2 – Ma’ruza. Axborot
himoyasi va uning turlari
Reja
1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalash zaruriyati
2. Axborotni himoyalash tizimi
3. Tashkilotlardagi axborotlarni himoyalash
4. Himoyalash tizimining kompleksliligi
5. Axborotlarni tashkiliy himoyalash elementlari
6. Axborot tizimlarida ma’lumotlarga nasbatan xavf-xatarlar
Tayanch so‘zlar: uzilish,
tutib qolish, o‘zgartirish va soxtalashtirish
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalash zaruriyati
Axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalarining ommaviy ravishda kog‘ozsiz
avtomatlashtirilgan asosda boshqarilishi sababli axborot xavfsizligini ta’minlash
murakkablashib va muhimlashib bormoqda. Shuning uchun ham avtomatlashtirilgan
axborot tizimlarida axborotni himoyalashning yangi zamonaviy texnologiyasi paydo
bo‘lmoqda. DataQuest kompaniyasining ma’lumotiga ko‘ra, 1996—2000 yillarda axborot
himoyasi vositalarining sotuvdagi hajmi 13 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan.