9-SEMINAR MASHG’ULOTI
Mavzu:
Ta`lim maqsadida yaratilgan botanika mavzularini metodologik qayta
ishlanishi
Reja:
1.
Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish.
2.
Botanika mavzularini o‘qitishda o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib
toptirish
3.
Umumta'lim maktablarida botanika mavzularini o'qitish uchun elektron resuslarni
qo'llash
4. Botanika mavzularini o‘qitishda bir soatlik dars ishlanma tayyorlash (har bir
talaba alohida mavzularda tayyorlaydi)
Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish biologik ta’lim va
tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchi, o‘quv materiali mazmunining asosiy birligi
sanaladi. O‘quvchilarda tushunchalarni shakllantirish quyidagi bosqichlarda amalga
oshiriladi: o‘quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, idrok etish,m
tasavvur qilish, yodda saqlash, amalda qo‘llash, natijalarni tekshirish, axborotlarni
umumlashtirish va xulosa yasash. Biologik tushunchalarni mazmuni va mohiyatiga
ko‘ra oddiy va murakkab, xususiy va umumiy biologik tushunchalarga ajratish
mumkin. Ma’lumki, har bir tushuncha avval oddiy, so‘ngra boshqa oddiy
tushunchalar bilan birlashib, murakkab tushunchalarni hosil qiladi. Masalan, dastlab
birlamchi tushuncha bo‘lgan barg uning tashqi tuzilishi,tomirlanishi, poyada
joylashishi, oddiy va murakkab barglar, bargning hujayraviy tuzilishi, bargning suv
bug‘latishi, nafas olishi, fotosintez, o‘simliklarning nam tanqisligiga moslanishi
natijasida barglar metamorfozi bilan tanishish orqali murakkab tushunchaga
aylanadi. Keltirilgan misoldan ko‘rinib turibdiki, bob yakunida birlamchi tushuncha
bo‘lgan barg o‘zida morfologik, anatomik, fiziologik, sitologik, tushunchalarni
mujassamlashtirib, murakkab tushunchaga aylanadi. Biologiya o‘quv fani
mazmunidagi barg tushunchasi sistematik, ekologik tushunchalar bilan o‘zaro
aloqadorlikda yanada boyitiladi. Bunday holatni yuqorida qayd etilgan oddiy
birlamchi tushuncha bo‘lgan o‘simlik organlari ildiz, poya, gul, meva, urug‘
misolida keltirish mumkin va ularning har biri o‘zida muayyan tushunchalarni
mujassamlashtirib, murakkab tushunchaga aylanadi.
Tayanch so’zlar:
Biologik tushuncha, idrok, ildiz, poya, barg
Foydalaniladigan metodlar:
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi, suhbat,
“Tayanch konspekt” va b.
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR
1.
Sulliyeva S.X., Zokirov Q.G’. Biologiya o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma.
“Complex Print” nashriyoti. Toshkent-2023. – 224 b.
2.
Tolipova J.O., Umaraliyeva M.T. Botanika darslari (O’qituvchi kitobi) Umumiy
o’rta ta’lim maktablarining biologiya o’qituvchilari uchun metodik qo’llanma.
“Tafakkur” nashriyoti. (5-sinf) Toshkent-2016 y.
3
www.inetlibrary.com.Internet-kutubxona
4.
www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |