Reja: Avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va yaroqli holda tutishning moliyalashtirish vazifalari va tashkiliy


Moliyalashtirishni rasmiylashtirish tartibi



Yüklə 22,75 Kb.
səhifə3/4
tarix10.12.2023
ölçüsü22,75 Kb.
#139332
1   2   3   4
мустакил yol iqtisod 2

Moliyalashtirishni rasmiylashtirish tartibi

Moliyalashtirish hisobini ochish uchun buyurtmachi – tashkilot bankka ekspertiza bayonnomasi bilan birgalikda tasdiqlangan umumlashma smeta hisob - kitobining nusxasini, barcha ishlar majmuini bajarish uchun buyurtmachi va pudratchi o‘rtasida tuzilgan pudrat shartnomasini, bajarilishi rejalashtirilayotgan yillik ishlar hajmi va qurilish-montaj ishlari turlarini aks ettiruvchi va buyurtmachi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan qurilishichi titul ro‘yxatini, faoliyat olib borish zonasida ishlarni bajarish huquqi uchun nazorat va tekshiruv organlari (SES, DAN, yong‘in nazorati va boshqalar) bilan kelishuvlarni, yerning o‘simlik o‘suvchi qatlami olinib, obodonlashtirish organlariga topshirilganligi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etadi.


Immobilizatsiya shundan iboratki, hisobot yilida ob’ekt qurilishi bo‘yicha ishlab chiqarish dasturi ortig‘i bilan bajarilganda, ortiqcha bajarilish hisobiga hosil bo‘lgan pudratchi tashkilotga to‘lanadigan qarzni uzish uchun buyurtmachi tashkilot tomonidan rejalashtirilayotgan yil ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmasdan, moliyalashtirish limitini oshirishdir. Mobilizatsiya esa, aksincha, o‘tgan hisobot yili mablag‘lari hisobiga sotib olingan va to‘langan, ammo rejalashtirilayotgan yilda bajariladigan limitdan ortiq material zahiralari, konstruksiyalar, uskunalar summasi miqdoriga moliyalashtirish limitini kamaytirishni ko‘zda tutadi. Kapital qurilishning tasdiqlangan reja ko‘rsatkichlari, rejalashtirilayotgan davr uchun (tomonlar kelishuviga ko‘ra) qurilishichi titul ro‘yxatiga kirgan ish turlari va hajmlari bunday hollarda o‘zgartirilishi mumkin emas.
Davlat tashkilotlari o‘rtasidagi barcha hisob - kitoblar bank muassasalari orqali faqat naqd pulsiz ko‘rinishda amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob - kitoblar quyidagi turlarga ajratiladi: aksent, akkreditiv, alohida (maxsus) schet, to‘lov topshirig‘i, pochta orqali pul o‘tkazish, rejalashtirilgan to‘lovlar, cheklar.
Aksent – to‘lovchining shu shahardagi va boshqa shahardagi yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar, pudratchi tashkilotlar bilan materiallar, uskunalar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblashishda to‘lovni amalga oshirish uchun roziligidir.
Naryad, shartnoma kelishuvi, majburiyat, talab asosida boshqa tashkilot uchun biror - bir ishni bajargan, xizmat ko‘rsatgan, materiallar, xom - ashyo, tovarlar yetkazib bergan yoki jo‘natgan tashkilot haridorga (buyurtmachiga, mijozga) to‘lov talabnomasi – schet yozib, o‘zining xizmat ko‘rsatuvchi bankiga to‘lovni undirish uchun inkassoga topshiradi. Bunday holda to‘lov talabnomasida bajarilgan ishlarning nomi va hajmi, ko‘rsatilgan xizmatlar yoki jo‘natilgan materiallarning ro‘yxati qiymati va miqdori ko‘rsatiladi. Schetga temir yo‘lning jo‘natuv kvitansiyalari, ishlarning qabul qilib olish dalolatnomalari, buyurtma - naryadning nusxasi, xatlar, hisoblagich (schetchik)ning ko‘rsatkichlarini ifodalovchi yozuvlar va boshqa hujjatlar hamda to‘lov uchun qo‘yilayotgan talabning to‘g‘riligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar ilova etiladi.
Haridor, moliyalashtiruvchi bankdan inkassoga tushgan to‘lov schetini olgach, bank tomonidan belgilangan muddat ichida, schetda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib chiqib, to‘lov uchun rozilik yoki asoslangan holda aksentni inkor etishi lozim.
Demak, inkasso – bu haridor yoki buyurtmachidan, yetkazib beruvchi - mijozning topshirig‘iga ko‘ra uning uchun to‘lovni undirishni bank o‘z zimmasiga oladigan hisoblashish tartibi ekan. Bunda bank muhim davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan vazifani bajaradi, ya’ni u bunda faqatgina hisob –
kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirishni nazorat qilish bilan bir qatorda, to‘lov uchun taqdim etilgan hujjatlarni sinchiklab tekshirib chiqish orqali ularning to‘g‘riligini ham nazorat qiladi. Bankka inkassoga tushgan to‘lov talabnomalari aksentli yoki aksentsiz operatsiyalar tarzida qondiriladi.
Kredit ishlab chiqarishga uni tashkil etilishini yaxshilash, ilmiy – texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etilishini tezlashtirish bilan iqtisodiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ishlab – chiqarish dasturini bajarish uchun moddiy resurslar zarur. Korxonaning o‘ziga qarashli bo‘lgan aylanma mablag‘lar odatda ularni sotib olishga yetishmaydi, shu sababli korxona qarz olish mumkin bo‘lgan manbalarga murojaat etadi. Olingan ssuda uchun bank foizi to‘lash, keyinchalik esa belgilangan muddatda qarzni to‘liq to‘lash kerak bo‘ladi. Bank foizini to‘lash uchun, yuqori darajada tashkil etilgan unumli mehnat hisobiga foyda olish kerak – foyda esa olingan ssuda uchun bank foizi to‘lash uchun asosiy manbadir. Demak, bank krediti qurilish tashkilotinni reja ko‘rsatkichlarining albatta bajarishga safarbar etadi.
Davlat kapitali mablag‘lash bo‘yicha bank kreditlari halq xo‘jaligi rejasiga kiritilgan yangi qurilish ob’ektlarini, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirishni, ularni texnik jihatdan qayta
qurollantirishni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Banklar tomonidan bu maqsadlar uchun ajratiladigan ssudalar uzoq va qisqa muddatli bo‘ladi.
Uzoq muddatli kredit asosan tegishli ob’ektlarning smeta qiymati miqyosida asosiy fondlarni kengaytirish uchun berilib, bunda uning miqdori tashkilotning ushbu maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan o‘z mablag‘lari summasiga kamaytiriladi. Yangi qurilish uchun ssuda, agar ob’ekt ishga tushirilgandan keyin besh yil ichida qoplanishi biznes-reja orqali iqtisodiy hisob – kitoblar bilan isbotlangan hollarda beriladi. Yangi texnikani joriy etish, kengaytirish va rekonstruksiya qilish uchun ssuda kreditlanayotgan tadbirlarga qilinadigan xarajatlarning qoplanish muddati va samaradorligidan kelib chiqib ajratiladi.
Kredit olish uchun qarz oluvchilar bank muassasasiga kapital mablag‘ uchun mo‘ljallanayotgan xarajatlarning samaradorligi va ssudani to‘lash muddatlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan biznes-rejani taqdim etadilar. Kreditning yillik miqdori ssuda scheti ochilgan bank muassasasi bilan tashkilot o‘rtasida tuzilgan kapital shartnomalarni moliyalashtirish rejasida belgilanadi.
Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish maqsadlari uchun olingan uzoq muddatli kredit bo‘yicha ssudalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondi mablag‘lari hisobiga qaytariladi (to‘lanadi).
Qisqa muddatli kredit (bir yilgacha muddatga) asosan korxonalarning aylanma mablag‘larini aylanishini ta’minlash uchun, qo‘shimcha pul mablag‘lariga vaqtinchalik ehtiyoj paydo bo‘lganda ularni pul resurslari bilan ta’minlashga xizmat qiladi, chunki ularning sarflanish muddatlari mahsulotlarning realizatsiya qilinish va shunga muvofiq ravishda mablag‘larning kelib tushish vaqti bilan to‘g‘ri kelmaydi.
Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondi mablag‘lari hisobiga amalda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarishni rekontruksiya qilish, texnik jihatdan qayta qurollantirish, yangi ob’ektlarni qurish muddatlari, ushbu fondda mablag‘ shakllanish vaqtiga to‘g‘ri kelmay qolgan holatlarda, ularni
moliyalashtirish uchun fond tiklangunga qadar, lyokin bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga bank kredit berib turadi (ajratadi).
Rejani bajarmaydigan, moliyaviy intizomga rioya qilmaydigan tashkilotlarga nisbatan qo‘llaniladigan moliyaviy va kredit sanksiyalari, ularni to‘liq yoki qisman maxsus kreditlash va hisob – kitob yuritish tartibiga o‘tkazishdan iborat. Bunday holatlarda ssuda faqat yuqori tashkilot kafolati mavjud bo‘lgandagina beriladi; bitta shaharda joylashgan yetkazib beruvchilar bilan materiallar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisob – kitob to‘lov topshiriqlari yoki limitlangan amalga oshiriladi (bu esa hisob raqamida pul bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi). Shu bilan birga vaqtning o‘zida qarzlar to‘lovida kechikishga yo‘l qo‘yilgan kredit turlari bo‘yicha ssuda berish to‘xtatiladi.
Yo‘l tashkilotlarining ishlab chiqarish bo‘limlariga ular joylashgan hududdagi bank muassasasida uchta schet ochiladi: bo‘limning joriy scheti, yo‘l tashkilotining hisob subscheti va ssuda subscheti.
Bo‘limlarning joriy schetlariga yo‘l tashkiloti ish haqi (mukofotlar bilan birga) bo‘yicha hisob – kitob qilish, ijtimoiy sug‘urta, xizmat safarlari, xo‘jalik xarajatlari, moddiy rag‘batlantirish fondi va boshqa ishlab chiqarishga tegishli bo‘lmagan kirim mablag‘larini o‘tkazadi.
Hisob subscheti yo‘l ta’mirlash qurilish tashkilotining materiallar yetkazib beruvchilar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun chet tashkilotlar bilan hisob – kitob qilishga, limitlangan chek daftarchalari sotib olishga va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Hisob subschetiga mablag‘lar faqat o‘zlarining yo‘l tashkiloti hisob schetidangina kelib tushadi. Subschetga boshqa hech qanaqa mablag‘ kelib tushmaydi.

Yüklə 22,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin