Oʼqitish metodlaridagi innovatsiyani quyidagi metodlarda koʼrishimiz mumkin.
1. Аktiv metod. Bu metod ni dars jarayonida faollashuviga, maʼlum bir holat va voqelikga nisbatan fikrlashga-muloxaza yuritishga undaydi 2. Passiv metod. Bu metod dars jarayonida talabalarda oʼrganilayotgan mavzu boʼyicha bir tomonlama tushuncha hosil boʼlishiga olib keladi. 3. Interaktiv metod. Bu metodni maqsadi dars jarayonida oʼqituvchi va talabalarni birgalikdagi faol xatti-harakatlariga asoslanadi.
Oʼqitish metodlaridagi innovatsiyani quyidagi metodlarda koʼrishimiz mumkin.
Ta’lim tamoyillari o`qituvchining faoliyatini va o`quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o`zlashtirilishini, tegishli ko`nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va yo`l yo`riqlarini o`z ichiga oladi. Shu bilan bir vaqtda ta`lim qoidalari har ikkala faoliyati, yani o`qituvchi va o`quvchi tomonidan o`z oldiga qo`yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatini beradigan bir qancha talablarni ham umumlashtirib beradi. Shunga ko`ra talim qoidalari o`qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to`gri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta`lim tamoyillari
Ta`limning ilmiy bo`lishi Ta`limda nazariya va amaliyotning uzviyligi Ta`lim tamoyilining o`zaro bog`liqligi Ta`limdagi onglilik va faol harakatda bo`lish Ta`limning tarbiyalovchilik xususiyati Ta`lim jarayoning ko`rsatmali bo`lishi Bilimlarni puxta va tizimli o`zlashtirish Ta`limda har bir o`quvchiga xos xususiyatlarni bilish
Xar bir fanni shu fanning o`rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizimi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida o`z aksini topadi. Tushuncha — real olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning o`zgaruvchanligi va ko`p qirraliligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan tavsifga ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog`liq ravishda o`zgaradi.

Xar qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar ana shu fan kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo`llaniladigan yanada kattaroq,, amaliy tushunchalardir.Hammamizga ma'lumki, pedagogika fanining asosiy kategoriyalariga “ta'lim”, “tarbiya”, “ma'lumot” singari tushunchalar kiradi. Shu kategoriyalar asosida “shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “jamiyat”, “ijtimoiylashuv” singari ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan tushunchalar qo`llaniladi. So`nggi yillarda «pedagogik faoliyat” kategoriyasi ham keng qo`llanilmoqda. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogikaning yo`nalishlaridan biri sifatida “Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy ta'lim” va “Ijtimoiy tarbiya” singari kategoriyalarga ega.