Reja Ekologik madaniyat. O`quvchilarda ekologik madaniyatni shakillantirish Ekologik tarbiya



Yüklə 29,91 Kb.
səhifə2/5
tarix11.10.2023
ölçüsü29,91 Kb.
#129966
1   2   3   4   5
Ekologik madaniyat

Annotatsiya. Hozirgi kunda insoniyat oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri bu tabiat boyliklarini kelgusi avlodga tabiiy holatda yetkazib berishdan iborat. Bu muammoni hal etishning eng samarali usullardan biri o’sib kelayotgan yosh avlodni tabiatni sevuvchi va ekalogik madaniyatli shahs qilib tarbiyalashdan iboratdir. Bu vazifalarning yechimi bevosita boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan Tabiatshunoslik va Atrofimizdagi olam fani bilan chanbarchas bog’liqdir.
Annotation. One of the most important tasks facing humanity today is to pass on these natural resources to the next generation in a natural state. One of the most effective ways to solve this problem is to educate the younger generation to love nature and be ecologically cultured. The solution of these problems is directly related to the natural sciences and the world around us, which are studied in the primary grades. Kalit so’zlar. Ekalogiya, ekalogik madaniyat, tabiat, ekolgik ma’sulyat, tabiiy resrus, tabiiy muhit, tabiat omillari, ekologik madaniyatli shaxs, ekologik tarbiya omillari, tabiatshunoslik, artofimizdagi olam. Keywords. Ecology, ecological culture, nature, ecological responsibility, natural resources, natural environment, natural factors, ecologically cultured person, ecological upbringing factors, natural sciences, the world around us. Ishlab chiqarish jarayoni tabiatdan 100 shartli birlikda xomashyo oladi, lekin olingan xomashyoning 3-4 qismidan foydalanadi xolos, qolgani esa ifloslangan modda va chiqindilar ko’rinishida atrof-muhitga chiqarib tashlanadi. Industriya jihatidan rivojlangan mamlakatlarda tabiatdan har yili jon boshiga o’rtacha 30 tonna modda tabiatdan olinadi, shundan ayrim hollarda 1-1.5% istemol qilinadigan mahsulot shakliga kiradi, qolgani esa ko’pincha tabiat uchun ham xavfli bo’lgan chiqindiga aylanadi. Fan texnika inqilobi shunga olib keldiki, birinchidan biosferaning xarakat qilish jarayonlari jadallashadi, ikkinchidan biosferada materiya va energiyaning yangi ko’rinishlari joriy qilinadiki, ular tabiatda tabiiy ko'rinishda bo'lmaydi, uchinchidan tabiat kuchlari va qonuniyatlari tobora yangi yo'nalishdagi harakterga ega bo’lib bormoqda. Jamiyatning tabiat bilan munosabatlaridagi uyg’unlashuv talablari insoniyat oldiga yangi-yangi muammolarni qo'yaversa, bora-bora insonlarning ham tabiatda yashashi qiyinlashib boraveradi. Hozir atrof muhitga salbiy ta'sir o'tkazishning asosiy yo'nalishlari - bu ilmiy texnika taraqqiyotini industrlashtirish va sanoatning yuqori suratlarda o'sishi, moddiy iste'molning yuqori darajadaligi deb xisoblanmoqda. Keyingi yillarda ilgari ma'lum bo'lmagan butun bir guruh kasalliklar yuzaga keldi va aniqlandi, o'ziga xos epidemiologik hamda amaliyotga ega yuqumli kasalliklar, oldini olish murakkab bo’lgan genetik kasalliklar, endokrin, allergik va zaharlanish kasalliklari, shu jumladan ilgari bo'lmagan kimyoviy moddalar massasini ko’payishidan avj oladigan zaharlanish allergik kasalliklari shular jumlasidandir. Shunday qilib atrof muhit aholining sog'lig'ini va umuman insoniyat rivojini belgilovchi omillar orasida muhim rol o'ynadi. Bu esa unga to’g’ri va oqilona munosabatda bo’lishni qat’iy talab qiladi. Yuqorida aytib o’tilganidek hozirgi kunda insoniyat oldida turgan eng katta muammolardan biri bu tabiatni tabiiy holda saqlab qolishdir. Fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi, ishlab chiqarish texnologiyalarining nomukammalligi, insonlarning tabiatga nisbatan iste’molchilik ehtiyojining ortishi - bularning barchasi jamiyat bilan tabiatning o’zaro aloqasidagi ziddiyatlar keskinlashuvining bosh sababidir. Jamiyatning tabiatga ta’sir o’tkazish kuchi shu darajaga borib yetdiki, natijada ular o’rtasidagi o’zaro uyg’unlikka putur yetib, tabiiy muvozanatning buzilishiga olib keldi. Bu vazifani hal qilishdagi eng asosiy omillardan biri bu o'sib kelayotgan yosh avlodni ekalogik madaniyatli va ma`sulyatli qilib tarbiyalashdir.

Yüklə 29,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin