Arpa donining anotomik tuzilishi va ishlab chiqarishdagi ahamiyati
Arpa donini qobiqdorligi 8...15 % gacha, suliniki 20...40 % gacha, sholiniki 14...35 % gacha, tariqniki 16...22 % gacha, grechixaniqi 17...25 % gacha o'zgarib turadi. Endosperm miqdoriga donning yirikligi katta ta'sir ko'rsatadi. 2a-28x20 elagining qoldig’i bo'lgan yirik fraktsiya bug’doy doni uchun endosperm 83...85 % ga teng, 2a-20x20 elagining elanmasi va 2a-18x20 elagining qoldig’i bo'lgan mayda fraktsiya uchun endosperm miqdori 78...80 % gacha kamayadi. Sholi, suli va boshqa ekin donlarining yirikligi kamayishi bilan donning qobiqdorligi oshadi. Anatomik qismi bo'yicha don uchga bo'linadi: endosperm, murtak va ularni urab turgan qobiqlar - donni himoyalovchi qavat. Har bir qism murakkab tuzilish va tarkibga ega. Boshoqli donlar, ya'ni bug’doy, arpa, javdar, tritikale, suli donlarining ichki qismida jo'yakchasi bo'lib, maxsus burma shaklda endosperm ichiga kirgan.

Navli un va yorma ishlab chiqarishda donning tashqi qavatlari qo'shimcha mahsulot - kepak (qipiq), ozuqa uni (muchka) ko'rinishida ajratib olinishi, donning endospermi esa tayyor mahsulotga aylantirilishi lozim. Donning anatomik qismlarini bunday alohida mahsulotlarga ajratish murakkab muhandislik vazifasi bo'lib hisoblanadi. Navli un tortishda olingan mahsulotlarning yanchish va navlab elanishi ko'p bosqichli jarayonda o'tkaziladi; bunda mayda yanchilgan endosperm unga, qobiqlar aleyron qavat bilan birgalikda yirik mahsulot sifatida - kepakka; murtak esa alohida mahsulot sifatida ajratib olinishi maqsadga muvofiq. Yorma ishlab chiqarishda yormabop ekinlar boshlanishida qobig’idan ajratiladi. Hosil bo'lgan mahsulotlar tarkibidan toza mag’iz ajratib olinadi. Mag’izda qolgan aleyron qavatni va boshqa qobiqlarni olib tashlash uchun u qayroqlanadi.