WINDOWS operatsion tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega:
ko’p vazifalilik ya’ni WINDOWS muhitiga o’tgandan keyin bir vaqtning o’zida bir necha dasturlarda ishlash imkoniyati paydo bo’ladi. Masalan hujjatlar tahrirlash, rasmlar chizish, hujjatlarni bosmaga berish, musiqa eshitish va hokozo.
Ma’lumotlar buferidan (cho’ntagidan) foydalanish imkoniyati, ya’ni bemalol grafik muharriridagi yoki electron jadvaldagi ma’lumotlarni boshqa dasturlarga qo’yish yoki aksincha.
Windows muhitida ishlaydigan barcha dasturlarning shriftlari, drayverlarining printerdan foydalanish va boshqarish tugmalarining bir xilligi foydalanuvchiga bitta dasturda ishlaganda ikkinchisiga ishlashga oson ko’nikish hosil qilish imkonini beradi.
WINDOWS operatsion tizimida kompyuter tarmoqlaridan foydalanish juda qulay, masalan lokal kompyuter tarmog’ida ishlash uchun tarmoqli muhit (сетевое окружение) yorlig’ini ishlatish yetarli.
Foydalanuvchi interfeysining yagonaligi, ya’ni WINDOWS muhitida oddiydan tortib murakkabgacha dasturlarning barchasida muloqat oynalarining, menyularining, vositalar panelining va boshqalarning yagona ko’rinishga ega ekanligi va hokozo imkoniyatlar aytish mumkin.
Universal grafika-WINDOWS dasturlarining qurilmalarga va dastur ta’minotiga bog’liqsizligini ta’minlaydi.
Ma’lumotlar almashuvi- Windows dasturlararo ma’lumotlar almashish imkoniyatiga ega.
Windows muhitida electron pochta va faksdan foydalanish mumkin va hokozo.