Reja: 1.Bozor iqtisodiyotiga kirish 2. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va tamoyillari 3. Bozorni o‘rganish (Marketing) 4. . Bozor iqtisodiyotining moliya tizimi
Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot Har qanday jamiyatdagi kishilarning asosiy maqsadi o‘zining
turmush sharoitini yaxshilash, erkin va farovon hayot kechirishdan
iborat. Ularning ana shu maqsadga erishish yo'lidagi barcha xattiharakatlari insoniyatning cheklangan imkoniyatlari doirasida amalga
oshadi. Kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyati, u yoki bu vazifalarni
bajarishga ajrata oladigan vaqti, mehnat qilish uchun zarur bo'lgan
vositalari ham cheklangandir. To‘g‘ri, ilm-fan taraqqiyoti natijasida
mavjud imkoniyatlar mislsiz darajada kengaydi. Bundan yuz yillar
oldin kishilar uchun afsona hisoblangan orzular endilikda real haqiqatga
aylandi va bundan keyin ham cheklangan imkoniyatlar doirasi kengayib
borishi muqarrar. Lekin shunday bo‘lsa ham, hozirda va kelgusida
kishilarning farovon turmush darajasini belgilovchi mahsulotlar ishlab
chiqarish uchun zarur bo'lgan resurslarning cheklanganligi asosiy
muammo bo'lib qolaveradi. Chunki resurslar cheklanmaganda edi,
ularni taqsimlashga, tejashga, ulardan unumli foydalanishga zamriyat
bo'lmas edi.
Jamiyat va undagi har bir shaxsning asosiy vazifasi cheklangan
resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlaydigan yo'nalishlarni
tanlash va maksimum natijalarga erishishdan iborat. Ana shu maqsadga
erishish uchun mehnatga layoqatli kishilar muayyan jamoalar
(korxona, kompaniya, firma, shirkat, aksiyadorlik jamiyatlari,
3
tovarlar ishlab chiqaradilar va xizmatlar ko'rsatadilar. Shunday tarzda
iqtisodiyotning quyi bo‘g‘inlari paydo bo'ladi va ular xo‘jalik yurituvchi
subyektlar deb ataladi. Ana shu subyektlar faoliyatini o'rganuvchi
fanni mikroiatisodivotd eb yuritiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar cheklangan imkoniyatlar doirasida o‘z faoliyatlarini boshlar ekanlar, quyidagi uchta asosiy vazifani
hal qilishlariga to‘g‘ri keladi:
LNimani, ya'ni qanday tovarlar ishlab chiqarish (yoki xizmat
ko‘rsatish)ni tashkil qilish kerak va qancha miqdorda?
ko'rsatish ma'qul?
3. Kim uchun, ya'ni qaysi iste'm olchilarga zarur bo‘lgan
mahsulotlar ishlab chiqarish kerak va ularning mazkur mahsulotlar
sifatiga bo'lgan talabi qanday?
Mana shu savollarga javoblar topish har qanday tadbirkorlikning
asosini va mikroiqtisodiyot fanining predmetini tashkil etadi.
Shu bilan birgalikda mikroiqtisodiyot fani keng qamrovli fan bo'lib,
u xo'jalik yurituvchi subyektlar (korxonalar, firmalar, shirkatlar va
h.k.) darajasida ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, ishchilar,
xizmatchilar va muhandis xodimlar mehnatini tashkil qilish va ular
mehnatiga haq to'lashning eng oqilona sliakli va tizimlarini joriy qilish,
mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot va xizmatlar sifatini muttasil
4
yaxshilab borish kabi vazifalarni ham o'rganadi.
Ishlab chiqarish va xo‘jalik vazifalarini hal etishning bir necha,
hatto o‘nlab yo'llari mavjud. Lekin ana shu yo'llar (yoki usullar)dan
faqat bittasigina eng maqbul bo‘lib, uni iqtisodchilar, odatda, optimal
variant deb yuritishadi.
Mikroiqtisodiyot fanining asosiy vazifasi xo'jalik yurituvchi subyektlar
oldiga qo'yilgan maqsadga erishish uchun hal etilishi lozim bo'lgan
vazifalarning eng maqbul, optimal yechimini topishdir, desa bo'ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar mavjud imkoniyatlar doirasidan
chiqishi mumkinmi? Masalan, hozirgidan ko‘proq va sifatliroq
mahsulot ishlab chiqarish uchun nima qilmoq kerak. degan savolga
mikroiqtisodiyot fani quyidagicha javob beradi. Ha, albatta, mumkin.
Buning uchun yangi resurslarni jalb qilish va yangi texnologiyalarni
joriy etish lozim.