Referati mavzu: O‘zbek tilining izohli lug‘atida sohaga oid terminlarning berilishi. Tekshirdi: Nuradilova A



Yüklə 20,93 Kb.
tarix07.03.2023
ölçüsü20,93 Kb.
#123883
növüReferat
Referati mavzu O‘zbek tilining izohli lug‘atida sohaga oid term


Nizmoiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo‘nalishi 202-guruh talabasining O‘zbek tilini sohalarda qo’llanilish fanidan yozgan


REFERATI
Mavzu: O‘zbek tilining izohli lug‘atida
sohaga oid terminlarning berilishi.

Tekshirdi: Nuradilova A.


Bajardi: Raxmanova M.


Toshkent - 2021


Reja:
1. Termin va terminologiya haqida umumiy ma’lumot.


2. O‘zbek tili terminoloiyasi fanining maqsad va vazifalari.

TERMIN (lot. terminus — chegara, had) — bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doyr tushunchani ifodalovchi soʻz yoki soʻz birikmasi. Termin umumxalq tiliga muayyan terminologik tizim orqali oʻtadi, binobarin, Termin va umumisteʼmoldagi soʻzlar bir-birini toʻldiradigan leksik birliklardir. Sistem xarakterga egalik, oʻz terminologik maydonida bir maʼnolilikka moyillik, his tuygʻuni ifodalamaslik, uslubiy betaraflik kabilar Terminga xos xususiyatlardir. Biologiya, matematika tilshunoslikda qoʻllanadigan «funksiya» soʻzini koʻp maʼnoli termin sifatida emas, balki terminologik omonimlar, sohalararo sodir boʻlib turadigan reterminologik jarayon (bir soha Termin ining ikkinchi soha Termini sifatida qoʻllanishi) hosilasi tarzida qaralmogʻi lozim. Umumxalq leksikasiga doir qonuniyatlar termin hosil qilishda ham kuzatiladi. Soʻz bilan terminning umumiy va xususiy tomonlari yetarli darajada ochib berilgan emas; kundalik turmushda keng isteʼmolda boʻlgan soʻzlar ayni paytda turli sohalarga doir Terminlar hamdir. Mac, quloq, burun, tomoq — anatomiya va tibbiyot; gilam, sholcha, palos — gilamdoʻzlik; kitob, ruchka, daftar — pedagogik soha Termin lari boʻlish bilan birga umumxalq tilida faol qoʻllanadi.


Hoz. kunda «Termin» soʻzi bilan bir qatorda «atama», «istiloh» soʻzlari ham ayni maʼnoda qoʻllanmoqda. Pekin ular «Termin» soʻzining hoz. maʼnosini toʻliq ifoda eta olmaydi. «Atama» soʻzi keng maʼnoda boʻlib, geografik obyektlar, atokli nomlarga nisbatan qoʻllanadi. «Istiloh» soʻzini esa Termin maʼnosida tarixiy mavzulardagi matnlar (mas., adabiyot tarixi, Sharq falsafasi va b.)da bemalol qoʻllash mumkin.


Respublikamiz o‘z mustaqilligiga, ona tilimiz esa Davlat tili maqomiga erishgan bugungi kunda turli fanlar, jumladan, o‘zbek tilshunosligi oldida yangidan-yangi vazifalar ko‘nd alang bo‘lmoqda.Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangi-yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi.


So‘nggi yillarda va bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Qayd etish lozimki, o‘zbek tilshunosligida yuzlab olimlarning monografiya, dissertatsiya va lug‘atlari, ko‘plab maqolalari yuzaga kelgan. Shunga qaramay, yana qator terminologik tizimlar o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. O‘zbek tilining kimyo-texnologiya terminologiyasi tizimi o‘zining to‘liq ifodasini topa olgani yo‘q.
Yangi terminlar ichida kimyo-texnologiya bo‘yicha terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida bu terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazardan tadqiq yetish muhim ahamiyat kasb yetadi. Amaliy, ayniqsa, nazariy masalalarni hal etish uchun kimyo-texnologiya terminlar tizimini, ularning yasalish qonunlarini, shakllanish manbalarini, umumtilda qo‘llanish doirasini, mazkur tizimda ro‘y berayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash kabi qator masalalarini o‘rganish zaruriyati paydo bo‘ldi.
Hozirda o‘zbek tilida qo‘llanib kelinayotgan soha terminlarni to‘plash va sistemalashtirish ham juda dolzarbdir. Hozirgi bosqichda, yangi ilmiy-texnik inqilob davrida ishlab chiqarish, fan va texnikaning barcha sohalarida yangidan-yangi narsa, predmetlar va tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Bu hol til lug‘at tarkibining salmoqli ravishda boyishiga olib kelmoqda. Binobarin, termin muammosi hozirgi leksikologiyaning, asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Alohida ta’kidlash lozimki, termin hamda terminologiyaning u yoki bu masalasini hal yetish nafaqat ishlab chiqarish, fan va texnikaning tegishli sohalari uchun yemas, balki tilshunoslik uchun ham katta ahamiyatga egadir.
“Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli:
1) termin-umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
2) termin-konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;
3) termin uchun muayyan ta’rif zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarini ravshanroq ko‘rsatish mumkin.
Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umum iste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada nazorat ostida bo‘ladi.
Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshladi, terminologiya masalalariga bag‘ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferensiyalarning o‘tkazilgan.
MORFOLOGIYA
So‘zlarning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarn bildirishi ularning atash ma’nolari yoki lug‘aviy ma’nolari deyiladi, tilshunoslikning atash ma’nolarni o‘rganuvchi bo‘limi esa leksikologiya hisoblanadi.
So‘zlar atash ma’nosi bilan birga, ma’lum grammatik ma’no va uni ifodalovchi shaklga ham ega bo‘ladi. Masalan, olmalarni so‘zi «mevali daraxt» va «olma daraxti mevasi» ma’nolari bilan birga, «ko‘plik», «kelishik» ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi ko‘plik shakli (-lar) hamda kelishik shakli (-ni) ga ham ega. «Mevali daraxt» va «olma daraxti mevasi» ma’nolari bu so‘zning atash ma’nosi, qolgan ma’nolar esa gratmmatik ma’nolari sanaladi.
Har qanday grammatik ma’no ma’lum grammatik shakl orqali ifodalanadi. Grammatik ma’nolarni ifodalovchi vositalar grammatik shakl hisoblanadi. So‘zlarning grammarik ma’nolari va ularni ifodalovchi grammatik shakllarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi morfologiya sanaladi. Morfologiya yunoncha morphe- «shakl», logos-«so‘z», «ta’limot» so‘zlaridan olingan bo‘lib, so‘z shakllari haqidagi ta’limot demakdir.
Ko‘rinadiki, leksikologiya bilan morfologiya o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Har ikkisida so‘z o‘rganiladi. Ular so‘zning qaysi tomonini o‘rganish bilan farqlanadi. Leksikologiya so‘zning atash ma’nosini, morfologiya esa uning grammatik ma’nosihi va bu ma’nolarni ifodalovchi vositalarni o‘rganadi.
Yüklə 20,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin