Reja avtoservis xaqida umumiy ma’lumot Avtoservis xizmat turlari Buxgalteriya ish jarayoni O‘zbekiston Respublikasida avtoservisning tarixi, bugungi xolati va rivojlanish yullari va muammolari


Avtomobillarga to‘la ravishda xizmat ko‘rsatish korxonalarida tashkil etiladigan ishlab chiqarish uchastkalari



Yüklə 40,9 Kb.
səhifə5/5
tarix20.06.2022
ölçüsü40,9 Kb.
#117090
1   2   3   4   5
Хулоса2 узб21 varoq

Avtomobillarga to‘la ravishda xizmat ko‘rsatish korxonalarida tashkil etiladigan ishlab chiqarish uchastkalari.
Avtoservis korxonalarining (albatta,gap avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar xususida bormoqda) ishlab chiqarish uchastkalari va ularga o‘rnashtirilgan texnologik jihozlar tarkibi va sonli shu korxonalarning quvvatiga, ishlab-chiqarishining ixtisoslashganligiga bogliqdir.
Umuman olganda, avtomobillarga to‘la ravishda (kompleks) xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda quyidagi (i-ch) uchastkalari tashkil etiladi:
-avtomobillarni yuvish va quritish;
-avtomobillarni xizmatga qabul qilish va ularni egasiga topshirish;
-maxsus diagnostika uchastkasi;
-texnik xizmat ko‘rsatish postlari;
-taʼmirlash , agregatlarni almashtirish postlari:
-kuzov elementlarini ( eshiklari,kapotlari,bamperlari va h.k.) taʼmirlovchi postlar;
-avtomobillar agregatlari, uzellari, priborlari va jihozlarini taʼmirlovchi ustaxonalar;
-agregatlar va ular detal-uzellarini taʼmirlovchi;
-gildiraklar va shinalarga xizmat ko‘rsatuvchi;
-akkumulyatorlarni taʼmirlovchi va zaryadka qiluvchi;
-elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatuvchi;
-motorni oziklantirish tizimi priborlari (karbyurator, ejektor, benzonasos va h.k.)ga xizmat ko‘rsatuvchi;
-kuzovni taʼmirlash kompleksi (tunukasozlik, payvandlash,armatura, bo‘yashga tayyorlash, bo‘yash va quritish).
Avtomarkazlarda, yirik va o‘rta ATXK stansiyalarida yuqorida kelti-rilgan ishlab chiqarish (i-ch) uchastkalarining barchasi to‘la va mustaqil ravishda tashkil etiladi. Lekin uning bir qancha variantlarpi ham bo‘lishi mumkin, masalan, mayda taʼmirlash ishlari (3 ishchi-soat hajmigacha) TX postlarida yoki alohida, kirishga va chiqishga qulay bo‘lgan postlarda baʼzan bajariladi. Baʼzi ustaxonalar kichik ATXKSlarda birlashtiriladi, masalan, akkumulyator ustaxonasi elektr jihozlari ustaxonasi bilan, oziklantirish tizimi priborlarini taʼmirlash agregatlar ustaxonasida bajarilishi mumkin. Shuningdek TX ishlari taʼmirlash ishlari bilan birga bir uchastka postlarida tashkil etilishi ham mumkin.
Avtomobillarni yuvish-tozalash va quritish uchastkasi avtomobillar saloni yigishtirish va tozalash, motorni va kuzovni har tomondan, shuningdek ostidan ham yuvish, kuzovni quritish va jilo berish (polirovka) ishlarini bajaradi.
Zamonaviy ATXKSlarda bu ishlarini bajaruvchi uchastkalar kerakli jihozlar va suv tozalagich inshoatlari bilan taʼminlanadi.
Bu uchastka korxonaning kuvvati va imkoniyatiga qarab mexanizatsiyalashgan yoki qo‘lda ,shlang yordamida yuvadigan bo‘lishi mumkin.
Ammo avtomarkazlar, yirik va baʼzi o‘rta quvvatli ATXKSlarda yuvish uchastkasi albatta mexanizatsiyalashgan, baʼzida esa, avtomotizatsiyalashgan buladi.
Avtomobillarani qabul qilish va egasiga topshirish uchastkasi avtomobilni qabul qilishda quyidagi ishlarni bajaradi: avtomobilni tashki ko‘rinishini ko‘zdan kechirish, uchun butligini tekshirish, egasi “nosoz” deb aytgan agregatlari va uzellarni tekshirib ko‘rish, shuningdek barcha xavfsizlikni taʼminlovchi organ va mexanizmlarni tekshirib ko‘rish shart. Shuningdek, avtomobilning umumiy texnik holatini belgilovchi agregatlari va qismlari ham, egasi buyurtmasidan qaʼtiy nazar ko‘rib chiqiladi.
Barcha bajariladigan ishlarni taxminiy hajmi, bajarish muddati va narxi belgilanadi va mijoz bilan kelishiladi, so‘ngra xujjatlar rasmiylashtiriladi.Avtomobilni egasiga topshirishda esa buyurtmada ko‘rsatilgan ishlarini bajarilganligi, avtomobilni butligi va tashki ko‘rinishi tekshirilib topshiriladi.
Avtomobillarni qabul qilishda va ularni egasiga topshirishgda diagnostik jihozlar yoki asboblarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Maxsus diagnostika uchastkasi avtomobillarni, ularni agregatlari, mexanizmlari va tizimlarining texnik holatini aniqlash, baholash bilan shugullanadi.
Diagnostika jarayonida texnik holatni aniqlash qismlarga ajratilmasdan, yaʼni ichini ochmasdan, maxsus dasturlarga asosan stendlar, ulchov va nazorat asboblari yordamida bajariladi. Diagnostika TX ko‘rsatish va taʼmirlashning muxim elementi va nazorat ishlarining asosiy vositasi, usuli bo‘lib uni bilib qo‘llanilsa mehnat sarfi kamayadi va ish unumi oshadi: eng muximi sifat, avtomobillarni texnik holati yaxshilanadi.
Texnik xizmat ko‘rsatish postlari profilaktik, yaʼni to‘satdan, kutilmaganda avtomobilda nosozliklar, buzulishlar sodir bo‘lishi extimoli oldini olish ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangandirlar. Maʼlumki, bu ishlar qarov-nazorat, qotirish-maxkamlash, sozlash, moylash va mayda taʼmirlash ishlaridan iborat bo‘lib kerakli texnologik jihozlar bilan taʼminlangan postlarda maxsus chuqurlar ustida yoki ko‘targichlar, estakadalarda bajariladi.TX uchastkasining ayrim postlari, baʼzi ishlarni, masalan, moylash, oldingi gildiraklarni o‘rnatish burchaklarini tekshirish va sozlash , motor gazlari zaharliligini meʼyoriga keltirishga ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin. Bu uchastka postlarining ixtisoslashganligi yeki jami ishlarni bajarishga mo‘ljallanganligi korxonaning quvvatiga, ishlari hajmi va ularni tashkil etish usuliga bogliqdir.
Taʼmirlash, agregatlarni almashtirish postlari avtomobillar agregatlari, uzellari va tizim qismlarida sodir bo‘lgan buzulishlar, nosozliklarni tuzatish uchun xizmat kiladi. Ko‘p xollarda bu buzulishlar va nosozlikldarni oddiy sozlash yoki qotirish bilan bartaraf etib bulmaydi, buning uchun o‘sha agregat yoki uzel avtomobildan yechib olinadi va u yoki almashtiriladi yoki maxsus ustaxonalarda taʼmirlanadi.
Taʼmirlash postlari ham maxsus jihozlangan chuqurlar, bir qancha tirgagli ko‘targichlar yoki estakadalardan iboratdir. Baʼzan taʼmirlash ishlarini bajarishda avtomobilni ko‘tarilishi va uni ostida ish bajarish talab etilmaydi, masalan, chaqmoq (svecha)ni yoki karbyuratorni almashtirish bu hollarda ish maxsus ajratilgan oddiy joylarda bajarilishi mumkin. Taʼmirlash uchastkasi shuningdek ko‘taruvchi va tashuvchi kranlar, qo‘l yoki elektrotallar bilan jihozlanadi va ko‘chma domkratlar bilan taʼminlanadi.
Baʼzan yengil avtomobillari kuzovlarining shikastlangan elementlarini (eshiklari, qanotlari, bamperlari va h.k.) to‘grilashga yoki tekislashga, payvandlashga va joyida bo‘yashga to‘gri kelib qoladi. Avtomarkazlarda, yirik va o‘rta quvvatdagi stansiyalarda shu ishlarni bajarishga maxsus ajratilgan va jihozlangan postlar bo‘ladi.
O‘z tabiatiga ko‘ra postlarda bajarilishi maqsadga muvofiq emas yoki mumkin bo‘lmagan taʼmirlash ishlari, yuqorida aytib o‘tilgandek, maxsus taʼmirlovchi - tiklovchi ustaxonalarda bajariladi. ATXKSlardagi bu ustaxonalarning tarkibi va soni shu korxonaning quvvatiga, yillik ishlar hajmiga bogliqdir.
Agregatlarni taʼmirlash va mexanika uchastkasi yoki sexida motorlar, uzatmalar qutisi , ilashish muftasi, oldingi va orqa ko‘priklar, reduktor, rul mexanizmlari va boshqa uzellarni qismlarga ajratish va yigish, ayrim detallarga, masalan, tirsakli val, motor bloki va h.k.larga turli xildagi mexanik , elektrogalvanik, chilangarlik kabi ishlovlar beriladi va sinaladi.
Akkumulyator ustaxonasida esa akkumulyatorlar batareyasi zaryadkasi to‘ldiriladi yoki ular taʼmirlangandan so‘ng yangidan zaryadlanadi,distillangan suv va elektrolit tayyorlanadi. Taʼmirlashga yaroqli akkumulyatorlar batareyasi avtomarkazlar, yirik ATXKSlari yoki maxsus ixtisoslashgan ustaxonalarda korpusini almashtiriladi yoki mastika qo‘yib tuzatish, plastinkalari va separatorlarini almashtirish, qurgoshinli setkalari va klemmalari qalaylash, kavsharlash bilan taʼmirlanib ishlash qobiliyati tiklanadi.
Elektrotexnika yoki elektr jihozlarini taʼmirlovchi ustaxonada esa elektr va elektron bloklari, agregatlari (generatorlar, starterlar,turli uzatma elektromotorlari, elektron bloklar va h.k.) va boshqa nazorat-o‘lchov asboblari tekshirilib ko‘riladi va zarurat bo‘lganda taʼmirlanadi. Shuni taʼkidlash lozimki, bu jihozlarni nosozligi avtomobillarni uzida,taʼmirlash postlarida tozalash ,qotirish va sozlash ishlari bilan bartaraf etilishi iloji bo‘lmagan hollardagina bu ustaxonaga keltirila-
di. Taʼmirlashga keltirilgan jihozlar avval maxsus stendlarda tekshirilib qo‘rilib, so‘ngra qismlarga ajratiladi, yuviladi, tozalanadi, so‘ngra quritiladi va defektovka qilinadi, yaʼni yaroqsizlari yangisiga yoki yaroqlisiga almashtiriladi, baʼzilari taʼmirlanadi va yana yigilib sinab ko‘riladi.
Oziqlantirish tizimi priborlari,jihozlarini taʼmirlovchi ustaxonada esa benzonasos, karbyurator, ejektorlarni qismlarga ajratib, yuvib tozalab , yaroqsiz detallarini almashtirib so‘ngra qaytadan yigib, tekshirib va sinab ko‘riladi.
Kuzovlarni taʼmirlash ustaxonasi barcha ustaxonalardan eng kattasi bo‘lib , undagi ishlarining hajmi va murakkabligi ko‘p vaqtni talab etadi .Shuning uchun bu ustaxonaning maydoni eng katta, undagi ishchilarning soni nisbatan eng ko‘p bo‘ladi. Kuzov ustaxonalari avtomarkazlarda, yirik ATXKSlari va shuningdek, shikastlangan kuzovlarni tiklashga ixtisoslashgan maxsus stansiyalarda tashkil etiladi.
Kuzov ustaxonalari bir necha mustaqil ishlab-chiqarish uchastkalaridan chunonchi tunukasozlik, bo‘yashga tayyorlash, bo‘yash va quritish, va armaturalarni taʼmirlash jamlamasidan ibyuoratdir. Bu ustaxonaga kuzov barcha agregatlar osma qismlardan ajratilgan holda keltiriladi. Kuzovni taʼmirlash tunukasozlik uchastkasidan boshlanadi. Bu joyda urilib shikastlangan kuzovlar maxsus stendlarda vintli, gidravlik tortmalarda tortilib to‘grilanadi, korroziyaga uchrab chirigan joylari va deformatsiyalanib to‘grilashni iloji bulmagan qismlari avtogen yoki pnevmatik kesgichlar yordamida kesib tashlanadi. Olib tashlangan joylarga ehtiyot qismlar yeki maxsus tayyorlangan yamoqlar payvandlanadi. Payvandlash karbonat angidridli ximoyali muxitda yarim avtomatik elektroyoyli qurilmalarda bajariladi. Kuzov panellari va o‘zaklarining yorilgan va uzilgan joylari ham shu elektroyoyli payvandlash usuli yordamida ulanadi.
Kesishda esa avtogen usuli bilan bir qatorda pnevmatik yuritmali aylanma kesgichlar qo‘llaniladi. Kuzov detallarini birini-biriga ulashda kontakt nuqtasimon elektr payvandlash usullari ham qo‘llaniladi.
To‘grilangan va ulangan kuzov so‘ngra payvandlash choklaridan tozalanadi va ayniqsa, obdan maxsus asboblar yordamida qo‘l zarbasi bilan tekislanadi. Uzil-kesil to‘grilangan, nafis xolgacha tekislangan va tozalangan kuzov bo‘yashga tayyorlash uchastkasiga o‘tkaziladi. Bu joyga kuzov satxidan bo‘yoklari iloji boricha qirib, sidirib tashlanadi, jilvir kogoz bilan ishqalanib tozalanadi . noteks joylari va tirqishlari maxsus shuvoq shpaklevka bilan shuvab tekislanadi va kuzov bo‘yash uchastkasiga o‘tkaziladi.
Bo‘yash joyi alohida yopiq germetik kamera bo‘lib u ishonchli havo so‘rish va xaydash asosida ishlovchi ventilyator bilan jihozlanadi. Bu kamerada kuzov sathiga avvalo xomaki bo‘yok-grunt sepiladi, korpusiga shovqinga va korroziyaga qarshi ishlov beriladi va maxsus purkagich pistoletlarda bo‘yok sepiladi. Nitroemalli bo‘yoqlar tez, 20 min ichida oddiy temperatura 18-20 S ichida quritiladi, agar sintetik emal bo‘yoklari ishlatilsa quritish uchun kuzovni 110 - 130 S temperaturali kamerada 30-50 min ushlab turishga to‘gri keladi.
Bo‘yoqlarni tayyorlash, rang va jilosini aniqlash kompyuterlar yordamida yoki maxsus tayyorgarlikga ega bo‘lgan mutaxassislar bajaradilar. Kuzov jamlamasining yana bir uchastkasi armatura uchastkasi bo‘lib bu joyda eshiklar, kapotlar, bagajnik oshiq-moshiqlari, qulplari, oynalarini ko‘tarish -tushirish mexanizmlari va xoshiyalari taʼmirlanadi.
Shuningdek kuzov jamlamasida yoki alohida mustaqil kuzov ichidagi o‘rindiqlar va suyangichlarni taʼmirlovchi va radiator, benzobaklarni kavsharlovchi uchastkalar ham bo‘lishi mumkin.
Avtomarkazlar va ATXKSlarida maʼmuriy-maishiy xonalar qatori albatta mijozlar uchun alohida xona, ehtiyot qismlar omborlari va savdo do‘konlari, salonlari bo‘lishi shart.

Xulosa
Amaliyotni tugatgandan so'ng quyidagi xususiyatdagi amaliy tajriba va bilimlar olindim:
• mulk, majburiyatlar va xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish hamda hisobot berishni tashkil etish bo‘yicha qonun hujjatlari, qarorlar, farmoyishlar, yo‘riqnomalar, uslubiy va me’yoriy materiallar;
• mehnat qonunchiligi;
• mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalari;
• korxonada buxgalteriya hisobining shakllari va usullari;
• hisob-kitoblarning rejasi va korrespondentsiyasi;
• ichki va tashqi hisobotlarni tayyorlash;
• buxgalteriya yo'nalishlari bo'yicha ish jarayonini tashkil etish;
• asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘larining harakati bilan bog‘liq buxgalteriya operatsiyalarini hujjatlashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi;
• korxona xo'jalik va moliyaviy faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish usullari;
• kompyuter texnikasini ishlatish qoidalari;
iqtisodiyot, mehnatni tashkil etish va boshqaruv;
• boshqaruvning bozor usullari;
• xarajatlar va byudjet ijrosini nazorat qilish;
• soliqlar va yig‘imlarni, byudjetdan tashqari jamg‘armalarga ajratmalarni, ish haqi va boshqa to‘lovlarni hisoblash va o‘tkazish;
• davlat organlariga ijtimoiy loyihani amalga oshirish va ajratilgan byudjet mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida hisobot berish.
Umuman olganda, amaliyot ularning malaka darajasini baholash va olingan bilimlarni ishlab chiqarishda amaliyotda qo‘llash imkonini berdi.
Yüklə 40,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin