Reja: Axborot texnologiyasining integratsiyasi haqida tushuncha. Integratsiyalashgan axborot tizimlari. Axborotdan umumiy foydalanish tizimi. Global axborot tizimlari. Geoaxborot tizimlar haqida tushuncha va ularning ishlash texnologiyasi


Sifat darajasiga ko‘ra axborot tizimlari quyidagi sinflarga bo‘linadi



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə10/12
tarix27.04.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#125938
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Reja Axborot texnologiyasining integratsiyasi haqida tushuncha.

Sifat darajasiga ko‘ra axborot tizimlari quyidagi sinflarga bo‘linadi:

  1. Axborot-qidiruv tizimi (AQT). EHMda yoki undan tashqarida sakdanishi mumkin bo‘lgan hujjatlar, ikkinchi darajali hujjatlar (masalan, referatlar), hujjatlar nomi yoki manzillarning to‘liq matnini qidirishni amalga oshiradi. EHMda u yoki bu hollarda qidiruv obrazi nomini olgan va qisqacha mazmuni bayon qilingan huj-jatlarning formallashgan bayoni saqlanadi.

  2. O‘ziga kerakli mavzu-dagi hujjatni topishni istagan axborot iste’molchilari tizimga so‘rov yuboradi. Qidiruv natijasiga ko‘ra, tasvir-anan hujjatlarning to‘liq matni yoki so‘ralgan harajatlarning to‘g‘ri-noto‘g‘ri, yetishmasligi, ishonchlilik darajasi haqida ma’lumot beriladi.

  3. Axborot-ma’lumotnoma tizimi (AMT) ko‘p jihatdan foydalanuvchilar so‘roviga binoan iqtisodiy, texnik yoki texnologik mazmundagi axborotni berish, yig‘ish va saqlashga mo‘ljallangan. Aytish mumkinki, axborot-ma’lu-motnoma tizimi raqamli yoki matnli konkretlashtirilgan ma’lumotlar bilan ishlashga qaratilgan. So‘rov-ning turiga va shakliga ko‘ra natijani qanday taqdim etishni belgilaydi. So‘rov natijalari standart ma’lumotnoma shaklida berilishi mumkin yoki foydalanuvchining xohishiga ko‘ra uning so‘rovini qayta ishlash davomida ixtiyoriy ko‘rinishda loyihalashtirilishi mumkin.

  4. Matnlarni qayta ishlash axborot tizimi (MQAT) bevosita foydalanuvchiga matnlarni (xat, maqola, referat, buyruq va hokazo) tahrir qilish, saqlash va ko‘paytirishga mo‘ljallangan.

  5. Ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi (MQIT) EHMdagi hisob-kitoblarning formallashgan algoritmlari bo‘yicha ma’lumotlarni hisoblashga mo‘ljallan-gan. Mazkur tizim ijodiy jarayonlarni emas, eski jarayonlarni (hisob, hisobot, muhandislik-texnik hisob-kitoblari va hokazo) avtomatlashtirishga yo‘naltirilgan.

  6. Maslaxat beruvchi axborot tizimi (MBAT) avtomatlashtirilgan rejimda EHMda ma’lum bir holatlarda tashkiliy yoki texnik mazmundagi qarorlarning ayrim variantlarini tuzib beradi. Bu tavsiyalar qaror qabul qiluvchi shaxs ixtiyoriga beriladi. Maslaxat beruvchi

(kengashuvchi) axborot tizimi asosiga real haqiqatga, ya’ni ob’ektdagi yoki boshqaruv tizimidagi jarayonga o‘xshash turli xil matematik modellar joylashtiriladi.

  1. Qarorlar qabul qilish tizimi (QQQT) shunisi bilan ajralib turadiki, EHMda ishlab chikilgan qaror varianti bajarish uchun qabul qilinadi. Ayni paytda ishlab chiqarish tizimi (texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgai tizimi dispetcher boshqaruvi tizimi) EHM qabul kilgan qarorlar ijrosini tegishli ijro mexanizmlari orqali avtomatik ravishda amalga oshiradi.

  2. Ekspert tizimlari – ET (intellektual komponentli axborot tizimi) EHMda ma’lumotlar bazasidan tashqari yana ikkita – bilim-lar va maqsadlar bazasi mavjudligi bilan ajralib turadi. Ma’lu-motlar bazalari (MB) boshqaruv tizimi va ob’ektining miqdoriy formal tavsifiga ega; bilimlar bazasi (BB) tashqi muhit haqidagi noformal semantik tasavvurlar, ob’ektlarning ayrim sifat tavsifini, ular orasidagi munosabatlar, mumkin bo‘lgan harakatlar, holatlar, abstraksiyalar, streotiplar bayonini saqlaydi. Maqsadlar bazasi modellashtiriladigan ob’ektlar uchun xos bo‘lgan o‘zaro bog‘liq maqsadlar, kenja maqsadlar, ularga yetishish uslublari va vositalari tuttsheidagi tasavvurga ega. Bunday tizimlar ijodiy, ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish, boshqarish jarayonlarida juda dolzarb.

Ekspert tizimlari inson faoliyatining aniq turlari bo‘yicha mutaxassis-lar tajribasi va bilimini to‘plash, boyitish, rivojlantirish imkonini beradi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin