Yuzaga kelgan vaziyat davlat boshqaruv organlari tuzilmalari va iqtisodiyotning ushbu
sektori uchun bozor infratuzilmalarini takomillashtirish zaruriyatini kun tartibiga qo’ydi. Shularni
nazarda tutgan holda, O’z Rning birinchi Prezidenti Islom Karimov shunday deb ta‘kidlagan edi:
"Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun hamma yo’lni ochib berish
kerak. Tadbirkorlik
tuzilmalarining moliya, bank va boshqa bozor tuzilmalari bilan
munosabatlarini mustahkamlash, eng muhimi, kredit olish yo’lida mavjud to’siqlarni olib tashlash
lozim. Ularning xom ashyo resurslaridan foydalanishlariga keng yo’l ochib berish, ular ishlab
chiqarayotgan mahsulot mamlakatning o’zida ham, uning tashqarisida ham sotiladigan bozorni
kafolatlovchi tizimni barpo etish darkor" (Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan
quramiz. 7-j. -T.: O’zbekiston, 1999. B. 375.).
Iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va chuqurlashtirishga doir vazifalardan kelib
chiqqan holda, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, rag’batlantirishni kuchaytirishga qaratilgan
davlatning barqaror va har tomonlama asoslangan siyosatini yuritish maqsadida, ushbu bosqichda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha Respublika
muvofiqlashtiruvchi kengashining faoliyati kuchaytirildi. Davlat mulk qo’mitasi, Davlat soliq
qo’mitasi, Tashqi
iqtisodiy aloqalar vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, Monopoliyadan
chiqarish, Raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash Davlat qo’mitasi, tijorat banklari va
boshqalarning xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash borasidagi funksiyalari, faoliyat doiralari
hamda yo’nalishlari kengaytirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznes
subyektlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2000 yilda 31 foizga yetdi.
Uchinchi bosqich 2000-2010 yillar. Bu davrda makroiqtisodiy jabha, shu jumladan,
tadbirkorlik sohasida ham iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan say-harakatlar iqtisodiy
islohotlarnint mazmun-mohiyatini tashkil etdi. Ushbu bosqichning tendensiya va xususiyatlari, bir
tomondan, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik
va texnologik qayta qurollantirish bo’yicha dasturlarni qabul qilish, boshqa tarkibiy o’zgarishlar
bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, kichik biznesning rivojiga keng imkoniyatlar yaratuvchi, ular
faoliyatiga noqonuniy aralashishlarni cheklovchi, ro’yxatdan o’tkazish tartibini yengillashtiruvchi
bir qator huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi bilan tavsiflanadi.
Mazkur bosqichda xususiy tadbirkorlikni keng ko’lamda rivojlantirish uchun shart-sharoitlar
yaratish va uni kafolatlashga qaratilgan qator huquqiy-meyoriy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan,
2000 yilda qabul qilingan O’z Rning "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida"gi
Qonuni muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur Qonun bilan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat
ro’yxatidai o’tkazish mexanizmi soddalashtirildi, fuqarolarning tadbirkorlik
faoliyatida erkin
ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratildi, tadbirkorlarning
imtiyozli kredit olish uchun huquqlari mustahkamlandi. Mamlakat Prezidentining 2003 yil 24
yanvardagi "O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish
chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoni xususiy sektorning milliy iqtisodiyotdagi ulushini
oshirishning asosiy strategiyasi bilan birga, tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va
rag’batlantirishning yangi mexanizmlari, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi
"Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan
takomillashtirish to’g’risida"gi 357-sonli Qarori yagona soliq to’lovini joriy etish, tadbirkorlik
faoliyatini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirishni
ta‘minladi.
To’rtinchi bosqich 2010 yildan boshlanadi. 2011 yilning "Kichik biznes va xususiy tadbir-
korlik yili" deb e‘lon qilinishi hamda Islom Karimovning 2010 yil 27
yanvarda Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish
va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimizdir" nomli ma‘ruzasi ushbu tarmoqda
yangi bosqichning boshlanishiga asos bo’ldi. Dastur va ma‘ruzada qayd etilgan fikrlar
iqtisodiyotning muhim sohasi va harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik rivojiga ustuvor axamiyat berish bo’yicha avvalgi yillarda boshlangan ishlarning
uzviy davomi edi.
Bu bosqichda belgilangan vazifalar 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan «Inqirozga qarshi choralar
davlat dasturi»dan kelib chiqib, unda kichik biznesni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash siyosati
aniq manzilli xususiyat kasb etganligini alohida qayd etish zarur. Dastur bo’yicha tadbirkorlarni
qo’llab-quvvatlash bo’yicha puxta chora-tadbirlar amalga oshirildi, kichik biznes subyektlarining
tijorat banklari kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi, ishlab chiqarish bilan
shug’ullanuvchi kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi yanada pasaytirildi.
Fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to’lashdan manfaatdor bo’lishi kerak.
2019 yildan boshlab joriy etilgan yangi soliq konsepsiyasining eng asosiy g’oyasi soliq yukini
kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qo’llashdir. Shu orqali iqtisodiyotimiz
raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va investorlar uchun har tomonlama qulay muhit
yaratishga erishish mumkin.
So’nggi yillarda, xususan 2019 yilda yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5
barobar kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga
ko’paydi.
Qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan 2019
yili soliq to’lovchilar ixtiyorida 2 trillion so’m qoldi. 2020 yilda bu raqam 11 trillion so’mni tashkil
etishi kutilmoqda. Bir yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag’ qolishi, albatta, ularga o’z
bizneslarini
rivojlantirish
uchun
juda
katta
qo’shimcha
imkoniyatlar
yaratadi.
(O’z.R.Prezidentining Parlamentga murojaatnomasidan. 24.01.2020).
Dasturning ustuvor vazifalarini bajarish yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida 2011
yilda iqtisodiyotda kichik biznes sektorining barqaror o’sishi ta‘minlandi. YAIMdagi uning ulushi
2000 yildagi 31,0 foizdan 2011 yilda 54
foizga yetib, shundan 33,7 foizi kichik korxona va
mikrofirmalar, 20,3 foizi yakka tartibdagi tadbirkorlar hisobiga to’g’ri keldi.
Iqtisodiyotning ushbu sektorida o’sishga, eng avvalo, ichki omillar ta‘sirida erishildi:
izchillik bilan amalga oshirilayotgan, birinchi navbatda, soliq yukini kamaytirishga qaratilgan
oqilona soliq siyosati, xo’jalik yurituvchi subyektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy
barqarorligini yuksaltirishga xizmat qildi. Shuningdek, investitsiyalar kiritayotgan va yangi
mahsulotlarni o’zlashtirayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga qo’shimcha
imtiyozlar berilishi va qulayliklar yaratilishi,
shubhasiz, muhim rol o’ynadi. Bugungi kunda
ko’plab kichik biznes subyektlari o’n mingdan ortiq nomdagi tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarmoqda. Jumladan, import o’rnini bosuvchi va yirik korxonalar bilan kooperatsiyalashuvni
ta‘minlovchi mahalliylashtirilgan mahsulotlar ham ishlab chiqarilmoqda.
Sektorda yangi ish o’rinlari yaratish va aholini ish bilan ta‘minlashda ham barqaror ijobiy
o’sish kuzatildi. Faoliyat yuritayotgan subyektlar sonining o’sishi 604 ming yangi ish joylari
tashkil etilishini ta‘minladi. Bu umumiy yaratilgan yangi ish o’rinlarining 65,0 foizini tashkil etdi.
Natijada, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorida band bo’lganlar soni 8,9 mln. kishiga
yetib, umumiy band bo’lganlarning 74,8 foizini tashkil etdi.
Prezident SH.Mirziyayevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida keltirilishicha: Jahon
bankining biznes yuritish sohasidagi 2018 yilgi reytingida mamlakatimiz qurilish bo’yicha 134-
o’rinni egallagan. Bu esa sohada ko’plab muammolar borligidan dalolat beradi. Misol uchun,
qurilish sohasida ruxsat berishga oid 17 ta tartib mavjud bo’lib, ularni olish uchun o’rtacha 246
kun sarflanadi. Bu adolatsizlik emasmi?.
So’nggi yillarda Jahon bankining Biznes yuritish reytingida eng yaxshi 50 ta mamlakat
qatoriga kirish bo’yicha barcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar qabul qilindi. 2019 yilda qabul
qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu 2020 yildan boshlab soliq turlari 13 tadan 9 taga
kamaytirildi. Soliqlarni to’lash muddatini uzaytirish yoki bo’lib-bo’lib to’lashga ruxsat berish
bo’yicha yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi. (Prezident Murojjaatnomasi. 24.01.2020.)
Shunday qilib, kuchli raqobat sharoitida milliy korxonalarimizning jahon xo’jalik tizimiga
izchil kirib borishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim ahamiyat kasb etdi. Aynan
iqtisodiyotda tarkibiy
qayta qurishning jadallashyvi, modernizatsiyalash va barqaror uzoq