Referati mavzu: Uylanish odobi. Nafs tarbiyasi Reja: Odam ato va Momo Havo hikoyasi



Yüklə 31,18 Kb.
tarix23.05.2023
ölçüsü31,18 Kb.
#127434
növüReferat
tarbiya


“Ma’mun universiteti “ NTM ning ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti tarix va psixologiya fanlar kafedrasi Pixologiya yo’nalishi 21/3-guruh talabasi


Po’latova Nafisaning Tarbiya fanidan tayyorlagan


REFERATI

Mavzu: Uylanish odobi. Nafs tarbiyasi
Reja:

  1. Odam ato va Momo Havo hikoyasi

  2. Nikohning foydalari

  3. Nikohning ofatlari



Musulmonlar Odam birinchi yaratilgan inson va paygʻambar ekanligiga ishonadilar. Islomning muqaddas kitobi Qur’onda Odam Ato haqida yetti boshqa-boshqa joylarda yozilgan. Islomda Odamni tuproqdan yaratilganligiga va Olloh Odamga yagona aqlli mavjudot boʻlgani uchun boshqa jonzotlarga oʻrgatmagan narsalarni unga oʻrgatganligiga ishoniladi. Olloh farishtalarga Odamga sajda qilishni buyuradi, lekin Iblis kibri tufayli unga sajda qilmaydi. Kibri sababli u Jannatdan haydaladi. Bazilar Iblisni isyonkor farishta boʻlganiga ishonsalarda, Qur’onda Qof surasida Iblis farishta emas, balki jin (olovdan yaratilgan) ekanligi ifoda etilgan. Odamga juft qilib birinchi ayol, Momo Havvo yaratiladi. Olloh ularga Jannatda bitta daraxtning mevasidan tashqari hamma mevalarni yeyishga ruhsat beradi. Bir kuni iblisga ishonib yeyish man qilingan mevani yeydilar. Bu itoatsizlik tufayli Olloh ularni Jannatdan haydaydi va Yer yuziga yuboradi. Yer yuzida koʻpayishadilar. Islom madaniyatida katta ahamiyatga ega boʻlgan bu qissa keyinchalik bir qancha madaniy va diniy oqimlarning taʼsiri tufayli yanada afsonaviy va Qur’ondagidan farqli tus oladi. Bugungi kunda bu qissaning bir biridan farqli koʻp variantlari bor. ODAM ATO BUNDAN TAXMINAN 10000 YIL OLDIN PAYDO BO`LGAN. Odam Ato va Momo Havo Xudoni yaratgan birinchi odamlardir. Ular birgalikda birinchi oilani Yaratguvchining amrida, sayohat qilish va Xudo amrini bajarish uchun qurdilar. "Va Xudo ularga baraka berdi va Xudo ularga va erni to'ldiringlar, er yuzini to'ldiringlar va osmondagi baliqlarni va er yuzidagi shimlar ustiga hukmronlik qilinglar.
Odam Ato va Momo Havo qanday gunoh qildi?
Men Odam Ato va Momo Havo gunoh qilishganligi sababli gunoh qilganimni eshitishim kerak edi yaqin yaqinlik. Bu johillik. Xudo yaratgan inson unga mevaga amr berdi va yerni to'ldiradi.
Nikohning foydalari
Nikohning birinchi foydasi
Nikohdan asl maqsad farzandli bo‘lishdir. Yana nikohdan maqsad - naslning davomiyligini saqlamoqva dunyoning inson turidan holi qolmasligini mashru yo‘lda ta'min etmoqdir. Tuproq surib, haydalib, urug‘ qadalgandan so‘ng, o‘simlik yer yuziga unib chiqqanidek, xotin ham ekinzorga o‘xshatilgan... Mashru shaklda va mashru asosda urug‘ ekish Alloh taolo irodasi bilan naslning davom etishini saqlaydi. Qush bir donni cho‘qib olmoq istar ekan, banogoh o‘zi uchun avvaldan tayyorlab qo‘yilgan tuzoqqa tushib qolishi mumkin. Inson ham shunday. Inson atrofi shunday tahlikali tuzoqlar bilan qurshalgandir. Shahvati sabab falokatlarga tushishi mumkin.Alloh taolo har qanday sharoitda xohlaganini yaratmoqka kodir. Uylanish va farzandli bo‘lish istagi to‘rt jihatdan Alloh taologa yaqinlikni ta'min etadi.
1. Insoniyat davomiyligini saqlamoq uchun farzandli bo‘lish Allohning muhabbatiga uyg‘un keladi.
2. Qiyomat kuni boshqa payg‘ambarlar karshisida ummatining ko‘pligi bilan faxrlanadigan Rasulullohning (s.a.v.) muhabbatini istagan bo‘ladi.
3. O'lgandan so‘ng solih farzandning duosi barokati bilan amal daftariga savob yozilishini talab etgan bo‘ladi.
4. Agar o‘zidan avval farzandi vafot etsa, uning shafoatini istagan bo‘ladi.
Tayyorgarlik ko‘rmay, jon qiynamay farzandli bo‘lishni istagan kishining holi yerni haydamasdan, urug‘ ekmasdan hosil kutgan kimsaning holiga o‘xshaydi.Ekinzorni haydamasdan avval bir necha ish qurollari lozim bo‘lganidek, uylanish va farzandli bo‘lish uchun shahvat zarur.Alloh buyukdir. U erkakni yaratdi. Ayolni ham yaratdi. Yana u nutfani yaratdi. Nutfa yuradigan tomirlarni yaratdi. O'sha nutfa joylashadigan rahmni yaratdi, ayol va erkakka shahvatni musallat etdi.Barcha bu ishlar aql egalarini o‘zlari uchun hozirlangan ne'matlarni o‘ylamoqqa yo‘llaydi.
Rasululloh (s.a.v.) uylanish va ko‘payishni amr etdilar:
«Uylaningiz, ko‘payingiz!» (Abdulloh ibn Umardan (r.a.) Bayhaqiy rivoyati) Nikohdan to‘suvchi har narsa ekinzorni haydamoqqa xalal beruvchi sababga o‘xshaydi. Urug‘ga ziyon yetkazadi; Haq taolo yaratgan fitratni va bundan anglashilgan ma'noni buzishga harakat qiladi. Vaholanki, bu a'zolar ustida raqam, harf va ovoz bilan emas, bevosita Ilohiy bir xat bilan yozilgan yozuvlar bor. Idrok va basirat sohibi bo‘lgan har kim buni qabul qiladi. Urug‘ni zoe qilgan kishi hali ona bachadonida yetilib dunyoga kelmasdan avval uning kelishiga to‘sqinlik qilgan bo‘ladi. Bu bois deyilganki, azl (maniyni rahm tashqarisiga to‘kmoq, oqizmoq) ham shu hollardan biridir. Umumiy istisno hollardan tashqari Alloh nasl suvini isrof qilib, behuda sarf etilishini yomon ko‘rgandir. Allohning muhabbati kishilik haqlarining himoya etilishi va naslning davomiyligidadir.
Alloh taolo marhamat etadi: «Allohga "chiroyli qarz" beradigan (Uning yo‘lida o‘z boyligidan sarflaydigan) kishi bormiki, unga bir necha bor barobar ko‘p qilib qaytarsa? Holbuki, Alloh (rizqni) tang ham, keng ham qilur va (sizlar) Uning huzuriga qaytarilajaksiz». (Baqara, 2/245) Nasl davomiyligi Alloh taolo huzurida sevilgan, naslning yo‘q kilinishi esa, Uning huzurida sevilmagan xususdir. Alloh taolo o‘lim bilan hayot orasini o‘z irodasiga bog‘lab bir-biridan ayirmishdir. Har narsa Alloh taoloning xohishi bilan bo‘ladi. Alloh olamlardan behojatdir. Hech kimsaga muhtoj emas. U holda ularning hayoti va o‘limlarining, nasl davom ettirishlarining yoki yo‘q qilishlarining, bir-biridan ayrilishdagi - farqlanishdagi hikmat nima? Bizning fikrimizcha; butun koinotning, yaxshi va yomon, foydali va zararli har narsa Janobi Haqning irodasiga bog‘liq bo‘lishiga bir monelik va ziddiyat yo‘q. Sevmoq va sevmaslik bir-biriga zid. Lekin har ikkisi ham Allohning irodasiga zid emas. Necha istalgan narsalar borki, ular yomon. Necha orzu etilgan narsalar borki, ular sevimlidir. Gunohlar noxushdir. Shu bilan birga orzu etiladi. Toat-ibodatlar sevilgan va istalgan narsalardir. Kufr va shirk yomon. Lekin baribir ba'zilar tarafidan orzu etiladi.
Alloh marhamat qiladi: «U (Alloh) bandalariniig kofir bo‘lishiga rozi bo‘lmas». (Zumar, 39/7). U holda nasl davomiyligini ta'min etmoq bilan, uni yo‘q qilmoqni Alloh nazdida hech ayni (bir, teng) bo‘lurmi? Bir hadisi qudsiyda Alloh marhamat etadi: «Musulmon qulimning ruhini qabz etmoq xususida og‘ir muomala qilganimchalik, hech bir narsada taraddudlanmadim. Men uning yomonligidan rozi bo‘lmayman. Muhaqqaqki, uning uchun o‘lim bor». (Abu Hurayradan (r.a.) Buxoriy rivoyat etgan). «Muhaqqaqki, uning uchun o‘lim bor» ifodasi u haqda avvalroq kelgan bir irodaga ishorat etmoqda. Alloh marhamat etadi: «Sizlarning o‘rtangizdagi o‘limni (ajalni) ham Biz o‘lchab qo‘ygandirmiz».(Voqea, 56/60). Yana marhamat etiladi: «U (Alloh) sizlarning qaysi biringiz chiroyliroq (savobliroq) amal qiluvchi ekaningizni sinash uchun ulim va hayotni yaratgan zotdir». (Mulk, 67/2). Bu oyatlar bilan hadisi qudsiyda kelgan «Men uning yomonligidan rozi bo‘lmayman» ifodasi orasida hech bir ziddiyat yo‘q. Allohning zoti bilan mahluqotning sifatlari orasida ko‘p farqlar bor. Mahluqotning borlig‘i modda va shakldan iborat, nuqsonga to‘la. Holbuki, Allohning zoti va sifatlari har turli nuqsondan pokdir. Bu masalalar mukoshafa ilmining mavzulari doirasiga kiradi. Allohning valiy qullari bu sirlarni oshkor qilishdan man etilgan. Nikohdan qochgan kishi - inson naslining ko‘payishiga qarshi chiqqan sanaladi. Vaholanki, Odamning (a.s.) yaratilishidan maqsad u inson naslining davomiyligini saqlash va ta'minlash edi. Agar maqsad faqat shahvatni ketkazish bo‘lsa, o‘shanda nasabsiz - abtar holda o‘lib ketardi. Yer yuzida boshqa nasl ham, nikoh ham bo‘lmas edi. Ashobi kirom doimo nikohli yashashni tiladilar. Hatto o‘lim to‘shaklarida bo‘ydoq holda o‘lishdan hayo etdilar va uylanishni istadilar.
Haqiqatda Muoz (r.a.) vaboga chalingan davrlarida shunday dedilar:
«Meni uylantiringki, Alloh huzuriga yolg‘iz holda ketmayin!» Agar deyilsaki, Muoz (r.a.) o‘sha paytda bola ko‘radigan ahvolda emas edilar. U holda uylanishni istashining asl sababi nima? Bunga javob o‘laroq, deymanki, bola faqat jimo etmoq bilan bo‘ladi. Jimo esa, shahvat bilan hosil bo‘ladi. Bu esa qulning irodasiga va tanloviga bog‘liq emas. Faqat qulning irodasi bilan aloqador bo‘lgan va shahvatni junbushga keltirgan bir xususdir. Bu esa har holda mumkin. Bu bois iqtidorsiz bir kishining ham nikohlanishi mustahab ko‘riladi. Chunki shahvatning junbushga kelishi yashirin, ichki tuyg‘udir. Kal sochini qirayotganday ustara surishi va yurishga qodir bo‘lmagan kishining hajga olib borilishi ham mustahabdir. Chunki bunda boshqalar uchun ham bir tashviq va o‘rnak bor. Ayni zamonda Rasulullohning (s.a.v.)ning bir sunnatini tiriltirish va uning rizosiga erishishga vasila bo‘ladi. Umar (r.a.) ham ko‘p uylanganlar va shunday deganlar:«Men faqat farzand ko‘rish uchun uylanmoqdaman». Bola tug‘moqdan qochgan ayollar haqida Rasululloh (s.a.v.) marhamat etganlar: «Hatto uyning bir tarafida bo‘lgan bo‘yro ham tug‘ishni istamaydigan xotindan xayrliroqdir».(Abu Umar At-Tavkoniy Umardan (r.a.) marfu o‘laroq rivoyat etgan). Yana shunday deydilar: «Sizning xotinlaringizning eng xayrlisi tuqqan va sevimli bo‘lganlaridir». (Bayhaqiy Said ibn Yasordan mursal o‘laroq rivoyat etgan).
Yana marhamat etadilar: «Tug‘adigan qora xotin tug‘maydigan go‘zal xotindan xayrliroqdir». (Baxz ibn Hokimdan Ibni Hibbon rivoyat etgan). Ko‘rinadiki, turmush qurib, farzandli bo‘lmoqni istash shahvat ketkazilishidan oldin kelmoqda. Inson o‘lgan vaqtida ortida solih farzand qoldirsa, o‘sha farzand ota-onasi uchun davomli savob manbai bo‘ladi. Xabarda kelishicha, qilingan duolar, xayr va hasanot nur (bo‘lib) tovoqlarda o‘lganlar(ruhi)ga yetkaziladi. Agar farzand solih bo‘lmasa, ota-onasi uchun foyda keltirmaydi. Ota-ona farzandining xayrli ishlari sababli savobga erishadi. Lekin, ota-ona farzandi qilgan gunoh amallariga sherik bo‘lmaydi. Alloh taolo marhamat etadi: «Hech bir ko‘targuvchi (gunohkor) o‘zga(jon)ning yuki(gunoh)ni ko‘tarmaydi». (An'om, 6/164). Alloh taolo yana marhamat etadi: «O'zlari imon keltirib, zurriyotlari ham ularga imon bilan ergashgan zotlarga (o‘sha) zurriyotlarini ham qo‘shamiz. Ularga qilgan amallaridan biror narsani kamaytirmaymiz. Har bir kimsa o‘zi qilgan ishi bilan garovlangandir». (Tur, 52/21) Agar kichik bolasi o‘zidan avval o‘lsa, ota-ona unga sabr etsa, o‘sha farzand unga shafoatchi bo‘ladi. Alidan (r.a.) aytilgan rivoyatga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar: «Shubhasiz, kichik (balog‘atga yetmagan) farzand ota-onasini jannatga eltadi». Yana shunday deydilar:«Hozir men sening libosingdan ushlaganimdek, u ham u(lar)ning kiyimi (o‘ngiri)dan tutadi».(Muslim Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat etgan). Yana shunday deydilar: «Bola uchun (farishtalarga) aytiladiki, uni jannatga kiriting. Shundan so‘ng o‘sha bola xafa holda jannat eshigi oldida turib oladi va: «Men faqat ota-onam bilan jannatga kiraman», deydi. Shundan so‘ng (farishtalarga) aytiladiki: «Ota-onasini ham u bilan birga jannatga kiriting!»(Nasoiy Abu Hurayradan (r.a.)rivoyat etgan). Xabarda kelishicha, qiyomat kuni hisobga tortilgan odamlar bilan bir qatorda bolalar ham mahshargohda to‘planadilar. Farishtalarga deyiladiki: «Bu (bola)larni jannatga olib boringiz!». Bolalar jannat eshigi oldigacha kelib to‘xtaydilar va turib oladilar. Ularga shunday deyiladi: «Ey musulmonlarning bolalari! Xush kelibsiz! Marhabo! (ichkari kiringiz!) Sizdan hisob so‘ralmaydi». Shundan so‘ng bolalar so‘rashadi: «Bizning ota-onalarimiz qaydalar?» Jannat muhofizi bo‘lgan Malak shunday javob beradi: Ota-onalaringiz sizlarday emas edilar. Ularning gunohlari bor edi. Ular gunohlari tufayli hisobga tortilmoqdalar». Bu javobdan so‘ng bolalar xafa bo‘lishib, kayg‘urishib, chuvlay boshlaydilar. Alloh taolo har neni yaxshi bilgani, har ishdan xabardor bo‘lgani holda so‘raydi: «Bu qanday shovqin?» Malaklar shunday deydilar: «Ey Rabbimiz! Bular musulmonlarning bolalari! Biz jannatga faqat ota-onalarimiz bilan birga kiramiz, - deyaptilar». Alloh taolo aytadiki: «Ularni o‘z holiga qo‘ying!» Va keyinroq bolalarga xitob qiladi: «Ota-onalaringizning qo‘llaridan ushlang va ular bilan birga jannatga kiring!» Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar: «Ikki bolasi bo‘lgani holda o‘lgan kishi (bir) devor bilan jahannamdan himoyalanadi». (Zuhayr ibn Alqamadan (r.a.) Tabaroniy rivoyati). Rasululloh yana shunday deydilar: «Bir kishining balog‘atga yetmagan bolasi bo‘lib, o‘sha kishining o‘zi o‘lsa, Alloh bolalarga bo‘lgan fazli va karami sababi bilan u kishini jannatga kiritadi». «Yo Rasululloh! Ikki bolasi bo‘lsa hammi?» deyishdi. Marhamat etdilarki: «Ikki bolasi bo‘lsa ham...». (Hazrati Anasdan (r.a.) Buxoriy rivoyat etgan). Aytishlariga qaraganda, solih bir zotga uylanishni taklif etdilar. Lekin, u zot bir muddat uylanmadilar. Bir kun uyqularidan uyg‘onar-uyg‘onmas: «Meni uylantiring, meni uylantiring!» dedilar. U zotini uylantirdilar va bu qarorga kelish sababini so‘radilar. U zot shunday javob berdilar: «Balki Alloh taolo menga bir farzand ehson etar va o‘sha bola oxiratda men uchun bir yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lar». So‘ngra so‘zlarida davom etdilar: «Ro‘yo(tush)da yana ko‘rdimki, qiyomat qo‘pmish va men mahshargohdagi olomon orasida emishman... Juda chanqabman. Bo‘yni uzilguday bo‘ldi. Barcha maxluqot menga o‘xshash, qayg‘u-azobda qovrilmoqda. Biz bunday holda ekanmiz, ne ko‘z bilan ko‘rayki, jannat bolalari izzat-ikromda edilar. Ustlarida nur yopinchiqlar... Qo‘llarida kumush suroxiy (jom) va oltin bardoq (qadah)lari bor. Ular ko‘pchilikka yordam beryaptilar. Men ham qo‘limni ulardan biriga uzatdim va: «Menga ham suv bering, tashnalik holdan toydirdi, chanqash parishon qildi», dedim. U esa shunday javob berdi: «Bizning oramizda sizning biror farzandingiz yo‘q. Biz faqat o‘z otalarimizgagina suv bera olamiz. (Shunday buyurilganmiz)». Bundan so‘ng dedimki: «Sizlar kimlarsiz?» U esa: «Biz - musulmonlarning o‘lgan bolalarimiz», dedi». Bu voqea quyidagi oyati karimada ifoda etilgan ma'noga muvofiq keladi: Alloh taolo marhamat etadi: «Xotinlaringiz sizlar uchun ziroatgohdir. Bas, ziroatgohingizga xohlagan jihatingizdan (mashru holda) kelaveringiz va o‘zingiz uchun (savobli ishlarni) taqdim etingiz». (Baqara, 2/223)
Nikohning ikkinchi foydasi
Shaytondan himoyalanish, shahvat iztirobidan qutilish mumkin bo‘ladi. Ko‘z haromdan tiyiladi. Odamning farji va nomusi himoya qilinadi. Bu xususga dalolat etgan bir necha hadisi shariflar bor. Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar: «Uylangan kishi dinining yarmini ko‘rigan bo‘ladi. Qolgan yarmi uchun ham Alloh taolodan qo‘rqsin!» Yana shunday deydilar: «Orangizdan uylanmoqqa kuchi-qudrati yetgan uylansin. Agar kuchi yetmasa, ro‘za tutsin. Chunki ro‘za u uchun bir qalqondir». Bizning asarlar va xabarlardan keltirganlarimizning aksariyati bu ma'noga ishorat etmoqda. Shahvat ham, bola ham Alloh taolo taqdir etgan xususlardir. Bularning orasida bir bog‘lanish bor. Asl maqsad lazzat ekanini va lazzat tufayli bola bo‘lishini ta'kidlash shart emas. Nikohdan asl maqsad - farzandli bo‘lishdir. Shu bilan birga hikmat va shahvat ham uni bu jihatga yo‘llovchi amallardan sanaladi. Shahvatda boshqa yana bir hikmat ham bor. Jannatda va'da etilgan lazzatlardan ham ogoh bo‘lish lozim. Qodir bo‘lmagan bir kishiga jimo lazzatidan so‘z ochilsa va shunga tashviq etilsa yoki kichik bir bolaga mol-mulk va saltanat lazzatidan gap ochilsa va shunga targ‘ib qilinsa, bu ikki tashviq ham foydasizdir. Dunyo lazzatlarining foydalaridan biri - jannatda bu ne'matlarning yanada yuksak navli, yanada mo‘l-ko‘l va davomli bo‘lishiga rag‘bat etmoqdir. Shu tariqa taqvo kuchayadi, ibodat ko‘payadi. Alloh taoloning hikmatiga va rahmatiga qarang! Bir shahvat ostida zohiriy va botiniy hayot... Zohiriy hayot - nasl davom etishi bilan qoim bo‘luvchi hayot. Botiniy hayot esa - oxirat hayotidir. O'tkinchi lazzatlarda nuqson va tez bir uzilish bor. Davomli lazzatlar mukammallikka bo‘lgan rag‘batni kuchaytiradi. Shu tariqa odamni Haqqa yetkazadigan ibodatga yo‘llaydi. Qul shiddat bilan ibodatga yuzlanadi, jannat ne'matlariga yetish uchun ibodatda davom etadi va odat holiga keltiradi. Inson vujudida zohiriy va botiniy qancha zarralar bor. Yeru ko‘klar saltanatida, malakutda bu zarralar mavjud. Uning ostida hikmat latoifidan va aqllarga turg‘unlik beruvchi ajib hollardan o‘rnaklar bor. Fakat bu sirlar dunyo zeb-ziynatlariga bo‘lgan rag‘bati va mashg‘uliyati nisbatida pok qalblar uchun ochiladi.
Nikoh shahvat g‘alvasini ketkazadi.
Shahvat ko‘payib, taqvo kuchi bunga bardosh ko‘rsatolmaganda, fahshga moyillik paydo bo‘ladi. Bu ma'noga ishorat sifatida Rasululloh (s.a.v.) shu oyatni o‘qirdilar: «Kofir bo‘lganlar (ham) bir-birlariga do‘stdirlar. Agar shuni qilmasangiz, yerda fitna va katta fasod bo‘lur». (Anfol, 8/73) Agar belida taqvo kamari bo‘lsa, g‘oyasi ham a'zolarini nafsoniy istaklardan himoya qilish bo‘lsa, ko‘zini haromdan tiysa, farjini zinodan himoya etsa, ko‘nglini vasvasa va yomon fikrlardan qo‘risa, uning muqobillari orasiga boshqa narsalar kirolmaydi.Aks holda, nafs uni jozib holga keltirib, uni jimoga tashviq etadi. Shayton ko‘p vaqtlar mobaynida uzluksiz vasvasa qiladi. Ba'zan namoz paytida ham xotiriga jimoni keltiradi. Hatto odamlar yonida aytib bo‘lmaydigan, aytishga uyaladigan boshqa narsalarni ham xayoliga keltiradi. Alloh bandasining ko‘nglida bo‘lganlarni eng yaxshi bilguvchidir. Xalq orasida til qanday muhim bo‘lsa, Alloh taolo huzurida ham ko‘ngil shunday ahamiyatli, degan gap bor. Oxirat yo‘liga kirgan murid uchun qilish kerak bo‘lgan asosiy ishlar boshida ko‘ngilni yomon narsalardan muhofaza etish turadi. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) shunday deganlar: «Hajga ketgan kishining haj ibodati faqat nikoh bilan to‘la, mukammal bo‘ladi». Alloh taolo duo o‘rnagi uchun marhamat etadi: «Ey, Rabbimiz, toqatimiz yetmaydigan narsani bizga yuklab qo‘yma». (Baqara, 2/286). Alloh yana shunday marhamat etadi: «(Alloh sizlarga (shariat ahkomlarini) yengillatishni xohlaydi. Axir, inson zaif yaratilgan-da!».(Niso, 4/28). Ikrima va Mujohid bu oyatni izohlab, zaiflikdan murod - ayollarga nisbatan sabrsizlik ekanini aytganlar. Fayyod ibn Nujayh deydiki: «Odamning zakari (qo‘zg‘olib) qalqqanda aqlning uchdan biri ketadi». Alloh taolo marhamat etadi: «Zulmatga cho‘mgan tun yovuzligidan... (Panoh tilab iltijo qilurman tong Parvardigoriga)».(Falaq, 113/3). Abdulloh ibn Abbos (r.a.) bu oyatni «zakarning qalqishi» deya sharhlaganlar. Qamishning turishi umuman bir balo. Jo‘shgan vaqtda aql va din unga bas kelishi mushkul! U odam bolasiga qarshi shaytonning eng kuchli qurolidir! Rasululloh (s.a.v.) bu xususga nisbatan shunday duo etganlar: «Yo Rabbiy! Men qulog‘im, ko‘zim, ko‘nglim va ma'niyim yomonligidan O'zingga sig‘inaman!» Yana shunday duo etganlar: «Ko‘nglimni poklamoqni va farjimni muhofaza etmoqni O'zingdan so‘rayman!» Payg‘ambar (s.a.v.) ham Allohga sig‘inib, nomusi muhofaza etilishini so‘rar ekanlar, o‘zgalar holini o‘zing tushunaver! Bir qism solih zotlar bittadan ko‘p uylanganlar. Nikohlari ostida ikki yoki uch xotinlari bo‘lgan. Bir qism tasavvuf ahli esa, ko‘p uylanishni xush ko‘rmaganlar. Bir zot shunday deganlar: «Butun umrim bo‘yicha, sizning shu holingiz kabi bo‘lmoqka rozi bo‘lsaydim, aslo uylanmasdim. Lekin qirq yildan beri ko‘nglimni mashg‘ul etib, meni Alloh taolodan g‘ofil qilgan biror hol bo‘lmagan». Bir kishi tasavvuf ahli bo‘lgan zotlar haqida past-baland, nari-beri so‘zlardi. Din ulug‘laridan biri unga dedilarki: «Siz ularning qay hollarini xushlamaysiz?» U esa shunday dedi: «Ular ko‘p yeydilar». U zot dedilarki: «Agar siz ham ularday ochiqqan bo‘lsaydingiz, siz ham ular kabi yerdingiz». Mish-mish qilgan kishi yana shunday dedi: «Ular ko‘p uylanadilar». U zot shunday javob berdilar: «Agar siz ham ularday farjingizni va ko‘zingizni haromdan qo‘rigan bo‘lsaydingiz, ular kabi uylanardingiz». Junaydi Bag‘dodiy shunday deganlar: «Men oziqqa muhtoj bo‘lganim kabi jimo qilishga ham ehtiyoj sezaman. Chunki soliha xotin - oxirat ozig‘i va ko‘ngil pokligi uchun zarurdir». Shu bois Rasululloh (s.a.v.) nomahramga tikilib karagan kishiga o‘z xotining bilan jimo qilgin deya amr etganlar. Shunday yo‘l bilan shaytonning vasvasasini o‘z nafsidan daf' etgan bo‘ladi. Jobir (r.a.) aytgan rivoyatga ko‘ra, Rasululloh (s.a.v.) go‘zal bir ayolga duch kelib qoldilar. Darhol Zaynab (r.a.) volidamizning yonlariga kirdilar va ehtiyojini ketkazdilar. Chiqib marhamat etadilar: «Sizdan biringiz bir ayolni ko‘rib, unga xayoli ketsa, darhol o‘z xotini bilan qo‘shilsin!»(Jobirdan (r.a.) Muslim va Termiziy rivoyat etganlar) Xotini bilan aloqasiz holda bo‘lmaslikni Rasululloh (s.a.v.) ummatga tavsiya etganlar va shayton qon kabi tomirlarda kezishini bildirganlar.
Nikohning uchinchi foydasi
Zavjalar bilan birga o‘tirmoq, ularga qaramok va ular bilan hazil-huzul qilib o‘ynashmoq, tegishmoq nafslariga rohat beradi. Ko‘ngil rohatlanishi oqibatida ibodatga bo‘lgan sog‘inch va ishtiyoq ortadi. Muttaqiy zotlar halol yo‘l bilan ko‘ngillarini rohatlantiradilar va ko‘ngildan Allohdan boshqa har neni chiqarib tashlaydilar. Alloh taolo marhamat etadi: «U (Alloh) sizlarni bir jondan yaratib, undan uning juftini unga (uylanib) taskin topishi uchun paydo qilgan zotdir» (A'rof, 7/189). Ali (r.a.) shunday deganlar: «Vaqti-vaqti bilan ko‘ngillaringizni rohatlantiringiz. Chunki agar ko‘ngil bir nimadan quvonmasa, xushlanmasa, unga qarshi bo‘ladi». Abu Zar (r.a.) rivoyat etgan xabarda shunday deyiladi: «Oqil kishi zimmasida bo‘lgan zarur narsa - vaqtini uch kismga ajratmoqdir: Bir qismida Robbiga duo qilib yolvoradi. Bir qismida o‘z nafsini hisobga tortadi. Bir qismida yeb-ichishi bilan mashg‘ul bo‘ladi». Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar: «Jabroilga (a.s.) jimo quvvatim susayganidan shikoyat qildim. U Zot (a.s.) menga halim (harisa) yemog‘imni tavsiya etdilar». Bu hadisning sahih yoki sahih emasligi haqida turli fikrlar bor. Agar sahih bo‘lsa, faqat shahvatni kuchaytirish uchun emas, ayni vaqtda ko‘ngilni mosivo etmoq va zikrullohga hozirlamoq uchundir. Ko‘ngilning xotirjamlikka erishishi va huzur topishi kishilarning xos hollariga ko‘ra o‘zgaradi. Ba'zilar uylanib ko‘ngil huzuriga erishadi. Ba'zilar oqar suvlarga qarab sokinlik topadi. Ba'zilar esa, yaxshilikka boqib huzurlanadi.
Nikohning to'rtinchi foydasi
Uylanmay yolg‘iz yashaydigan kishi dunyo(viy) ehtiyojlari bilan mashg‘ul bo‘lgani uchun vaqtini zoe etadi va oxirat ishlariga ko‘p vaqt ajrata olmaydi. Soliha ayol uy ishlarida eriga yordamchi bo‘lishi oxirat ishlari uchun vaqtdan foydalanishiga ham yordam beradi. Shu bois Abu Sulaymon ad-Daroniy shunday deydilar: «Soliha xotin - dunyo ne'matlaridan emas, oxirat ne'matlaridandir. Chunki u sening oxirat uchun hozirlik ko‘rishingga yordam beradi. Yana u uy ishlarida senga yordamchi bo‘ladi hamda shahvat taskinligini saqlaydi». Muhammad ibn Ka'b shunday deganlar: «Baqara surasining 201-oyatida kelgan «hasana» dan murod - soliha xotindir» Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar: «Sizdan biringiz shukr etuvchi bir ko‘ngil, zikr etuvchi til, oxirati uchun yordamchi, imonli soliha bir juft sohibi bo‘lsin!» (Termiziy rivoyat qilgan va Hasan hadisdir, degan).Diqqat qil! Rasululloh (s.a.v.) zikr, shukr va soliha juftni bir joyda tavsiya etmoqdalar. Alloh taolo marhamat etadi: «Biz unga yoqimli hayot baxsh eturmiz». (Nahl, 16/97) Bir qancha mufassirlar bu oyatdagi «yoqimli hayot»ni «soliha juft» deya tafsir qilganlar. Umar (r.a.) deydilarki: «Alloh taologa imondan so‘ng bandaga soliha bir xotindan xayrliroq ne'mat berilmagan». Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar: «Ikki xislat sababli men Odamdan (a.s.) afzal etildim. Uning zavjasi (Hazrati Havo) ma'siyatda unga yordamchi bo‘ldi. Mening xotinlarim esa, toat-ibodatda menga yordamchi bo‘lishadi. Yana uning shaytoni kofir edi. Mening shaytonim esa, musulmon bo‘ldi. Xayrdan boshqa Hech narsani buyurmaydi».(Abdulloh ibn Umardan (r.a.) Al-Xotiyb rivoyati). Bularning barchasi solih zotlar nazarda tutgan foydalardir. Tabiiyki, bu foydalar yonida nasl ko‘payishi ham bor. Chunki baloni daf' etmoq va tan sihatlikni talab etmoq kuch-quvvatli bo‘lish bilan qo‘lga kiritiladi. Aytiladiki: «Yordamchisiz kishi pastlashadi. Baloni o‘zidan daf' etuvchi birini topgan kishi o‘zini xotirjamlikka erishtirgan va ko‘nglini esa ibodatga hozirlagan bo‘ladi». Chunki zillatga tushmoq ko‘ngilni parishon aylaydi. Izzat esa zillatni butunlay daf' etadi».
Nikohning beshinchi foydasi
Nafs mujodalasi va riyozati; Oila huquqiga rioyat; Xotinlarning o‘zgaruvchan fe'li va aziyatiga sabr; Ularning islohi uchun g‘ayrat qilmok; Ularni din yo‘liga irshod etmoq; Ular uchun halol foyda ta'minotiga harakat qilmoq; Bolalarni ta'lim-tarbiya bilan o‘stirmoq. Mana bularning barchasi juda qimmatli, fazilatli amallardir. Bularning barchasiga rioyat etishning fazilati ham ko‘p. Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: «Adolatli sultonning bir kun adolat bilan ish tutishi yetmish yillik (nafl) ibodatdan ustundir».Yana shunday deganlar: «Diqqat qilingiz! Barchangiz cho‘pon (boshliq)siz va har qaysingiz o‘z boshqaruvingizda bo‘lganlar uchun javobgarsiz». (Buxoriy va Muslim Abdulloh ibn Umardan (r.a.) rivoyat etganlar). Ham o‘z nafsining hamda boshqalarning islohi bilan mashg‘ul bo‘lgan kishi faqat o‘z nafsining islohi bilan mashg‘ul bo‘lgan kabi emas. Rasululloh (s.a.v.) marhamat qiladilar: «Kishining o‘z oilasi uchun sarflagan narsasi sadaqadir. Shubhasizki, kishi xotinining og‘ziga solgan luqma tufayli savobga erishadi». (Buxoriy va Muslim Abdulloh ibn Mas'uddan (r.a) rivoyat tsilishngan) Abdulloh ibn Muborak hazratlari birodarlari bilan birga bir jangda ishtirok etardilar.
- Biz qilayotgan shu amaldan afzalroq ishni bilasizmi? - deb so‘radilar u zot.
- Bilmaymiz, - dedilar.
- Men bilaman, - dedilar Abdulloh ibn Muborak.
- Nedir?
Abdulloh ibn Muborak shunday javob berdilar:
- Oilali, nomusli kishi kechasi turib, bolalariga qarasa, ustlari ochilib qolgan bo‘lsa, yopsa va zarur bo‘lsa o‘z libosini ularga yopinchiq qilsa, ana shu amali biz qatnashayotgan jangdan fazilatlidir.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Kimning namozi go‘zal, bola-baqrasi ko‘p va moli oz bo‘lsa hamda musulmonlarni g‘iybat qilmasa, ana o‘sha kishi jannatda men bilan birga bo‘lajak!» (Abu Ya'lo Abu Said al-Xudriydan (r.a.) rivoyat etgan)
Yana shunday deganlar: «Qulning gunohlari ko‘paygan vaqtda, gunohlariga kafforat bo‘lishi uchun Alloh qulini bola-chaqa tashvishlari (o‘ylari) bilan imtihon qiladi». (Ahmad ibn Hanbal Oishadan (r.a.) rivoyat etgan).
Yana shunday deganlar: «Gunohlar ichra shunday gunohlar borki, faqat bola-chaqaning g‘am-tashvishi, qayg‘u-kadarigina bu gunohlarga kafforat bo‘ladi». (Tabaroniy «Avsot»da Abu Hurayradan rivoyat etgan).
Yana shunday deydilar: «Kimning uchta qizi bo‘lib Alloh ularni mustag‘niy (behojat, boy) qilguncha, ularning tirikchiliklarini ta'minlasa va ularga yaxshi muomala qilsa, Alloh albatta unga jannatni vojib qiladi. Faqat kechirilmas (gunohi) ishi bundan mustasnodir». (Al Haroitiy Abdulloh ibn Abbosdan(r.r.) rivoyat etgan). Rivoyat etilganiga qaraganda, obidlardan bir zot xotini o‘lguncha yaxshi muomala qildilar: Xotini vafot etgach, uni uylantirmoqchi bo‘ldilar. Lekin u zot bu taklifni qabul qilmadilar va sevgili xotini o‘rniga boshqa xotin olmadilar. Xotini o‘lgach, bir haftadan so‘ng ul zot bir tush ko‘rdilar. Osmon eshiklari ochilib, odamlar u yerdan tushib kezmishlar! Ular biri-birining ketidan kelar, go‘yo har biri samodan enishda u zotga qarar va: «O'sha yomon odam mana shu», deyishardi.
Nihoyat eng so‘ng yoshdan o‘sha zot so‘radilar:
- Siz so‘zlagan o‘sha yomon odam kim?
- Siz! - dedi yigit.
- Nechun?
Yigit shunday javob berdi:
- Chunki avvallari solih amallaringizni jang qilganlarning amallari orasida ko‘klarga ko‘tarar, yuksaltar edik.
Bir haftadan beri amallaringizni jangdan qolganlarning amallari bilan birga yerda qoldirmoqka amr etildik.
Siz nima qildingizki, bunday amr berildi?! Buni ham bilmaymiz.
U zot tongda uyg‘onib turishi bilan birodarlariga:
«Meni uylantiring! Meni uylantiring!» dedilar.
Ko‘p o‘tmasdan uni uylantirdilar.
* * *
Yana aytishlaricha, bir guruh odam Yunus (a.s.) huzurlariga kelishdi. Yunus (a.s.) ularni mehmon qilib, ikromda bo‘ldilar. Ichkari kirib, tashqari chiqqanlarida xotini aziyat berib, u zotni (so‘z bilan) uzib oldilar. U Zot (a.s.) sukut qilar va sabr etardilar. Mehmonlar bu holdan hijolat bo‘ldilar. Shundan so‘ng Yunus (a.s.) marhamat etadilar: «Hijolat chekmang! Chunki men Alloh taologa duo qildim va: «Yo Rabbim! Meni oxiratda jazolantirma!» deya yolvordim. U esa duomni qabul etdi va marhamat ayladi: «Sening jazoing, falon kishining qiziga uylanishing bo‘lur». Shundan so‘ng men unga uylandim. Mana, ko‘rib turibsizki, hozir ham uning aziyatlariga sabr etmoqdaman. Bunday sabrda nafs uchun riyozat bor. Ayniqsa, g‘azab tiyilishi va xush fe'llanish, ya'ni xulqni go‘zallashtirish bor».
NIKOHNING OFATLARI
Nikohning uchta ofati bor.Nikohning birinchi ofati:
Halol luqmadan ojiz qolish ehtimoli. Chunki tirikchilik tangu tor vaqtlarda halol luqmani ta’min etmoq mushkul va nikoh harom yemoqqa sabab bo‘lib qolishi mumkin. Bo‘ydoq, beva bo‘lgan kishi o‘shanday holga tushib qolishdan o‘zini osonroq qo‘riydi va aminroq bo‘ladi. Oilali kishi umuman yomon va harom yo‘lga osonroq kiradi. Chunki u xotinining orzu-havasiga, istagiga tobe bo‘ladi va dunyosining muqobili o‘laroq oxiratini sotadi. Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar: «Bir qul mezon (qiyomatda tarozi) yonida turg‘iziladi. Uning tog‘larcha savobi bor: Oilasining kechimidan so‘roqqa tutiladi. Molini qaydan topib, qayga sarf-xarj etganidan so‘raladi. Barcha savoblari (haqdorlar tarafidan) qo‘lidan olinadi. Bitta ham savobi qolmaydi.
Shunda malaklar shunday nido qiladilar: «Dunyoda qozongan barcha savoblarini oilasi yegan va bugun barcha amallari garovga qolgan kishi mana budir!». Aytilmoqdaki, qiyomat kuni bir kishidan eng avval talab etilajak bo‘lgan - oilasi va bolalaridir. Ular Alloh huzuriga chaqirilib shunday derlar: «Ey Robbimiz! Bizning haqqimizni undan olib ber. Chunki u bizga bilmaganimizni o‘rgatmadi. Bizga harom yedirdi. Biz uning harom ekanini bilmadik» Bundan so‘ng ularning haqqi undan olinadi. Salafi solihiyndan bir zot shunday deganlar:
«Alloh taolo bir quliga yomonlik tilasa, dunyoda unga oilani musallat etgay».
NIKOHNING IKKINCHI OFATI
Oilasining haqlarini himoya qilmoq, ularning turli fe’llariga sabr etmoq va ulardan kelgusi aziyatlarga bardosh bermoqdir. Bu ofat birinchisiga ko‘ra, biroz yengilroq. Chunki halol topmoq va halol luqma yemoq juda mushkuldir. Ayollarning haqlarini ta’minlashda tahlikalar bor. Chunki oila boshlig‘i bo‘lgan kishi, go‘yo, cho‘pon, uning zimmasida majburiyatlari bor.
Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: «Oilasini (haqlariii) zoe etishi gunoh o‘laroq kishiga yetar». (Abu Dovud va Nasoiy rivoyat etganlar) Aytiladiki, oilasining javobgarligidan qochgan kishi xo‘jayinidan qochgan xizmatkor kabidir. Ularga qaytmaguncha namozi va ro‘zasi qabul bo‘lmaydi.
Alloh taolo marhamat etadi: «O’zlaringizni va oila a’zolarngizni yoqilg‘isi odamlar va toshlar bo‘lmish do‘zaxdan saqlangiz». (Tahrim, 66/6) O’z jonimizni otashdan qo‘riganimiz kabi ular (ahlimiz, oila a’zolarimiz, xizmatchilarimiz)ni ham himoya kilish bizga amr etildi.
Inson ba’zan o‘z haqqini ham qo‘rishdan ojiz bo‘ladi. Nafs esa aksariyat hollarda yomonlikni amr etadi. Alloh taolo marhamat qiladi:
«Nafs yomonlikka undovchidir». (Yusuf, 12/53)
Shu sababli ba’zilar uylanmoq uchun buni bir bahona o‘laroq olg‘a surganlar: «Men o‘z nafsim bilan imtihon etilganman. Ayricha boshqa bir nafsni uning zimmasiga qanday ilova eta olaman!». Ibrohim ibn Adham Hazratlari ham ayni bahona bilan uzr aytganlar va shunday deganlar: «Mening ularga ehtiyojim yo‘q. Buning ustiga ularning haq-huquqlarini qo‘rimoqda mening ojizligim bor».
Yana ayni sabab tufayli Bishri Xofiy ham uzr aytganlar va shunday deganlar:
- Meni nikohdan to‘sguvchi shu oyatdir:
«O’sha ayollarning ham (erkaklar) zimmasida (mashru bo‘lgan) haq-huquqlari bor». (Baqara, 2/228)
Birinchi ofat kabi bo‘lmasa-da, bu ofat ham har kim uchun umumiydir.
Faqat bilimdon, oqil, xushfe’l, xushxulq, ayollarni yaxshi biluvchi, ularningn tillariga sabr etuvchi, haq-huquklariga (sodiq) vafo ko‘rsatuvchi kishilar bu ofatdan o‘zlarini qo‘riy oladilar.
Yüklə 31,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin