O‘zbekiston Respublikasida avtoservisning tarixi, bugungi xolati va rivojlanish yullari va muammolari. O 'zbekiston Respublikasi mustakil rivojlanish yulini kulga kiritib, uni mustaxkamlash etaplarini boskichma-boskich bosib utmokda.
Bu masala Uzbekiston xalkining ustivor vazifalaridan biri bulib, Respublikamizda iktisodiyotining izchil usishi va samaradorligini oshirish, demokratik bozor isloxatlarini chukurlashtirish asosida xalk turmush darajasini barkaror va uzluksiz yaxshilab borishini taʼminlash tadbirlari amalga oshirilmokda. Bu borada Respublikamizda bir kator dolzarb ishlar jadal surʼatlar bilan olib borilmokda.
Bu ishlardan biri axolini iktisodiy va maʼnaviy xolatini yukori darajalarga olib chikishdir. Shu maksadda Respublikamiz axolisini avtomobil transporti bilan taʼminlash ishlari amalga oshirilmokda.
Avtomobil transporti jamiyat rivojlanishida muxim axamiyatga ega bulishi bilan bir katorda, axolining xar bir amalini moddiy, maʼnaviy jixatdan mustakil bulishiga imkon yaratadi.
Axolining shaxsiy avtomobilga ega bulishi, unga turli sharoitlarda avtomobildan uzi xoxlagan kurinishda foydalanish imkoniyatini yaratadi, yaʼni passajir tashish, turli kurinishdagi yuklarni istalgan yerga olib borish, tijorat, tadbirkorlik ishlarini bajarish, madaniy, maishiy dam olishlarga chikish, xizmat safarlarga, avtosayoxatlarga borish, avtomobil sporti bilan shugullanish kabi tadbirlarni amalga oshirishdir.
O‘zbekiston mustakillikka erishgandan sung kiska davr utishiga karamay Respublika axolisini avtomobil transporti bilan taʼminlash jadal surʼatlar bilan amalga oshirilmokda. Shu maksadda Respublikamizda bir kator avtomobil kompaniyalari barpo kilinib, ularning ishga tushirilishi Uzbekiston xalkining muxim yutuklaridan biridir. Andijonning Asaka shaxrida "UzDEU avto So" kompaniyasi; Samarkandda "Sam KOCH avto" avtomobil zavodlarida yengil, yuk avtomobillari avtobuslarning ishlab chikarila boshlashi Uzbekiston axolisining transport mustakilligiga erishishiga olib kelibgina kolmay, Respublikamizni avtomobil ishlab chikaruvchi yetakchi davlatlar bilan bir katorda turishiga imkon yaratadi. Avtomobillar bilan axolini taʼminlanishi jadal surʼatlar bilan amalga oshirilmoqda.
Albatta, bunday xolat, bir tomondan axolining moddiy, madaniy boyligini oshiradi, uning transport vositasi xizmatiga bulgan talabini kondirib, turmush faoliyatida bir kator kulayliklar yaratsa, ikkinchi tomondan yengil avtomobillarga texnik xizmat kursatish, remont kilish, yokilgi-moy maxsulotlari, extiyot kismlari bilan taʼminlash kabi bulgan ishlarga extiyoj ortadi, atrof-muxitni avtomobil ishlab chikargan zaxarli gaz va yuldan kutarilgan chang zarrachalari bilan ifloslantirish, yul-transporti xodisalarining ortib borishi, yul tarmoklarini yaxshilash va kengaytirish kabi muammolarning paydo bulishiga olib kelmokda.
Rivojlangan chet davlatlarda axolining avtomobil bilan taʼminlanganlik darajasi yukori kursatkichlarga ega. 2000 yilga kelib butun dunyo mikyosida axolini avtomobil bilan taʼminlaganlik darajasi xar bir 1000 kishiga urta xisobda 60 ta yengil avtomobilga tugri kelib, u bir kator rivojlangan davlatlarda kuyidagi kursatkichlarga ega: Fransiya, Olmoniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va rivojlangan davlatlardashkalarda xar 1000 kishiga 350-450 avtomobilga tugri kelsa, Amerika Kushma Shtatlari, Yaponiyada bu kursatkich 600-700 avtomobilga tugri kelib kolmokda. Axolining bunday uta avtomobillashib ketishi bir kator muammolar paydo bulishiga sabab bulmokda. Bunday muammolar uta yirik rivojlangan shaxarlarda yakkol namoyon bulmokda, yaʼni atrof-muxitning avtomobil ishlab chikargan zaxarli gaz, yokilgi-moy maxsulotlarining buglanishidan chikkan parlar bilan ifloslanishi, transport vositalari xarakati natijasida chikkan shovkin darajasining ortishi, yul-xarakat xodisalarning ortib borishi, urtacha xarakat tezligining pasayishi, shaxar ichidagi serkatnov yullarda avtomobil xarakatining "Probka" bulish xisobiga soatlab tuxtab kolishi, avtomobil tuxtash joylarining yetishmay kolish xollari paydo bulmokda.
Ushbu davlatlarda axolining avtomobil bilan taʼminlanganlik darajasi yukori bulishning iktisodiy va ijtimoiy sabablari mavjud bulib, ular axoli moddiy xolatining yukoriligi, shaxsiy yengil avtomobilning jamoat transportidan kulaylik tomonlari borligi, yengil avtomobillarning zamonaviy va sifatli bulishi bilan uzviy boglikdir.
Avtomobilning sifati xaridorlarning unga bulgan talabi, uning tannarxi va avtomobil ishlab chikaruvchi zavodlar orasidagi rakobatga boglik. Ichki va tashki bozorlarda, rakobat kanchalik kuchli bulsa, ishlab chikarilayotgan avtomobil sifati xam shunchalik yukori buladi va unga bozordagi talab ortib boradi.
Uzbekiston Respublikasi sharoitida ishlab chikarilayotgan "UzDEUavto So" va "Sam KOCH avto" kushma korxonalarining avtomobillari xam sifat jixatdan bir kator jaxon standarti talablariga javob beradi. Ushbu maxsulotlarning sifati uzluksiz ortib borishi uchun Respublikaning ichki bozorlarida va tashki jaxon bozorlarida xam rakobat mavjud bulishi zaruriy shartlardan biridir. Lekin Respublikaning xozirgi rivojlanish boskichlari utayotgan jarayonda ichki bozorlarda avtomobilning sifatini belgilovchi rakobat mavjud emas, chunki axolining yengil avtomobillarga bulgan extiyoj talabi ishlab chikaruvchi zavodlar taklifiga nisbatan ancha yukori. Ammo, avtomobilning sifat kursatkichlarini yaxshilash asosan tashki bozor rakobati bilan belgilanadi. Axolining avtomobilga bulgan extiyoji yukori bulgan xollarda tashki bozorda sotilmay kolgan avtomobillar ichki bozorda sotilib ketishi mumkin. Demak, ichki bozorda sotilgan avtomobillarning xammasi xam sifat kursatkichlari buyicha jaxon standarti talablariga tula javob bermaydi. Shuning uchun xam shaxsiy avtomobillar sifat kursatkichlarining ekspluatatsiya sharoitidagi uzgarish darajasi kup xollarda avtomobil egasining uziga boglik buladi.
Shaxsiy avtomobilga ega bulgan xar bir kishi undan samarali va uzok muddat foydalanishi uchun, avtomobilni, transport vositasini doimo texnik soz xolatda ushlashi zarur. Ushbu shartni bajarish uchun avtomobil egasi uz vaktida avtomobilga texnik xizmat va remont ishlarini muntazam ravishda, belgilangan tartib bilan bajarib borishi kerak. Bu ishlarni bajarishning uziga xos tomonlari mavjud bulib, ular kuyidagilardir:
Axoliga tegishli yengil avtomobillarga TXK va joriy remont ishlarini utkazish, korxona va tashkilotlarga karashli avtomobillarga TXK va joriy remont ishlari bajarishdan fark kiladi. Korxona yoki tashkilotlarda bu ishlar reja asosida, malakali mutaxassislar tomonidan uz vaktida bajarilsa, axoliga karashli avtomobillarga TXK va remont ishlarini bajarish esa avtomobil egasining moddiy axvoli, xoxish-istagi asosida bajarilib, muntazam amalga oshirilmasligi mumkin. Bu ishlarni avtomobil egasining uzi bajarishi uchun esa malakasi yetishmasligi yoki fursati bulmasligi mumkin. Kup xolatlarda shaxsiy avtomobil xaydovchisi fakat avtomobilni boshkarish, unga kundalik xizmat kursatishgagina layokatli bulib, TXK va remont kilish ishlarini bajara olmaydi, yoki bu ishlarni bajarishni bilsa xam talab darajasidagi ishlab chikarish texnik bazasiga ega bulmasligi mumkin.
Davlat korxonalari avtomobillarning xaydovchilari esa, shaxsiy avtomobil egalariga nisbatan malakasi yukori, avtomobilni ekspluatatsiya kilishning xususiy tomonlarini yaxshi biladigan mutaxassis xisoblanadi.
Xaydovchining avtomobilni tugri ekspluatatsiya kilish va uni ishonchlilik kursatkichlarining uzgarib borishiga taʼsiri sezilarli darajada buladi. Bular avtomobilning ish rejimini tugri boshkarish, yakinlashib kelayotgan buzukliklarning paydo bulishini sezish va oldini olish, avtomobilning texnik soz xolatini doimo taʼminlab borish kabi tadbirlarda namoyon buladi. Bunday tadbirlarni amalga oshirish esa xaydovchining kasbiy malakasi bilan belgilanadi.
Malakali remont ishchilari tomonidan bajarilgan agregatlarni sozlash va remont ishlarining sifati xam, shaxsiy avtomobil xaydovchisiga nisbatan ancha yukori buladi.
Olingan maʼlumotlarga kura, xaydovchi va ishchilarining avtomobil ekspluatatsiyasi davrida uni muntazam texnik soz xolatda ushlab turish, texnik xizmat kursatish (TXK) va remont uchun ketgan xarajatlarga kursatadigan taʼsir mikdori kuyidagicha taksimlanadi: xaydovchi uchun 33- 36%, remont ishchilariga- 64- 67%.
Yuk yoki passajir tashish ishlarini xam shaxsiy avtomobil egasi uz xoxishi va manfaati asosida amalga oshirsa, davlat avtomobillari orkali bu jarayon ATK tomonidan tashkil etiladi va bajariladi.
Shunday kilib shaxsiy avtomobillarni ekspluatatsiya kilishning davlat korxonalari avtomobillaridan farki kuyidagi asosiy omillar bilan belgilanadi: yengil avtomobilllarning mamlakat buylab notekis taksimlanishi, bosib utilgan urtacha yillik masofaning kamligi avtomobillarning yukori xizmat muddati davriga ega bulishi, TXK ishlarini muntazam bajarmaslik, texnik xizmat kursatish stansiyalariga (ATXKS) avtomobillarning bir meʼyorda kirmasligi, kup xolatlarda TXK va remont ishlarining avtomobil egasi tomonidan bajarilishi va ish sifatining nazoratsizligi va boshkalardir.
Respublikamizda bozor iktisodiyotiga utish jarayoni amalga oshirilayotgan xozirgi paytda shaxsiy avtomobil bilan davlat korxonalari avtomobillar ekspluatatsiyasi orasida mavjud bulgan yukoridagi xususiy farklar kamayib bormokda. Bularning asosiy sabablari kuyidagilardan iborat: davlat korxonalari ixtiyoridagi ATK larning transport xarajatlari uta ortib ketishi, extiyot kismlar bilan taʼminlash murakkablashganligi, avtomobil parkining yangi avtomobillar bilan taʼminlanmasligi tufayli eskirib borishi va shu kabi bir kator tashkiliy va texnik- iktisodiy sabablarning paydo bulishidir. Shu tufayli kup avtokorxonalarga karashli avtomobillar eskirishi tufayli ruyxatdan uchirilmokda, bir kator yarokli avtomobillar ijaraga topshirilib xaydovchining ixtiyoriga berilmokda. Buning okibatida avtomobil ekspluatatsiyasi bilan boglik bulgan barcha TXK va remont xarajatlari, yogilgi- moy maxsulotlari bilan taʼminlash, yuk va passajir tashash ishlarini tashkil etish kabi jarayonlarni bajarish xaydovchining masʼuliyatiga topshirilmokda. Natijada shaxsiy avtomobil bilan davlat avtomobillari ekspluatatsiyasi orasidagi fark yukolib, bormokda.
Iqtisodiy xolatini yaxshilash maksadida shaxsiy avtomobilga ega bulgan shaxslar xam avtomobildan intensiv foydalanmokdalar. Buning okibatida yengil avtomobillarning urtacha yillik bosib utgan masofalarning keskin ortib borishi, TXK va remont ishlarini bajarish davrlarining kiskarishi, yokilgi- moy maxsulotlari, extiyot kismlarga bulgan talablarning ortib borishiga olib kelmokda.
Bunday xolatlarning yuzaga kelishi avtoservis xizmatiga bulgan talabning ortishiga va bu xizmatni kengaytirish, loyixalash-kurish ishlarini jadallashtirishni takozo kiladi.
Avtomobillarning sifat kursatkichlari ekspluatatsiya davomida uzgarib, son kursatkichlar bilan ifodalanadi. Son kursatkichlari avtomobilning ishonchlilik darajasi orkali belgilanib, ular avtomobilni xar doim texnik soz xolda ushlab turish uchun ketgan xarajatlarda namoyon buladi. Ekspluatatsiya sharoitida bunday xarajatlarni kamaytirish eng avvalo, avtomobil xaydovchisining malakasi va moddiy imkoniyatlari bilan belgilanadi. Ammo asosiy xolatlarda yengil xususiy transport vositalariga ega bulgan shaxslarning avtomobil tuzilish va uning ekspluatatsion xususiyatlari tugrisidagi tula maʼlumotlarga ega bulmasligi tufayli xaydovchilik malakasi xam talab darajasida bula olmaydi. Undan tashkari avtomobilni texnik soz xolatda ushlab turish uchun avtomobil egasining vakti xar doim xam yetishmasligi mumkin.
Transport vositalarini toza va xar doim texnik soz xolda ushlab turish uchun unga bir kator avtoservis xizmati kursatish zarur buladi, yaʼni avtomobillarni yuvish-tozalash, yogilgi-moy maxsulotlari bilan taʼminlash, TXK va remont ishlarini bajarish xamda saklashdir. Bu ishlarni tartibli va bir tizimda amalga oshirish maksadida maxsus avtoservis korxonalari tashkil etilgan bulib, xususiy avtomobilga ega bulgan shaxslar ushbu korxonalarga murojaat etadilar. Texnik xizmat va joriy remont ishlarini bajarish uchun avtomobil egasi maʼlum mikdorda moddiy sarf kiladi. Ushbu xarajatlar avtomobil ekspluatatsiyasi davridagi umumiy xarajatlar ichida asosiy kismini tashkil etib uning 87% ni tashkil etadi, kolgan 13 % esa yangi avtomobil ishlab chikarish uchun ketgan sarfga tugri keladi. Mexnat sarfini olib karasak, yangi avtomobil ishlab chikarish uchun 1,5... 3,5 % mexnat sarflansa, avtomobilning xizmat davrida TXK va joriy remont ishlari uchun ketgan mexnat sarfi 96,5... 98,5 % tashkil etadi.
Ushbu xarajatlarni kamaytirishning bir kator yullari mavjud bulib, ularning asosiylari: Avtomobil sifati va ishonchlilik darajasini oshirish, TXK va remont ishlari sifati va samarasini ortirish, avtomobil egasining malakasini kutarish, yokilgi-moy materiallari sifatini yaxshilash kabi tadbirlardir. Ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirish tadbirlarini amalga oshirishda avtoservis korxonalari xam muxim axamiyat kasb etadi.
Avtoservis xizmati deganda transport vositasini texnik soz va toza xolda ushlab turish uchun ekspluatatsiya davomida avtomobilga kursatiladigan tashkiliy, texnik- iktisodiy xizmatlar majmui tushuniladi. Bu xizmatlarning asosiy kismi avtoservis korxonalari tomonidan maxsus xizmat sifatida bajarilsa, bir kismi avtomobil egasi tomonidan uz-uziga xizmat kursatish sifatida bajariladi. Xozirgi davrga kelib transport vositalariga kursatiladigan avtoservis xizmati 100 xil turga ega.
Respublikada iktisodiy munosabatlarning tubdan uzgarishi xalk xujaligada turli xizmat javxalari rivojlanishining asta-sekinlik bilan xususiy mulkchilik asosiga utkazilishi sababli avtoservis korxonalari faoliyatini boshkarish, ishlab chikarish jarayonini tashkil etish, ishlari xam turli xil kurinishlarga utkazilmokda. Shunday xizmat kursatish usullaridan biri avtomobillarga firma usulida xizmat kursatishdir.
Firma usulida xizmat kursatish deganda, ishlab chikarilgan maxsulotga uning ishlatilishi davomida kursatiladigan barcha turdagi xizmat va remont ishlarini shu maxsulotni ishlab chikargan korxona tomonidan tashkil etilgan servis tarmoklari orkali amalga oshirilishi tushiniladi. Shuning bilan bir katorda maxsulotga texnik xizmat turlari ishlab chikaruvchi tashkilotga tashkiliy va iktisodiy jixatdan boglik bulmagan erkin servis tashkilotlari orkali xam amalga oshirilishi mumkin. Avtomobillarga firma usulida texnik xizmat kursatish ishlari xam shunday tartib orkali amalga oshiriladi.
Shunday kilib, avtomobillarga avtoservis xizmati kursatuvchi tashkilotlarning oldiga kuyilgan maksad va vazifalari kuyidagilardan iborat:
1. Axolining avtotransport vositalariga texnik xizmat kursatish va remont ishlariga bulgan talabini tez va sifatli kondirish xamda mijozlarni mamnun etish;
2. Avtoservis xizmati kursatuvchi korxonalar samaradorligini muntazam oshirib borish.
3. Xususiy avtomobil egasining xaydovchilik malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.
4. Avtomobil, extiyot kismlar va yokilgi- moy materiallari bilan savdo kilish samarasini oshirish uchun muntazam ravishda reklama ishlarini olib borish.