O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
REFERAT
MAVZU: Umumiy psixologiyaning fanining predmeti, maqsadi vazifalari
Bajardi: Xolmatova Dilafro’z
Ilmiy raxbar: p.f.n T. G. Suleymanova
Andijon 2015
MAVZU: UMUMIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI, MAQSADI VAZIFALARI
REJA
KIRISH
1BOB PSIXOLOGIYA PREDMETI VA UNING DOLZARB VAZIFALARI
Psixologiyaning predmeti
Psixologiya fanining dolzarbligi
Psixologiyaning tarmoqlari
Psixologiyaning asosiy metodlari
Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni
2BOB PSIXOLOGIYaNING TADBIQIY VA AMALIY SOHALARI
2.1 Amaliy hamda tadbiqiy psixologiya sohalarining o’ziga xos jihatlari
Amaliy psixologiyaning asosiy yo’nalishlari
Oila va nikox borasidagi tadbiqiy ishlar
Maorif sohasidagi amaliy ishlar
XULOSA
FOYDALNILGAN ADABIYoTLAR RO’YXATI
K I R I SH
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishining hayotiy zarurati va dolzarbligi haqida gapirar ekanlar, «Inson shaxsini, uning yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, yosh avlodni boy madaniy merosimiz hamda tarixiy qadriyatlarimizga hurmat-e’tibor, mustaqil Vatanimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash talablari oldimizga muhim vazifalarni qo’ymoqda» deb alohida ta’kidlaydilar. Bu vazifalar, birinchi navbatda kelajakning bunyodkorlari bo’lmish yosh avlodning bilim olish, yuqori malakali kadrlar bo’lib o’z yurti va halqiga sitqidildan mehnat qilish, ozod yurt ravnaqi va baxt-saodati uchun halol mehnat qilishga o’rgatishni nazarda tutadi. Zero, mustaqillik aynan fidoiy, o’z Vatani manfaatlariga g’oyat sadoqatli, yuqori malakali kadrlarning jamiyatni boshqarishini taqozo etadi.
Hozirgi kunda psixologiya fani sir-asrorlarini har bir o’quvchi uchun zarur bo’lgan jihatlarini, chunonchi: psixologiyaning boshqa fanlar bilan integratsiyalashuvi, hamkorligi, bog’liqligini; psixologiyaning zamonaviy yo’nalishlari va tarmoqlarini; shaxsni psixologik diagnostika qilish usullarini; shaxs va jamiyat munosabatlarini uyg’unligini; shaxs faoliyati va hatti-harakati motivlarini; faoliyati turlarini; shaxsda kuzatiladigan psixik jarayonlar: sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayolni bilish va ularni boshqarish qonuniyatlarini qo’llay olishni; shaxsdagi qobiliyat, xarakter va temperament kabi individual psixologik xususiyatlarning shaxs faoliyati va hayotidagi tutgan o’rnini; shaxsning turli yosh davrlarga bog’liq xususiyatlarini; shaxsning muloqot jarayonidagi shakl, tur, vositalarini; shaxsning guruhga va o’z navbatida guruhning shaxsga ta’sirini; o’quv va tarbiya jarayonida qo’llash mumkin bo’lgan samarali usullarni bilish, o’rganish muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |