^ Moliyaning mohiyati va vazifalari Insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri pul bo‘lib, u odamlarni harakatga keltiruvchi asosiy omil sifatida xizmat qiladi. Pul aslida o‘zi ham tovar bo‘lib, odamlarni mehnat qilishga, bilim olishga, o‘z malakasini muttasil oshira borishga, tadbirkorlik va biznes bilan shug‘ullanishga va hokazolarga undaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul o‘ta muhim iqtisodiy vosita sifatida namoyon bo'ladi. U tufayli ishlab chiqarishning takrorlanishi 15 oshadi, iqtisodiy o'sishga erishiladi. Pul shaklidagi mablag'lar bozorda boshqa resurslarga aylanadi, tovarlar sotilib, yana pulga aylantiriladi. Pul mablag'larini hosil qilish, ulami jamlash, taqsimlash va ishlatish jarayonida yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlarni yoki fnoliyaviy munosabatlarfdeb yuritiladi. ' Efozor iqtisodiyofi sharoitida barcha iqtisodiy jarayonlaming amalga oshirilishi pul mablag‘larining harakatlanishi bilan bog‘lanib ketgan. Shuning uchun moliyaviy munosabatlar jamiyat iqtisodiy hayotida markaziy o'rinni egallaydi. Har qanday ijtimoiy faoliyat pul mablag‘larini talab qiladi. Ishlab chiqarish qayerda bo'lmasin, baribir, moliyani yuzaga keltiradi. Mahsulotlar va xizmatlar faqat taqsimlangandan so‘ng iste’mol etilishi mumkin. Ular qiymat shaklida taqsimlanganda, dastlab turli maqsadlarga mo'Ijallangan pul resurslari hosil bo‘ladi, ular tovarlarga ayirboshlanib, shundan keyin iste'mol qondiriladi. Masalan, qiyniat shaklidagi mahsulot taqsimlanganda, uni yaratish uchun sarflangan www.ziyouz.com kutubxonasi mehnat qurollari qiymatini ifodalovchi qismi amortizatsiya fondi 16