Referat mavzu: davlat funksiyalari bajardi: Bobojonov M


O`zbekiston davlatining asosiy funksiyalari



Yüklə 355,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix14.12.2023
ölçüsü355,71 Kb.
#140685
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Davlat funktsiyalari haqida referat

O`zbekiston davlatining asosiy funksiyalari 
SSSR tarqalib ketdi, O`zbekiston va boshqa sobiq ittifoqdosh respublikalar 
mustaqil bo`lib qoldilar. Sotsializm va kommunizm qurish nazariyasi hamda 
amaliyotidan voz kechildi, uning o`rniga insoniyat tajribasida isbotlangan bozor 
munosabatlari asosidagi demokratik jamiyat tuzumiga o`tish maqsad qilib 
qo`yilgan. Davlatning siyosati, vazifalari, faoliyati va ulardan kelib chiqadigan 
funksiyalari shu maqsadni ro`yobga chiqarishga qaratilgan. 
Bizningcha, hozirgibosqichda yosh suveren, mustaqil davlatlar, shu 
jumladan O`zbekiston Respublikasi oldida quyidagi uchta muhim vazifa turibdi. 
1. Erishilgan siyosiy, davlat mustaqilligini mustahkamlash. 
2. Iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o`tish va bu sha-roitda jamiyatning 
ijtimoiy-madaniy taraqqiyotini ta`minlash. 
3. YAngi sharoitda tamoman mustaqil tashqi siyosiy, iqtisodiy vazifalarni 
hal yetish. Chunki bu vazifalar ilgari asosan SSSR organlari tomonidan bajarilar 
edi. 
Mustaqillik sharoitida, yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy vaziyatda 
yosh davlatlarning funksiyalari SSSRning davlat funksiyalaridan ancha farq qiladi. 
To`g`ri, O`zbekiston ham, boshqa sobiq ittifoqdosh respublikalar ham o`z 
hududlarida davlat funksiyalarini tamoman o`zlari, mustaqil ado qilmoqdalar. 
Xususan, O`zbekiston davlati quyidagi eng asosiy funksiyalarni amalga 


oshirmoqda. 
Uning ichki funksiyalari
1. Iqtisodiy funksiya Yoki iqtisodiyotda davlatning bosh islohotchi ekanligi. 
Mazkur funksiya mazmunida sovet davrida juda ham kengayib ketgan davlat 
mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, natijada mulkchilikning 
turli shakllariga yo`l ochish, iqtisodiy rivojlanishga ma`muriy-buyruqbozlik 
asosida emas, balki huquqiy jihatdan tartibga solib turish usullari orqali ta`sir 
qilish, davlat sektori (qaramog`i)dagi iqtisodiyotni boshqarish va 
umumiy rivojlanish istiqbollarini belgilash, xalq xo`jaligada tuzilmaviy 
o`zgartishlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni boshqarishda chet el investitsiyalarini 
jalb yetish, soliqdar siyosati va tizimini belgilash, baholarning barqarorligi uchun 
kurash kabi masalalar va yo`nalishlar mavjud. 
Oliy Majlisning oltinchi sessiyasida I.Karimov mustaqilik va bozor 
munosabatlariga o`tish sharoitida davlatning rivojlanishi va roliga katta baho berdi: 
«Davlat islohotlarning tashabbuskori bo`lib maydonga chiqdi, ustuvor 
yo`nalishlarni tanlashda faol ishtirok etdi, islohotlarni ro`yobga chiqarishni, qabul 
qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat olib borishni ta`minladi. Aynan davlat yangi 
huquqiy baza va yangi ijtimoiy munosabatlar shakllanishida, erkin demokratik 
me`yorlarga o`tishda, ko`p ukladli iqtisodiyot va bozor infrastrukturasining qaror 
topishida, yangi bank, moliya, soliq tizimi shakllanib, yangi mazmun bilan 
boyishida tashabbuskor bo`ldi... Davlatning o`tish bosqichidagi, milliy 
davlatchilikni qaror toptirish davridaga bunday roli, bugun ko`rinib turginidek, 
o`zini to`la oqladi
4[4][4]
». 
Iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy yo`naltirilgan bo`lishi davlatimiz siyosati va 
faoliyatida markaziy o`rin tutadi. 
2. Ijtimoiy funksiya. Uning tizimida aholining ish bilan bandligini 
ta`minlash, vaqtincha ishsizlarga davlat yordami, yoshlarni kasbga o`rgatish, 
ijtimoiy sohani - aholiga savdo, kommunal, tibbiy, maishiy va boshqa xizmatlar 
4[4]
[4]
«Халқ сўзи», 1996 йил 30 август. 


ko`rsatishni tashkil yetish va shu tarmoqdarni rivojlantirish; aholini ijtimoiy 
muhofaza yetish, ya`ni ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa va omonatdagi 
mablag`larni indeksatsiyalash, xalqning mehnat orqali o`z ijtimoiy ahvolini 
yaxshilab borishi uchun sharoit yaratish, sog`lom avlod uchun kurash va boshqalar 
orqali davlatimiz o`zining ijtimoiy (sotsial) vazifasini, tabiatini namoyon etmoqda. 
3. Ta`lim, fan, texnika, madaniyat va aholini g`oyaviy (mafkuraviy) 
tarbiyalash sohasidagi davlat funksiyasi, buni odatda, madaniy-tarbiyaviy funksiya 
deyiladi. YAngi davrda uning tarkibida milliy tarixiy va madaniy qadriyatlarni 
tiklash hamda rivojlantirish, umuman xalq hayotida ma`rifat va ma`naviyatni avj 
oldirish, umumiy savodxonlikni yuksaltirish, mutaxassislarning kasbiy malakasini 
oshirish, umuminsoniyat madaniy-ma`naviy boyliklardan bahramand bo`lishini 
ta`minlash, yangi milliy mafkuraga erishish singari ustuvor vazifalarni hal yetish 
ko`zda tutiladi. 
4. Huquq - tartibotni qo`riqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
ogishmay, mulkchilikning hamma shakllarida himoya qilish, huquqbuzarlikka va 
jinoyatchilikka qarshi kurash. Bu funksiya o`z mohiyati va mazmuni bilan adolat 
o`rnatishga, insonparvarlikka, qonunchilikni mustahkamlashga, huquqiy davlat va 
madaniyatning shakllanishiga xizmat qiladi. 
5. Tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza qilish. Bunda, bir tomondan, 
tabiiy boyliklarni qo`riqlash, tejab-tergab sarflash zarur bo`lsa, ikkinchi tomondan, 
kimyo va texnikaning salbiy ta`siri bilan suv, havo, tuproq va atmosferaning 
ifloslanishiga qarshi kurash ehtiyoji mavjud. Davlat bunday funksiyani bajarish 
bilan iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qilgan bo`ladi. Bizning mintakdda, 
ayniqsa, Orol dengizi bilan bog`liq masalalar bu funksiyaning dolzarbligini 
isbotlab turibdi. 

Yüklə 355,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin