]
Спиридонов Л.И. Теория государства и права. Учебник Москва, 1995, 47-48-betлар. 
2[2]
[2]
СпиридоновЛ.И.Теория государства и права. Учебник, Москва, 1995, 47-48-betлар. 


mazkur ishlar hozirgi zamonda davlatning boshqa funksiyalari mazmunida ham 
mavjud va ular orqali ham amalga oshirilmoqda. Chunonchi, demokratik 
O`zbekiston Respublikasida davlatning barcha funksiyalari ayrim sinflar uchun 
emas, balki butun xalqimiz manfaatini ko`zlab amalga oshirilmoqda. Bunday 
natijaga uzoq rivojlanish oqibatida erishildi, albatta. 
Davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta`sir qiluvchi omillar 
Jamiyat va uning siyosiy tuzumi rivojlana borishi oqibatida davlatning 
funksiyalari tizimvda ham o`zgarishlar sodir bo`lib turgan, shu jumladan tamoman 
yangi funksiyalar paydo bo`lgan. Bu holat keng ijtimoiy taraqqiyot sababli yuz 
bergan. Tarixda qullar va quldorlar, krepostnoy dehqonlar va feodallar, yollanma 
ishchilar va kapitalistlar bo`lganligini inkor yetish mumkin emas. Shu boisdan 
quyida davlat funksiyalarini quldorlik, feodal, burjua (kapitalistik), sobiq SSSR 
davlatlari misolida ko`rib o`tamiz. 
Quldorlik davlatlarining quyidagi funksiyalari mav-jud bo`lganligini aslo 
inkor yetish mumkin emas. S.Ayniyning «Qullar» romanida yozishicha, O`rta 
Osiyoda hatto XVIII asrgacha qul bozorlari mavjud bo`lgan ekan. Qur`onda va 
musulmon huquqining boshqa manbalarida qullarning mavjud bo`lganligi, ularning 
huquqiy maqomi haqida ko`plab ma`lumotlar uchraydi. 
Quldorlik davlatlarining ichki funksiyalari
1. Davlatning xo`jalik yuritish faoliyati. Buni umumiy ommaviy ishlar 
yuritish funksiyasi, deyish mumkin. Bu faoliyat mamlakatning, urug` Yoki 
qabilaning umumiy manfaatlarini nazarda tutib, olib borilgan. Bu funksiya, 
ayniqsa, Sharqda ma`lum darajada rivoj topgan. Chunki bu mintaqada 
dehqonchilik ishlari sugorish asosida olib borilgan, buning uchun esa kanallar 
qurish, suvni xo`jaliklar o`rtasida taqsimlash kabi masalalar davlat organlari 
tomonidan bajarilgan. 
2. Quldorlar mulki va manfaatlarini qo`riqlash. Bu funksiyani amalga 
oshirish uchun qadimgi davlatlar qator huquqiy normativ hujjatlarni qabul qilgan 


va ularga rioya etilishini ta`minlab turganlar, boshqa mulkiy munosabatlarni 
tartibga solish choralarini ishlab chiqqanlar. 
3. Quldorlik davlatlarida kullar va boshqa ezilgan omma qarshiligini 
bostirish funksiyasi bo`lgan. Chunki qullar deyarli huquqsiz bo`lib, o`z 
quldorlariga xizmat qilgan, agar ular bu og`ir hayotdan norozi bo`lib, g`alayon 
ko`tarsa, quldorlik davlati tomonidan ayovsiz ravishda bostirilgan, albatta. 
4. Quldorlik davlatlari xalq ommasini g`oyaviy tomondan davr ruhida 
tarbiyalash funksiyasini ham bajargan. Bunda quldorlik tuzumini nazariy jihatdan 
asoslashga, qullar qo`zg`olonini jamiyat uchun xavfli kuch, deb ko`rsatishga 
harakat qilishgan. Bunda dunyoviy ilmiy bilimlarnitsg pastligi sababli quldorlik 
davlatlari aholiga g`oyaviy tarbiya berish maqsadida diniy aqidalardan keng 
foydalangan. 

Yüklə 355,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin