Xromosomalrning genetic va sitologik xaritalarini qiyosiy tahlil qilish natijasida quyidagi qonuniyatlar aniqlandi: 1. Xromosomaning sitologik va genetic xaritalarida genlarning joylashish taribi bir xilda namoyon bo’ladi. 2. Xromosomaning genetik va sitologik xaritalari orasidagi tafovut xromosomada joylashgan genlar orasidagi masofa ko’rsatlichining har xillikda namoyon bo’lishligidadir. Buning sababi xromosomaning turli qismlarida krosingoverning namoyon bo’lishi ehtimolining har xil ekanligidadir. Polimorfizm (poli... va yun. morphe — shakl) — baʼzi moddalarning turli kristall strukturali holatlarda boʻlish xossasi. Shu xrlatlarning har biri polimorf modifikatsiya deyiladi. Har bir modifikatsiya tuzilishi va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ular a, r, u va boshqa yunon harflari bilan belgilanadi. P. 1798-yilda kashf qilingan. Oddiy moddalar, shuningdek, organik va anorganik birikmalar P. xusu-siyatiga ega. Mas, uglerod (S) tashki koʻrinishi va fizik xossalariga koʻra bir-biridan keskin farq qiladigan kubik (olmos) va geksagonal (grafit) modifikatsiyalarga ega. Kimyoviy ele-mentning tuzilishi va xossalari turlicha boʻlgan ikki yoki undan ortiq oddiy modda holida mavjud boʻla olishi allotropiya deyiladi. Har bir polimorf modifikatsiya maʼlum temperatura va bosimda turgʻun boʻladi. Modda beqaror, metastabil (tormozlangan, toblangan, oʻta sovitilgan) holatda uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Pekin modda to maʼlum omil taʼsir ettirilguncha (muayyan temperatura va bosim soxalari chegarasida) bu holatda boʻla oladi. Ikki modifikatsiyaning turgʻun sohasi umumiy chegaraga ega boʻlsa, beqaror xrlatdan turgʻun holatga oʻtish qaytar (enantiotrop) almashinish, umumiy chegaraga ega boʻlmasa, qaytmas (monotrop) almashinish boʻladi. Masalan, rombik tizimda kristallanadigan aragonit (SaSO3) qizdirilsa, trigo-nalsingoniyada kristallangan kalsit (SaSO3) ga aylanadi. Pekin kalsitni qizdirish yoʻli bilan aragonitga aylantirish mumkin emas. Mutatsiya (lotincha: mutare — “oʻzgarish, almashish”) organizmlar genetik moddasining asos juftlaridagi oʻzgarishdir. Mutatsiyaga hujayra boʻlinishi paytidagi genetik modda koʻchirilishi xatosi, ultrabinafsha yoki ionlashtiruvchi nurlanish, kimyoviy mutagenlar, viruslar yoki hujayra nazorati ostida roʻy beruvchi jarayonlar (masalan, gipermutatsiya) sabab boʻlishi mumkin. Mutatsiy aslida genetik materialning oʻzgarishlari hisoblanadi. Organizmlarda kuzatiladigan mutatsiya ayrim hollarda zararli boʻlib organizmning qaysidir funksiyasining buzilishi bilan xarakterlanadi; xamirturush bilan oʻtkazilgan tadqiqotlar zararli mutatsiyalar jami (zararli, neytral va foydali) mutatsiyalarning 7-12% ini tashkil etishini koʻrsatdi.[1] Mutatsiyalar qayerda hosil boʻlishiga koʻra bir necha guruhlarga boʻlinadi. Asosan gen, xromosoma, genom va sitoplazmatik mutatsiyalar kuzatiladi. Mutatsiyalar hosil boʻlishida yuqorida aytilganidek bir qancha tashqi va ichki omillar sababchi boʻladilar. Tabiatda mutatsiyalar doimo yuz beradi[2] va ular evolutsiyaning birlamchi asosiy omili deb qaraladi.