Psixologiyaning
tadqiqot metodlari va
tarmoqlari.
REJA:
1. Psixologiyaning tuzilishi, psixologiyaning fanlar tizimida
tutgan o‘rni.
2. Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning
o‘ziga xosligi.
3. Psixologiyaning asosiy tamoyillari
4. Psixologiyaning tadqiqot metodlari
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida
odamlarda gumanistik mentalitetning
shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga
aloqadorligi uning shu yo‘nalishdagi muammolarni
ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan
bevosita aloqasini taqazo etadi. Bular birinchi
navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib,
psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va
yetakchidir.
Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga o‘tgan
ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko‘lami kengayishiga baholi
qudrat xizmat qiladi,
Pedagogika bilan psixologiyaning o‘zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo‘lib, ularning yosh avlod
tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o‘ziga xosdir.
Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.k. psixik hodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik
mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini ob’ektiv o‘rganish uchun material beradi.
Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo‘lib, u inson
shaxsining o‘z-o‘zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va
kibernetika tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o‘z o‘rnida foydalanadi.
Texnika fanlari bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab
texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini echishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab
qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo‘nalishning erishgan yutuqlarini
birlashtirishni nazarda tutadi.
Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik bo‘lib, ayniqsa, bozor
munosabatlariga bosqichma - bosqich o‘tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o‘ziga xos namoyon
bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi.
Hozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o‘zidan emas, balki mustaqil fan bo‘lishga
da’vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat.
Psixologiya fani qanday sohaga taluqligi bilan bir necha guruhlarga bo’linib ketadi. Biz buni
birinchi bo’lib nazariy va amaliy psixologiya deb ataluvchi ikki katta guruhga bo’lamiz.
Nazariy psixologiya bizlarga fundament bo’lib hizmat
qiluvchi asosiy qonun qoidalarni va psixologik teoriyalar
va prinsiplarni o’rgatadi. Bu bizlarga juda hilma xil
analizlash, baholash, modifikatsiya qilish va hususiyatlarni
rivojlantirish metodlari va texnikalarini o’rgatadi
Amaliy psixologiyada esa nazariy psixologiyada muhokama
qilingan va o’rganilgan bilimlar sinaladi. Bu yerda biz
psixologik qoidalar, prinisplar, teoralar va texnikalarni
haqiqiy hayotda qo’llab ko’ramiz va o’z bilimimizni sinab
ko’ramiz.
Yuqorida takidlab o’tilgan nazariy va amaliy psixologiyalar ham turli
tarmoqlarga bo’linib ketgan.
•
Dostları ilə paylaş: |