Referat Mavzu: Davlatning narx siyosatining maqsad va vazifalari. Davlat narx siyosatini amalga oshirishning asosiy usullari va vositalari. Bajardi: i-161-19-guruh talabasi kenjayev temur ilmiy rahbar: professor, I
Qarshi 2023
MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………...….…………3
I bob: Davlatning narx siyosatining maqsad va vazifalari. Davlat narx siyosatini amalga oshirishning asosiy usullari va vositalari………………………................................................................…………5
1.1 Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini hisoblash uslublari……………………………………………………………………….……5
1.2 Davlat narx siyosatini amalga oshirishning asosiy usullari va vositalari………………………………………………………………………..…..9
1.3 Narx siyosati va uning O’zbеkistonda amalga oshirilish xususiyatlari..16
Xulosa:………………………………………………………………………19
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:………………………………………21
Kirish Mavzuning dolzarbligi: Narx va qiymat tizimiga oid tushuncha va qarashlar tizimining mazmun mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish kurs ishi mavzusini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek: ―O‘tgan 2018-yil bizning bosh maqsadimiz bo‘lmish asosiy vazifa – odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta‘minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash bo‘yicha avvalo muhim islohotlarni amalga oshirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor. Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan keng ko‘lamli dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu dastur mohiyat e‘tibori bilan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me‘yoriyhuquqiy va amaliy jihatdan ustuvor rolini ta‘minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani sizlarga yaxshi ma‘lum, albatta‖1.
Bozor munosabatlariga o’tgan va o’tayotgan mamlakatlar uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va tashqi savdo hayotiy zaruratdir. Iqtisodiyot nazariyasida mikromiqyosdagi tadqiqotda narx alohida o’rin tutadi. Ma’lumki mukammal raqobat kurashiga asoslangan bozorda narxga hech bir firma tomonidan tazyiq o’tkazish imkoni yo’q.