Reja: «Demi plie» Umumiy ko'rsatmalar «Battment Tendu»



Yüklə 137,5 Kb.
səhifə1/3
tarix09.12.2023
ölçüsü137,5 Kb.
#138580
  1   2   3
Dastgox oldida mashqlarni ekzersis o\'rganish uslubiyoti


Dastgox oldida mashqlarni (ekzersis) o'rganish uslubiyoti
Reja:

1 «Demi plie»


2 Umumiy ko'rsatmalar
3 «Battment Tendu»
4 «Grand Battement Jete»


«PLIE»
«Demi plie» - yarim o'tirish va «grand plie» - chuqur o'tirish xoreografiyada muhim rolo'ynovchi Axilliyev paylari va boldir-to'piq bo'g'inlarining elastikligi hamda mustahkamligini rivojlantiradi. O'tirishlarda, ayniqsa chuqurida, vertikal (tik) holatai saqlab turuvchi tana faol ishtirok etadi. Bu bel mushaklarining rivojlanishi va mustahkamlanishiga xizmat kiladi.
«Demi plie» - yarim cho'qqayish sakrashlarning ajralmas yo'ldoshidir: har qanday sakrash elastik va tutilgan yarim cho'qqayish bilan boshlanadi va tugaydi. Shuning uchun, unga faqat pozisiyalarda emas, balki harakatning turli kombinatsiya-larida alohida e'tibor berish kerak.
Umumiy ko'rsatmalar
Boshlang'ich tayyorgarlikda cho'qqayishlami yog'ochga yuzlangan holatda yarim cho'qqayishdan boshlash kerak. IV holatga (oyoq holatlarini o'rganishdagi kabi), o'quvchi tayoqqa bir qo'l bilan tayanib yarim cho'qqayishni bajarayotgan vaqtda, ishga oxirida kirishiladi.
Chuqur cho'qqayib o'tirish keyinroq o'rganiladi, chunki tiklangan, tovonlarni tashqariga yo'naltirish va yetarli darajada kuchli oyoqlarni hamda tiklangan va mahkamlangan tanani talab qiladi.
Bu sifatlar oyoq holatlari, yarim cho'qqayishlar, «battements tend us» va poldagi boshqa harakatlarni o'rganish jarayonida hosil qilinadi. Faqat undan keyingina chuqur cho'qqayishlami o'rganishga o'tish mumkin.
Cho'qqayish va yarim cho'qqayishlarda oyoqlaming kaftini tashqariga yo'naltirilganlik holatiga alohida e'tibor beriladi, aks holda Axilliyev payi ishga to'liq kirishmaydi va yetarli rivojlanmaydi.
Oyoq panjasining ichki tomoniga, bosh barmoqlarga «bosi-lish»ga yo'l qo'ymaslik zarur. Tana og'irligi ikkala oyoqqa teng taqsim qilinadi. Qomat to'g'ri va tortilgan bo'lishi kerak, tana beldan bukilmasin, dumba mushaklari tarang va ichga tortilgan (ayniqsa II holatda cho'qqayishlar bajarganda). Oyoq mushaklari ham shuningdek tarang; tizzalar o'ta yozilgan (ochilgan) va o'tirishda oyoq uchlari tomonga yo'nalgan (tizza oyoq uchi qarshisida).
O'tirish va tiklanish siltanmay bir maromda kechadi, shu bilan birga, eng quyi nuqtaga etishganda «plie» holatda ushlanib qolmay; uzluksiz harakatlanib, darhol tiklanish kerak.
Boshlang'ich tayyorgarlikda yarim cho'qqayish va to'liq cho'qqayish alohida o'rganiladi, har biri barcha oyoq holat-larida 2 martadan. Keyinchalik 2 ta yarim cho'qqayish bilan to'liq cho'qqayishni qo'shish mumkin bo'ladi.

Yüklə 137,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin