Referat mavzu: kuzatish va eksperiment rivojlanish psixologiyasining asosiy metodi sifatida toshkent 2022



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə3/4
tarix22.02.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#114630
növüReferat
1   2   3   4
KUZATISH VA EKSPERIMENT RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASINING ASOSIY METODI SIFATIDA JIYANOVA OZODA 13

EKSPERIMENT METODI

Eksperiment (lot. yexreptepgshp — tajriba, sinab koʻrish) — fanda narsa va hodisalarni sezgipredmet faoliyati bilan tadqiq qilish, oʻrganish. Kuzatishga qaraganda yuksakroq bilish usuli. Mohiyateʼtibori bilan tajriba tushunchasini ifodalasada, Eksperiment fanga nisbatan ishlatiladi. Eksperiment zarur shartsharoit yaratishni, turli vositalar bilan obʼyektni qayd etishni yoki hodisani sunʼiy ravishda yuzaga keltirishni, tegishli texnika va moslamalarni tatbiq etish va oʻlchash ishini oʻz ichiga oladi. Eksperiment bilish obʼyektini takror hosil qiladi, farazlarni tekshiradi. Eksperiment insonning obʼyektga moddiy taʼsir koʻrsatishiga, voqelikni amaliy oʻzlashtirishiga, bilimlarni boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Tabiiy va texnika fanlarida eksperimentdan haqiqatni bilish va uni isbotlash vositasi sifatida foydalaniladi. Eksperiment ijtimoiy hodisalarni, xususan, ijtimoiy fanlarni tadqiq etishda ham keng qoʻllaniladi.

Eksperiment metodi Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayot faktlari ularning tabiiy sur’atda ro‘y berishida va o‘zgarishida o‘rganiladi, ya’ni haqiqatda, kishilarning kundalik turmushida qanday ro‘y bersa, o‘shanday holida tekshiriladi. Ammo bu metoddan foydalanganda ba’zi bir o‘ng‘aysizlik va qiyinchiliklarni uchratishga to‘g‘ri keladi, masalan, bu yerda tadqiqotchi psixologning tekshirishi uchun qaysi psixik hodisalarning yuzaga chiqishi kerak bo‘lsa, o‘sha hodisalar yuzaga chiqqan kishilarni qidirishga yoki biron kishida, ba’zan psixologning o‘zida shu hodisalarning yuzaga chiqishini kutib turishga to‘g‘ri keladi. Eksperiment metodidan foydalanganda bu o‘ng‘aysizlik va qiyinchiliklar barham topadi yoki kamayadi. Psixologiyada eksperimentning ikki turi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment tafovut qilinadi. Laboratoriya eksperimenti. Laboratoriya eksperimentining mohiyati shundaki, tekshiruvchi kishi tekshiriladigan psixik hodisani qachon kerak bo‘lsa o‘sha vaqtda ataylab vujudga keltiradi. Bunda tekshirilayotgan psixik hodisa tabiiy sharoitda birgalikda sodir bo‘ladigan boshqa psixik hodisalar kompleksidan ajratib olinishi mumkin. Tekshiriladigan psixik hodisalar eksperiment davomida o‘zgartirilishi, boshqa psixik hodisalar bilan muayyan bir sur’atda bog‘lanishi, kuch, tezlik, hajm va boshqa shu kabi jihatlari o‘lchab ko‘rilishi mumkin. Bu yerda muayyan bir psixik hodisani vujudga keltirgan sharoit sun’iy yo‘l bilan o‘zgartirilishi, psixik hodisa davom etadigan sharoit o‘zgartirilishi mumkin. Shuning uchun ham psixik hodisalarning qonuniyatlari metodi bilan tekshirishda yaxshiroq ochiladi. Eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishda maxsus metodik materiallar – narsa, rasm va so‘zlar, shuningdek, maxsus asboblar qo‘llaniladi. Tekshiriladigan hodisalar shu material va asboblar yordami bilan vujudga keltiriladi, shuningdek, psixik hodisalarning tezligi, kuchi, hajmi va shu kabilar qayd qilinadi.

Psixologik-pedagogik eksperiment yoki ta’sir ko‘rsatuvchi eksperiment – tabiiy eksperimentning bir turidir. Bu eksperimentning vazifasi o‘qitish va tarbiyalash ishidagi har xil tadbirlar o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishga, shaxsning ayrim psixik sifatlari tarkib topishiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligini aniqlashdir. Masalan, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga ayrim metodik usullarning ta’siri, o‘quvchilarda turli havaslarning tarkib topishiga to‘garaklar, ma’ruzalar, suhbatlar, kino kartinalarning ta’siri tekshiriladi. Laboratoriya eksperimenti kabi, tabiiy eksperiment metodida ham tadqiqotchi ko‘pincha tekshiriluvchilar bilan suhbat qilib turadi.



Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi va kasbdagi odamlar (chaqaloq, bola, o`spirin, balog`atga yetgan va qarilar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun`iy tushun-chalarning shakllanishi, nutqning o`sishi, favqulodda holatdan chi-qish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuy-g`ulari, xarakteri vatipologik xususiyatlari o`rganiladi. Inson psi-xikasining nozik ichki bog`lanishlari, munosabatlari, murakkab mexanizmlari tekshiriladi. Buning uchun eksperiment materialini tekshiruvchi sinchkovlik bilan tanlashi, obyekt tarzda har xil holat va vaziyatlarni yaratishi, bunda sinaluvchining yoshi, aql-idroki, xa-rakter xususiyati, his-tuyg`usi, qiziqishi va saviyasiga, turmush taj-ribasiga, ko`nikma va malakalariga e`tibor berishi lozim.

Eksperiment metodi. Yangi psixologik faktlarga ega bo`lishning ob’ektiv usullaridan biri - eksperiment metodidir. U murakkab xarakterdagi psixik xodisalarni o`rganish uchun qo`llaniladi. Bu metodning afzalligi shundaki, tadqiqotchi bu metod yordamida o`rganayotgan psixik xodisani o`zi istagan vaqtda vujudga keltiradi va uni maxsus asboblar yordamida alohida xonada o`rganadi. Kuzatishdan farqi, eksperiment o`tkazuvchi sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi, sun’iy vaziyat paydo qilinishi mumkin. Bu metod inson psixikasini chuqur, aniq tadqiq qilinganda eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushunchalarning shakllanishi, favqulodda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilingan jarayonlari, shaxsning his-tuyg`ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o`rganiladi. Inson psixikasining nozik ichki bog`lanishlari, munosabatlari, qonuniyatlari, qonunlari, xossalari, murakkab mexanizmlari tekshiriladi.



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin