O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: “...har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa, haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi. O‘zbek xalqining necha ming yillik tarixida qanday murakkab davrlar, og‘ir sinovlar bo‘lganini barchamiz yaxshi bilamiz. O‘zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to‘siq va sinovlarni o‘z kuchi va irodasi bilan engib o‘tishga qodir”.Zero, ajdodlarimizning bebaho tarixiy merosi – abadiyatga daxldor ma’naviy xazina ekanligini chuqur anglansa, tarixiy xotiramiz qanchalik boy, mazmunli bo‘lsa, xalq shunchalik uyushgan, hamjihatlikda yurt taraqqiyoti yo‘lida beqiyos o‘rni va ulug‘vor ishlarni bajarishga qodir bo‘ladi. Shu bois, ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining mazmun- mohiyatini talabalarga yetkazishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalarXXI globallashuv asrida ta’lim sohasida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar qo‘llanilishi natijasida mamlakatning intellektual va ma’naviy salohiyatni yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi, globallashuv sharoitida bilimlilik mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish va uning milliy boyligini ko‘paytirishning muhim tarkibiy qismiga aylanib borayotganligi, yoshlarning yuksak ma’naviy darajasi esa insonlarda huquqiy madaniyatni, erkin va demokratik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, o‘zligini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanish imkonini beradi. Mazkur fanning o‘qitilishi jarayonida talabaga fan bo‘yicha mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini; mustaqillik yillaridagi o‘zgarishlarni, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak;
O‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qo‘llay bilish, atrofida sodir bo‘layotgan jarayonlarga o‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Shuningdek, O‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma’naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega bo‘lishi kerak. Bu o‘z navbatida, yoshlarda tarixiy tafakkurni shakllantirib, komil inson bo‘lib etishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy vazifa O‘zbekiston tarixi fani, uning mantiqiy davomi bo‘lgan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo‘yicha yosh avlodni millatning dardiga darmon bo‘ladigan, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan komil, o‘z Ona yurti bilan g‘ururlanadigan inson qilib tarbiyalashdan iborat.