Reja: Bozor munosabatlariga o’tishning milliy modeli: evolyutsiyasi, xususiyatlari va ustuvor yo’nalishlari


 Iqtisodiyotdagi muhim tarkibiy o’zgarishlarning amalga oshirilishi va



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix26.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#136032
1   2   3   4   5   6   7
6-mavzu. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilis

2. Iqtisodiyotdagi muhim tarkibiy o’zgarishlarning amalga oshirilishi va 
sanoatning rivojlanishi.
 
O’zbekistonning sobiq Ittifoq tarkibida uzoq yillar davomida ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi 
ostida bo’lganligi, shundoq ham susayib borayotgan xo’jalik aloqalarining 1990 yillarning boshida 
batamom uzilib qolishi kuchli inqiroz holatlarini keltirib chiqardi. O’zbekiston iqtisodiyotining bir 
yoqlama tarzda, faqat xom ashyo yetishtiradigan holga tushib, vaqtida kompleks rivojlanish 
yo’liga, aholi ehtiyojlarini qondirishga o’tkazilmagani ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishidagi 
chuqur nomutanosibliklarda namoyon bo’ldi.
90-yillarning boshida O’zbekistonda ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilishidagi 
nomutanosibliklar
Ko’rsatkich
 
Miqdori
 
Sanoatda tayyor mahsulotning ulushi
50 foiz
Qayta ishlanmasdan, respublika tashqarisiga chiqarilgan
qishloq xo’jaligi mahsulotining ulushi
80 foizdan ko’proq
Respublikadan olib ketilayotgan mahsulot tarkibida xom
ashyo, materiallar va chala tayyor mahsulotlar ulushi
65 foizdan ko’proq
Respublikaga keltirilayotgan tovarlar tarkibida sanoat
mahsulotlari (mashinalar, asbob-uskunalar, yengil sanoat, va
oziq-ovqat mahsulotlari) ulushi
60 foiz
Sovet davrining keyingi o’n yilliklari mobaynida iqtisodiyotni rivojlantirishda xom ashyo, 
chala tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan va chetga yuboriladigan, mehnatni nisbatan 
kamroqtalab qiladigan xom ashyo tarmoqlarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilishi ushbu 
nomutanosibliklarni yanada kuchaytirdi. Jumladan, ishlab chiqarishning umumiy hajmida yengil 
sanoatning ulushi keyingi 50 yil ichida 54 foizdan 37 foizga, oziq-ovqat sanoatining ulushi 30 
foizdan 14 foizga tushib qolgan, mashinasozlikning ulushi atigi 7 foizga o’sib, 16 foizni tashkil 
etgan.
Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini tarkib toptirish va rivojlantirishda qator nuqson va 
kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Jumladan:
-
respublika mashinasozlik kompleksi faoliyati paxtachilik, paxtachilik uchun mashinalar 
ishlab chiqarish bilan cheklanib, murakkab uy-ro’zg’or texnikasi, yo’l qurish mashinalari, 
plastmassa buyumlari, oziq-ovqat sanoati jihozlari, savdo-sotiq va maishiy xizmat sohasi uchun 
kerakli asbob-uskunalar deyarli ishlab chiqarilmadi;
-
kimyo sohasining rivojlanishida yirik korxonalarga afzallik berilishi respublikadagi 
ekologik vaziyatni juda yomonlashtirib yubordi;
-
yirik kimyo korxonalari nitron, atsetat, kaprolaktam singari dastlabki qayta ishlangan 
mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib, ularning mahsulotlari ham, asosan, respublikadan 
tashqariga chiqarishga mo’ljallandi.
Istiqlol yillarida mamlakatimiz rahbari tomonidan O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini 
ta‘minlashga alohida e‘tibor qaratilib, bu boradagi strategiyaga quyidagi yondashuvlar asos 
qilindi:
-
mintaqamiz taraqqiyotining tarixiy asoslari, oqilona mantiq e‘tiborga olinmay, 
ma‘muriy-buyruqbozlik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarashlarning hammasiga barham 
berilishi kerak;
-
mintaqamiz taraqqiyotining istiqbollariga, avvalo, respublika aholisining manfaati 
nuqtai nazaridan qaramoq kerak.
Respublikani iqtisodiy mustaqillik yo’liga o’tkazish, uni inqiroz girdobidan olib chiqish 
vazifalarini hal etishda mamlakatning ichki resurslari va imkoniyatlariga baho berishga mutlaqo 
yangicha yondashish zarurligi ta‘kidlandi.


Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichida asosiy e‘tibor mustaqil davlatning amal 
qilishini ta‘minlovchi infratuzilmani yaratish, bozor iqtisodiyotiga o’tishning qonunchilik 
asoslarini shakllantirish, narxlarni erkinlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish, inflyatsiyaga qarshi kurash va aholini ijtimoiy himoyalash masalalariga 
qaratildi.
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish O’zbekistonda davlat suverenitetining 
iqtisodiy asosi sifatida belgilandi. Bu yo’lni shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh 
qilishga kirishildi. Bunda, avvalo, iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlariga e‘tibor 
qaratildi:
-
ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirish, milliy 
boyliklarning o’sishi, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib sharo itni ta‘minlaydigan 
kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim yaratish; 
-
ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkka munosabatni o’zgartirish, 
tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama o’sishi uchun asos bo’ladigan xususiy 
mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini ta‘minlash;
-
korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo’jalik ishlariga 
davlatning to’g’ridan-to’g’ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodiyotni boshqarishning ma‘muriy-
buyruqbozlik usullariga barham berish, iqtisodiy vositalar va rag’batlantirishni keng qo’llash;
-
moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanish, raqobatbardosh tayyor 
mahsulotlar ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyoti tizimiga kirib borishni ta‘minlaydigan chuqur 
iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirish;
-
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab 
chiqarish;
-
jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilish;
-
yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, aholining dunyoqarashini o’zgartirish, har 
bir kishiga o’z mehnati samarasidan bahramand bo’lish imkoniyatini yaratish.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish bozorning ko’p bo’g’inli infratuzilmasini 
yaratishni talab qiladi. Chunki muayyan infratuzilmaga ega bo’lmasdan bozor mexanizmlari to’liq 
ishlay olmaydi. Infratuzilma bu - xalq xo’jaligi faoliyatini ta‘minlash uchun turli tuman xizmat 
ko’rsatuvchi tarmoqlar kompleksi: transport, aloqa, savdo, moddiy-texnika ta‘minoti, suv bilan 
ta‘minlash, fan, maorif, sog’liqni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish va boshqalarni o’z ichiga 
oladi. Asosiy ishlab chiqarish infrastrukturasi – elektr ta‘minoti, transport, yo’l, ombor xo’jaligi 
va aloqa tarmoqlari hisoblanadi.
O’tish davrida bozor infratuzilmasini shakllantirish va kengaytirish borasida ko’plab amaliy 
tadbirlar amalga oshirildi. Tovar va xom ashyo bozorida xizmat qiluvchi tovarlar va xom ashyo 
birjalari, biznes-inkubator, auditorlik va konsalting firmalari, ko’plab savdo uylari, auksionlar, 
tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari 
tashkil etildi. Bu sohadagi dastlabki qadam mahsulot yetkazib berishga majburiy davlat 
buyurtmasining tugatilishi bo’ldi. Davlat buyurtmasi tugatilgach, tovar resurslarini markazlashgan 
tartibda taqsimlashga mutasaddi ta‘minot tashkilotlari ham tugatildi. Ularning o’rniga tovarlar 
bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. O’zbekistonda 1991 yilning avgustidan 
"O’zbekiston" respublika universal agrosanoat birjasi, "O’zulgurjibirjasavdo" (1994 yil, mart), 
"Toshkent Respublika tovar-xom ashyo birjasi (1994 yil, 8 aprel) va boshqa birjalar faoliyati 
yo’lga qo’yildi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu 
bois iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan axborotlar, xabarlar va ma‘lumotlarni to’plovchi, 
umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi 
infratuzilma yangi bank tizimi, o’z-o’zini kreditlash idoralari, sug’urta kompaniyalari, moliya 
kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg’armalari yaratildi.
Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ro’y berishi mumkin bo’lgan turli zararlardan 
himoya qiluvchi sug’urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat 


qiluvchi "O’zbekinvest" (1994 yil 13 aprel), "O’zagrosug’urta" (1997 yil 25 fevral), "Kafolat 
(1997 yil 14 mart) kabi uchta yirik sug’urta kompaniyasi tashkil etildi. Prezident farmoni bilan 
2002 yil 1 fevralidan boshlab sug’urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig’idan ozod 
qilinishi mamlakatimizda sug’urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qildi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish mulkchilik shakllari, ko’p ukladli aralash iqtisodiyot 
tuzilmalarining xilma-xilligiga asoslanadi. Bu raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch 
ekanligi, u kup sonli bozor subyektlarini talab qilishi bilan izohlanadi. Shunga ko’ra, O’z Rning 
"Mulkchilik to’g’risida"gi Qonunida mamlakatimizda mulkchilikping qanday shakllari amal 
qilishi aniq belgilab berildi. Shuningdek, O’zbekistonda mulkchilikning barcha shakllari teng 
huquqli ekanligi Konstitusiyada ham belgilab qo’yildi.
Mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tgan mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim tarkibiy 
o’zgarishlarni amalga oshirishda investitsiya faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi.
Samarali investitsiya siyosatining amalga oshirilishi iqtisodiy rivojlanishning turli 
bosqichlaridagi ustuvor yo’nalish va mexanizmlarni o’zgartirdi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi (1991-1995 yillar)da YAIM hajmining kamayib 
ketishi, milliy valyuta devalvatsiyasi va inflyatsiya o’sib borishi, rivojlanishda yuqori darajada 
beqarorlik kuzatildi. Investitsiya hajmi va ko’lami qisqarib, bunday holatda xorijiy investitsiyalar 
ulushining katta qismi turli grantlardan iborat bo’lib, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar deyarli 
mavjud emas edi.
Respublika byudjet mablag’larining investitsiya qilingan asosiy qismi (95 foiz) davlat 
sektoriga, iqtisodiyotning ustuvor rivojlanish sohalariga, strategik muhim obyektlarni qurishga 
yo’naltirildi. Shuningdek, respublika byudjeti xarajatlar qismining salmoqli ulushi (57,3 
foizgacha) kadrlar tayyorlash, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq aholisini toza 
ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash kabi davlat dasturlariga ajratildi. Davlat nazorati ostida 
iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizlikni ta‘minlashga xizmat qiluvchi muhim tarmoqlar moliyalashtirildi.
Iqtisodiyotni, shu jumladan, narx tashkil etishni erkinlashtirish, davlat mulkini 
xususiylashtirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va iqtisodiyotga davlat aralashuvini 
cheklash islohotlarning asosiy yo’nalishlariga aylandi. Mustaqil taraqqiyot davrining dastlabki 
pallasidagi investitsiya jarayonlarida quyidagi masalalar hal etildi:
-
amalga oshirilayotgan investitsiya hajmining qisqarib ketishiga barham berish va 
barqarorlashtirish;
-
investitsiya jarayonlarini davlat byudjeti orqali moliyalashtirishni qisqartirish; 
-
davlat kafolati ostida xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
-
investitsiya jarayonlariga mamlakat aholisi va tijorat banklarini keng jalb etish.
O’z R qator davlatlar va xorijiy shaxslar o’rtasida investitsiya bahslarini hal etish tartibi 
to’g’isidagi Vashington konvensiyasiga, investitsiyalar kafolati bo’yicha Seul konvensiyasiga 
qo’shildi, Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon bankiga a‘zo bo’ldi, Jahon savdo tashkilotiga 
kuzatuvchi sifatida qabul qilindi. Bir qancha hukumatlararo investitsiyalarni himoya qilish va
rag’batlantirish, ikkiyoqlama soliq solmaslik kabi kelishuvlarni imzoladi.
1996 yildan boshlab korxona va tashkilotlar investitsiya faoliyatini jadallashtirish uchun 
iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirildi. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni 
kengaytirish uchun har yili Investitsiya dasturi ishlab chiqilib, qabul qilina boshladi.
Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida investitsiya siyosatining asosiy natijalari 
quyidagilar bo’ldi:
-
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo’lib Asaka shahrida avtomobil zavodi
qurildi;
-
Nukus, Ellikqala, Samarkand va Namanganda yirik to’qimachilik majmualari 
foydalanishga topshirildi;
-
Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus va G’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on yangi 
temir yo’l liniyalari kurildi;
-
Toshkent-Andijon avtomobil yo’lining Qamchiq dovonidan o’tadigan qismi 
rekonstruksiya qilindi.


Bu davrda zamonaviy "O’zDEUavto" zavodining ishga tushirilishi bilan avtomobilsozlik 
sanoati tashkil etildi, bu esa iqtisodiyotni tarkibiy qayta o’zgartirilishining asosiy yakuni bo’ldi.
"SamKochavto" (avtobuslar ishlab chiqarish), "Kabul-O’zbekKo" (paxta tolasini qayta ishlash), 
"O’zSamsung Elektroniks (maishiy elektron apparatura), "Nestle O’zbekiston" (oziq-ovqat 
mahsulotlari, ichimliklar), "Olgin Deri", "Shark-teks", "Supertekstil" to’qimachilik mahsulotlari 
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi qo’shma korxonalar ishga tushirildi.
Iqtisodiy islohotlarning uchinchi bosqichi (2004-2011 yillar)da YAIM barqaror suratlarda 
o’sdi va 7 foizdan ortiqni tashkil etdi. Asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar 2006 yildan 
boshlab ortib bordi va 2008 yilda deyarli 30 foizga oshdi.
Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O’z R Prezidentining "To’g’ridan-to’g’ri xususiy 
xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar 
to’g’risida"gi (11.04.2005), "To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni 
rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi (21.07.2005), "O’z R 
Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini tashkil etish to’g’risida"gi (02.05.2006), "Navoiy viloyatida 
erkin iqtisodiy-industrial hududni tashkil etish to’g’risida"gi (02.12.2008), "Kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga 
doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi (24.08.2011), "To’g’ridan-to’g’ri xorijiy 
investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida''gi 
(10.04.2012), "Angren maxsus industrial hududini tashkil etish to’g’risida"gi (13.04.2012) 
farmonlari va bir qancha qarorlar qabul qilindi. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida 
investitsiyalarning barqaror o’sishi O’zbekiston iqtisodiyotining barqarorligi, tashqi inqirozlar 
ta‘sirini minimallashtirish imkoniyatiga nisbatan xorijiy investorlarning ishonchi yuqoriligidan 
dalolat beradi. Chunonchi, to’g’ridan to’g’ri chet el investitsiyalari 2011 yili 2003 yilga nisbatan 
8 barobarga ko’paydi.
Islohotlarning uchinchi bosqichida bir qator yirik investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli 
amalga oshirildi. Jumladan, Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi, Navoiy shahridagi 
aeroport rekonstruksiyasi yakunlandi, "Toshg’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on" temir yo’li ishga 
tushirildi, Olmaliq tog’-kon metallurgiya kombinati rekonstruksiya qilindi, Rezaksoy suv ombori 
qurilishi tugatildi.
Xalqaro kuzatuvchilar O’zbekistonning investitsion faolligi va rivojlanish yo’li to’g’ri 
ekanini e‘tirof etdilar. Islohotlarni amalga oshirish qiyinchiliklari va har bir bosqichning o’ziga 
xosligiga qaramasdan, O’zbekiston MDH davlatlari orasida yaxshi ko’rsatkichlarga erishdi. 
Mamlakatimizda investitsiya hajmi bo’yicha boshqa MDH davlatlari kabi keskin pasayishlar ro’y 
bermadi. O’zbekiston MDH davlatlari ichida 1995 yildan beri investitsiya hajmi indeksi salbiy 
mikdorni ko’rsatmagan yagona davlat bo’lib qoldi.
Mustaqillikka erishish arafasida va mustaqil taraqqiyotning dastlabki yillarida 
iqtisodiyotimizda jiddiy tarkibiy deformatsiyalar mavjud bo’lib, ular orasida sanoatning haddan 
ortiq tarzda xom ashyoga yo’naltirilgani katta salbiy ta‘sirga ega edi.
O’zbekiston oldida ishlab chiqarishning iqtisodiy tarkibini tubdan qayta qurish, xom ashyo 
va qayta ishlovchi sohalar o’rtasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish, jahon xo’jaligiga kirib 
borishga qodir bo’lgan diversifikatsiyalashgan sanoat kompleksini shakllantirish vazifasi turardi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, iqtisodiyotning asosiy sohalari bo’lgan energetika, neft va gaz 
sanoati, oltin qazib olish va kimyo sanoati, qora va rangli metallurgiya korxonalari qatorida qayta 
ishlash sanoati sohalarini jadal sur‘atlar bilan rivojlantirish, qurilish materiallari ishlab chiqarishni 
yo’lga qo’yish asosida mamlakatning asosiy tabiiy va mineral xom ashyo resurslarini ko’proq 
ishlab chiqarishga jalb qilish ustuvor vazifa hisoblanadi. 1999 yildan boshlab iqtisodiyotning real 
sektorida mulkchilikning yangi shakliga o’tish bo’yicha choralar amalga oshirildi. Buning uchun 
iqtisodiyotning asosiy sohalari bo’lgan yoqilg’i-energetika majmuasi, metallurgiya sanoatining 
yirik korxonalari xususiylashtirildi. Iqtisodiyotning asosiy sohalaridagi yirik investitsion 
loyihalarning ro’yobga chiqarilishi va yangi qayta ishlovchi korxonalarning faol jalb qilinishi 
iqtisodiyotdagi o’sish darajasining bir meyorda oshishiga imkon yaratdi. Sanoat mahsulotlari 
eksportining oshishi hisobiga ijobiy to’lov balansi shakllandi va oltin-valyuta zahiralari oshdi. 


Valyuta bozorining liberallashtirilishi doirasida 2000 yilga qadar davlat valyuta almashtirish kursi 
va valyuta operatsiyalarini qatiy ma‘muriy nazorat qilish eksport hajmi ko’payishi va chet el 
valyutasi kirib kelishini rag’batlantirdi.
2008-2011-yillarda O’zbekiston iqtisodiyoti jahonda yuz bergan moliyaviy inqiroz 
sharoitida rivojlandi, "iqtisodiyotimizning jahon xo’jalik va moliyaviy-iqtisodiy aloqalarga o’sib 
borayotgan sur‘atlar bilan kirishib ketayotganligini hisobga olganda jahon inqirozi, birinchi 
navbatda, uning oqibatlari bizga salbiy ta‘sir ko’rsatdi.
Global moliyaviy inqirozning salbiy ta‘sirini yengib o’tish maqsadida hukumat tomonidan 
2008 yildayoq inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va qabul qilindi.
Dasturga ko’ra, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarning barqaror ishlashini 
qo’llab-quvvatlash va ta‘minlash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Sanoat sektorining jadal o’sish sur‘atlari O’zbekiston iqtisodiyotidagi tarkibiy qayta 
o’zgartirishlar ijobiy dinamikasini ta‘minladi. Umuman olganda, 1995-2011 yillarda sanoatning 
YAIM tarkibidagi ulushi 17,1 foizdan 24 foizgacha o’sdi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy qayta o’zgartirishlar samaradorligi eksport tarkibida erishilgan 
ijobiy siljishlar bilan izohlanadi. 1995-2011 yillarda xom ashyo eksportining ulushi sezilarli 
darajada, jumladan, paxta tolasi 48,4 foizdan 9 foiztacha kamaydi. Tayyor mahsulotlar ulushi 7,1 
foizdan 34,6 foizgacha oshdi, shu jumladan, mashinalar va asbob-uskunalarning ulushi 2 foizdan 
6,7 foizgacha, to’qimachilik mahsulotlari 3,1 foizdan 9,7 foizgacha, oziq-ovqat mahsulotlari 1,7 
foizdan 13,2 foizgacha oshdi.
Shu yillarda iqtisodiyotning sanoat tarmog’ida nodavlat sektorining roli keskin ravishda 
o’zgardi. Nodavlat korxonalarning sanoat subyektlarining umumiy tarkibidagi ulushi 1991 yildagi 
17 foizdan 87 foizgacha oshdi, ulardan 30 foizi xususiy korxonalardir.
2019 yilda O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard 
dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar o’sdi
.
Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi (Prezident Murojaatnomasidan. 
24.01.2020.). Sanoatning 12 ta yetakchi tarmog’ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni 
kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirila boshlandi. Natijada 2019 yilda iqtisodiy o’sish 5,6 
foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga 
ko’paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard 
dollarga yetdi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda chuqur tarkibiy o’zgarishlarning amalga oshirilishi 
natijasida respublikaning yonilg’i-energetika resurslariga bo’lgan ehtiyoji o’zi hisobidan to’la 
ta‘minlandi. Istiqlol davrida iqtisodiyotda yangi tarmoqlar avtomobilsozlik, sellyuloza-qog’oz, 
qand-shakar, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar vujudga keldi. Respublika sanoatida yuksak 
texnologiyaga asoslangan va istiqbolli tarmoqlarning, yani mashinasozlik, yoqilg’i-energetika, 
kimyo va yengil sanoat kabilarning hissasi ortib bordi. O’zbekiston iqtisodiyotining tarmoq 
tuzilishini o’zgartirishda yangi neft konlari (Mingbuloq va Ko’kdumaloq)ning ishga tushirilishi, 
Buxoro neftni qayta ishlash zavodining qurilishi, Yangi Angren va Tolimarjon GRESlari 
qurilishining jadallashtirilishi, metall ishlab chiqarilishining ko’paytirilishi muhim ahamiyatga ega 
bo’ldi. Respublikamiz uchun tamomila yangi bo’lgan avtomobilsozlik sanoatining vujudga 
keltirilishi oqibatida Avtotransport ishlab chiqaruvchilar xalqaro tashkilotining 33-to’laqonli 
a‘zosi sifatida qabul qilindi.
Biz tanlagan islohotlar modelining to’g’ri ekanligi va xalqimizning manfaatlariga to’liq 
javob berayotganini keyingi yillarda iqtisodiyotimizning barqaror sur‘atlar bilan o’sib, yangi 
marralarga ko’tarilib borayotgani orqali ko’rish mumkin. O’zbekistonda 1996 yildan boshlab 
iqtisodiy o’sish ta‘minlanib, uning sur‘atlari 2001-2003 yillarda o’rtacha 4% dan, 2004-2006 
yillarda 7% dan, 2007 yildan buyon o’rtacha 8-9% dan yuqori bo’lib kelmoqda.
Mustaqillik davrida respublikamizning tashqi iqtisodiy faoliyati yangicha mazmun va 
yo’nalishlarda deyarli qaytadan tashkil etildi. Ma‘lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda xorijiy 
mamlakatlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni 
1991 yil 1 yanvar holatiga atigi 30 tani tashkil etar edi. 2014 yilning boshiga kelib bunday 


korxonalar soni 4,7 mingtadan oshib ketdi, ya‘ni 156 baravardan ziyod o’sdi. Agar tashqi savdo 
aylanmasi 1995 yilda 6,6 mlrd. AQSH dollari hajmini tashkil etgan bo’lsa, 2013 yilda bu 
ko’rsatkich 4,4 baravar o’sib, 28,9 mln. AQSH dollari hajmiga yetdi.
O’zbekiston Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida (22.12.2017) keltirilishicha, 
2017 yilda Xalqaro valyuta fondi ma‘lumotlariga ko’ra, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi 
ichki mahsulot hajmi bo’yicha O’zbekiston dunyo reytingida 187 mamlakat o’rtasida 134-o’rinda 
turgan edi.
2017 yilda yurtimizda gaz ishlab chiqarish hajmi 56,5 milliard kub metrni tashkil etdi. 
Ammo mazkur soha yillar davomida modernizatsiya qilinmagani tufayli yo’qotish miqdori juda 
katta – 20-23 foizni tashkil etgan.
Mamlakatimizda asosiy energiya resurslarining narxi past bo’lib qolayotgani bozor 
iqtisodiyoti sharoitida o’zini oqlamasligi hammamiz yaxshi tushunamiz. Masalan, 2017 yilda 
O’zbekistonda aholi va sanoat korxonalari uchun 1 megavatt soat elektr energiyaning narxi 25 
AQSH dollarini tashkil etadi. Germaniyada esa bu narx aholi uchun – 332 dollar, korxonalar uchun 
– 144 dollardan iborat. Rossiyada tegishlicha 47 va 51 dollarni, Hindistonda 68 va 87 dollarni 
tashkil etadi. Shuningdek, 1000 kub metr tabiiy gazning narxi O’zbekistonda 32,9 dollar, 
Shvetsiyada 1552, Portugaliyada 1132 dollardan ziyod, Italiyada 1045, Germaniyada 785 
dollardan, Angliyada esa 770 dollardan ortiqni tashkil etadi. Bu raqam Rossiyada 83 dollardan, 
Qozog’istonda 45 dollardan ziyoddir.
Ko’rinib turibdiki, bizda energiya va tabiiy gaz resurslari rivojlangan davlatlarga nisbatan 
bir necha barobar arzon. Lekin resurslardan oqilona foydalanish yo’qligi natijasida tannarxning 
pasayishiga, mahsulot hajmi o’sishiga erishish qiyin bo’lmoqda.
So’nggi yillarda iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish hamda aholini ish bilan ta‘minlashni 
yaxshilashda mamlakatimizning barcha hududlarida kichik sanoat zonalar va erkin iqtisodiy 
zonalarining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etdi. O’tgan qisqa davr mobaynida ... tashkil 
etildi
Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida (30.03.2017), Surxondaryo viloyatida 
(29.03.2018), Qashqadaryo viloyatida (29.03.2018), Toshkent shahrida (18.05.2017), Toshkent 
viloyatida (10.08.2017), Navoiy viloyatida (05.06.2018), Namangan viloyatida (02.07.2018) va 
Buxoro viloyatida (11.10.2018) kichik sanoat zonalari, «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», 
«Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo’stonliq-farm» va «Parkent-farm» (03.05.2017), 
«Sirdaryo» (12.04.2018), «Buxoro-agro» (11.07.2018), «Namangan» (21.08.2018), «Urgut», 
«G’ijduvon», «Qo’qon», «Hazorasp» (12.01.2017) va «Chiroqchi» erkin iqtisodiy zonalari 
(13.09.2019) tashkil etildi. 
2017 yilgi Jahon bankining hisobotiga ko’ra, eksport-import hujjatlarini rasmiylashtirish 
bo’yicha O’zbekiston 190 ta davlat orasida 175-o’rinda turgani achinarli, albatta. Aytaylik, 
bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun Belgiyada 1 soat kifoya qilsa, bizda bunga 1 oylab 
muddat sarflangan.
2018 yilga Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash 
yili, deb nom berilishi munosabati bilan barcha tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xo’jalik 
faoliyatini tekshirishga 2 yillik (2018-2019) maratoriy joriy qilindi.
2017 yilda mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat obyekti ishga tushirildi. 
Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida bug’-gaz qurilmasi barpo etildi. Bu esa qo’shimcha 
ravishda 2,5 milliard kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Shuningdek, 
Navoiy issiqlik elektr stansiyasida ikkinchi bug’-gaz qurilmasi, Qizilqum bag’ridagi Avminzo-
Amantoy oltin konlari negizida gidrometallurgiya zavodi qurish bo’yicha ishlar davom ettirildi. 
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan Yoshlik – 1, Yoshlik – 2 konlarini o’zlashtirishga 
kirishildi. Sardoba, Markaziy Farg’ona va To’palang suv omborlarini qurish bo’yicha ishlar jadal 
davom ettirildi.
Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilina boshlandi va yuridik va jismoniy shaxslar 
xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklovsiz sotib olish va erkin sotish imkoniga ega bo’ldi.


2017 yilda mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yo’lga 
qo’yildi. Shular hisobidan 336 mingdan ziyod yangi ish o’rinlari tashkil etildi
Eng muhimi, mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalga 
oshmaydigan xomxayollarni haqiqat sifatida taqdim etishdek noma‘qul ish uslubi tanqidiy qayta 
ko’rib chiqildi. Amaliy natijadorlik, inson manfaati va yana bir bor inson manfaati islohotlarning 
bosh maqsadi etib belgilandi.
Qandim gazni qayta ishlash kompleksi ishga tushirilishi hisobidan 2018 yilda qo’shimcha 
ravishda 4 milliard 100 million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 67 ming tonnadan ziyod 
kondensat, 106 ming tonnadan ortiq oltingugurt ishlab chiqarish imkoni yaratildi.
Ayni shu asosda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy 
o’sish sur‘atlari 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko’paydi. Tashqi savdo 
aylanmasining ijobiy saldosi 854 million dollarga yetdi.
O’zbekiston iqtisodiyotining lokomotivlaridan biri bo’lgan Muborak gazni qayta ishlash 
zavodida 2018 yili qo’shimcha ravishda 6 milliard kub metr tabiiy gazni oltingugurtdan 
tozalaydigan bloklar to’liq faoliyatini boshladi. O’zagrotex-sanoatxolding aksiyadorlik jamiyatida 
2018 yilda 5 mingdan ko’proq zamonaviy traktorlar, mingdan ziyod paxta terish mashinasi va 2 
mingdan ortiq pritseplar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Prezident Murojaatnomasi (28.12.2018)da aytilishicha, davlat aktivlari tartibsiz 
boshqarilayotgani ham samaradorlikka salbiy ta‘sir ko’rsatmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda 972 ta 
davlat korxonasi aktivlarining atigi 21 foizi Davlat raqobat qo’mitasi tomonidan, qolgan 79 foizi 
vazirlik va idoralar hamda xo’jalik birlashmalari tomonidan boshqarilmoqda.
Bunday yondashuv so’nggi 27 yil davomida davlat korxonalarini qanday ahvolga olib 
kelgani hech kimga sir emas. Aviasozlik sanoati kabi butun bir soha yo’q bo’lib ketdi.
Bu borada birinchi qadam sifatida 2018 yil O’zbekenergo va O’zbekiston havo yo’llari 
tizimi tubdan isloh qilindi.
Iqtisodiyotdagi tizimli o’zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning 
ulushi 2018 yilda 35 foizni tashkil etgan bo’lsa 2019 yilda bu ko’rsatkich 37 foizga oshirildi.
Islohotlarimiz natijasida 2019 yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko’p 
yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi.
O’zbekiston Jahon bankining 2019 yilgi Biznes yuritish reytingida 7 pog’ona ko’tarilib, 
biznesni ro’yxatga olish ko’rsatkichi bo’yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o’rinni egalladi 
va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldi.
Prezident Murojaatnomasida (2020 yil 24 yanvar) 2020 yilda 23 milliard dollarlik 
investitsiyalar o’zlashtirilishi hamda 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushirilishi, jumladan, 
SHo’rtan gaz-kimyo kompleksida sintetik suyuq yoqilg’i, Navoiyazot aksiyadorlik jamiyatida azot 
kislotasi, ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlari barpo etilishi, Yangi Toshkent 
metallurgiya zavodi, Toshkent metrosining Sirg’ali tarmog’i, yer usti halqa yo’lining birinchi 
bosqichi ishga tushirilishi ma‘lum qilingan edi. 2020 yil bahoridan butun dunyo va malakatimizda 
joriy qilingan karantin chora-tadbirlariga qaramasdan bu tadbirlarning aksariyati amalga oshirildi.
2020 yil 4 dekabrda Toshkent shahrining Yangihayot tumanida barpo etilgan Toshkent 
metallurgiya zavodi ishga tushilirdi. Mazkur zavodni barpo etish 2017 yil fevralda boshlangan edi. 
Qurilish ishlariga 420 million dollar sarflangan. Ushbu majmua O’zbekiston iqtisodiyotida muhim 
ahamiyatga ega bo’ladi. Yangi korxonada yiliga 500 ming tonna rux va polimer qoplamali metall 
listlar ishlab chiqariladi. Ilgari bunday mahsulotlar asosan chetdan olib kelingan. Zavodda import 
o’rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarilib, iqtisodiyotda mahalliylashtirish darajasi sezilarli 
oshadi. Shuningdek, yiliga 90 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan. 
Majmuada 700ga yaqin kishi ish bilan ta‘minlandi. Turdosh tarmoqlar bilan birga 5 mingta yangi 
ish o’rni yaratildi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin