Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rtacha daromad “o’rtacha sinf” deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo’yicha aniqlanadi. Bunday gurux iste‘mol savati to’plamiga uy, avtomashina, dal hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalar o’qitishi imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi. Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta‘minlangan yoki “boy” qatlaminig mavjud bo’lishini taqazo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo’lgan juda oz miqdori kiradi.
Faravonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta‘minlab bo’lmaydi. Bu daraja moddiy ta‘minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qishloqning boshlanishi) sifatida chiqadi. Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog’liq.
Turmush tarzi - bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya, turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya‘ni:
Mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari.
Kishilarning kundalik hayotidagi hulq-atvori me‘yorlari va qoidalarи.
Kishilar hayoti faoliyati uchun zarur ne‘matlar to’plamimehnat sharoiti, ta‘lim, sog’liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarini o’z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a‘zolarining aholida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog’liq. Ya‘ni, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi iste‘mol hajmi va boshqalar daromad manbalari hisoblanadi.
2-savol. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu esa daromadlar o’rtasida tengsizlik mavjudligi bildiradi o’rtacha daromadlar ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi.