Referat mavzu: To'qima xillari va ularning vazifalari Bajardi: Jurayeva H. Tekshirdi: Safarov A. K



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə3/5
tarix29.04.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#126071
növüReferat
1   2   3   4   5
Referat mavzu To\'qima xillari va ularning vazifalari Bajardi J

Biriktiruvchi toʻqima
Biriktiruvchi toʻqima hujayralararo matritsada tarqalgan hujayralardan iborat. Koʻpgina hollarda matritsa qattiq, suyuq yoki jelesimon maydalangan shakldagi kollagen va fibrin kabi oqsil tolalaridan iborat. Biriktiruvchi toʻqima, nomidan koʻrinib turibdiki, boshqa toʻqimalarni bogʻlab turadi.
Q
uyida koʻrsatilgan siyrak tolali biriktiruvchi toʻqima biriktiruvchi toʻqimaning eng keng tarqalgan turidir. U butun tanada tarqalgan boʻlib, organlar va qontomirlarni ushlab turadi va epiteliy toʻqimasini uning ostidagi muskullar bilan bogʻlaydi. Zich yoki tolali biriktiruvchi toʻqima muskullarni suyaklar bilan, suyaklarni esa oʻzaro bogʻlaydigan pay va boylamlarda uchraydi.

Biriktiruvchi toʻqimaning ixtisoslashgan shakllariga yogʻ toʻqimasi (tanadagi), suyak, togʻay va qon kiradi. Qonda hujayralararo matritsa plazma deb nomlanadigan suyuqlikdan iborat.


Mushak toʻqimasi
Mushak toʻqimasi tanani tik holatda saqlashda, uning harakatlanishida va hatto qon haydash va ovqat hazm qilish tizimi orqali ovqatni harakatlantirishda muhim rol oʻynaydi.
Koʻpincha mushak tolalari deb ataladigan mushak hujayralarida ularning qisqarishini taʼminlaydigan aktin va miozin oqsillari mavjud. Mushakning uchta asosiy turi bor: skelet mushagi, yurak mushagi va silliq mushak.

K
oʻndalang targʻil mushak deb nomlanadigan skelet mushagi biz kundalik hayotda mushak deb tushunadigan toʻqimamiz hisoblanadi. Skelet mushaklari paylar bilan biriktirilgan va bu harakatlarni ongli ravishda boshqarishga imkon beradi. Masalan, oyoqlardagi toʻrt boshli yoki qoʻllardagi ikki boshli skelet mushaklari shular jumlasiga kiradi.


Yurak mushagi faqat yurak devorlaridagina mavjud. Skelet mushaklari kabi yurak mushagi ham koʻndalang targʻil hisoblanadi. Ammo u ixtiyoriy nazorat ostida emas, shuning uchun yurakning urishi haqida oʻylash shart emas. Alohida tolalar oraliq disklar deb nomlangan tuzilmalar orqali oʻzaro birikadi, bu ularning oʻzaro mutanosib qisqarishiga imkon beradi.
Silliq mushak qontomirlar devorida, shuningdek, oshqozon, bachadon, siydik pufagi va boshqa ichki tuzilmalarda joylashgan. Silliq mushak koʻndalang targʻil emas va u ongli nazorat ostida ham emas. Bu ovqat hazm qilish yoʻli orqali ovqatni harakatlantirish haqida oʻylash shart emasligini anglatadi!
Nerv toʻqimasi
Nerv toʻqimasi tashqi yoki ichki taʼsir(stimul)larni sezish hamda maʼlumotlarni qayta ishlash va uzatish vazifasini bajaradi. U ikkita asosiy hujayradan iborat: neyronlar yoki nerv hujayralari va gliya.
Neyronlar nerv tizimining asosiy funksional birligidir. Ular oʻtkaziladigan nerv impulslari yoki harakat potensiallari deb nomlangan elektr signallarini ishlab chiqaradilar, bu neyronlarga uzoq masofalarga maʼlumotni juda tez yetkazish imkonini beradi. Gliya asosan neyronal funksiyaga yordamchi vazifalarni bajaradi.



Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin