Elektr ta’minoti tizimida elektr yuklamalarini aniqlash va transformatorlarning quvvati hamda sonini tanlash.
Reja:
1. Elektr yuklamalarini aniqlash koeffitsentlari.
2. Elektr yuklamalarini aniqlashning asosiy usullari.
3. Transformatorlar quvvatini aniqlash.
4. Transformatorlar sonini aniqlash mezonlari.
Zamonaviy sanoat korxonasining elektr ta’minoti tizimini loyihalashda yechilishi kerak bo‘lgan murakkab texnik-iqtisodiy masalalarning asosini ko‘tilayotgan elektr yuklamalarni to‘g‘ri aniqlash tashkil etadi. Elektr yuklamalarni hisoblash har qanday elektr ta’minlash tizimini loyihalashda birinchi boskich hisoblanadi. Elektr yuklamalarning ko‘rsatgichlari elektr tizimiga sarf bo‘ladigan kapital mablag‘larni, rangli matellar sarfini, elektr energiyasining nabudgorchiligini va ekspluatatsiya xarajatlarini belgilaydi. Agar hisobiy quvvatni oshirib aniqlansa kapital mablag‘larni ortishiga, tanqis bo‘lgan elektr qurilmalar va o‘tkazgichlarni to‘la imkoniyat darajasida ishlamasligiga va elektr energiyasining nabudgarchiligini oshishiga sabab buladi. Yuklamani kamaytirib aniqlash esa, elektr qurilmalarini tez ishdan chiqishiga, ayrim agregatlarning ish unumdorligini kamayishiga elektr ta’minoti tizimida nobudgorchiliklarni oshishiga elektr energiyasi sifat ko‘rsatgichlarini yomonlashishiga va elektr ta’minoti tizimining ishonchligini kamayishiga olib keladi. Shuning uchun kutilayotgan yuklamalarni to‘g‘ri aniqlash elektr ta’minoti tizimini optimal loyihalashtirishning asosiy omilidir. Hisobiy aktiv quvvat sifatida shunday davomli o‘zgarmas yuklama qabul qilinadiki, uning ta’siridan o‘tkazgich haroratining oshishi yoki izolyatsiyaning issiqlikdan eskirish darajasi, kutilayotgan o‘zgaruvchan yuklamadagiga ekvivalent bo‘ladi. Smena davomida ma’lum vaqt oraligi (10 min. yoki 30 min. yoki 60 min. yoki...) uchun olingan barcha o‘rtacha quvvatlarning eng kattasi maksimal quvvat sifatida qabul qilinadi. Elektr ta’minoti tizimining elementlarini ularning qizishi nuqtai nazaridan qabul qilinsa, hisobiy 45 quvvat sifatida 30 minutli maksimal yuklama olinadi. Bu vaqt oralig‘i ko‘ndalang kesim yuzasi kichik va o‘rta bo‘lgan o‘tkazgichlarining qizish vaqt doimiyligiga yaqin hisoblanadi. Agar sex tarmoqlari o‘tkazgichlarining qizish vaqt doimiyligi 0,5 soatdan katta bo‘lsa, maksimum koeffitsientining miqdori quyidagi munosabat orqali qayta hisoblanadi:
Km = 1+ (Km-1)/√2t
Bu yerda, Km - maksimum koeffitsientining vaqt doimiyligi 0,5 soat bo‘lgandagi qiymati; Km.t - maksimum koeffitsientining vaqt doimiyligi t bo‘lgandagi qiymati. Ko‘ndalang kesim yuzasi har xil bo‘lgan o‘tkazgichlar uchun qizish vaqt doimiyligi T ning miqdorlar (min.) quyidagi jadvalda keltirilgan.
Joiz qizish bo‘yicha 30 minutli maksimal yuklama hisobiy yuklama sifatida qabul qilingan. Umumiy holda maksimal o‘rtacha kvadrat, o‘rtacha va hisobiy yuklamalar o‘rtasida quyidagi munosabat saqlanadi.
Hisobiy quvvatni ushbu usulda aniqlash uchun iste’molchilar guruhining o‘rnatilgan Pn quvvati, quvvat koeffitsienti cos va talab koeffitsienti Kt.a ning qiymatlari ma’lum bo‘lish kerak.
Px = Kt.a * Pn
Qx = Px * tgφ
Sx=√P2 +Q2 =11Equation Section (Next) Px / cosφ
Bu yerda, Kt.a - mazkur guruh iste’molchilari uchun talab koeffitsienti(qiymati ma’lumotnomalardan olinadi); cos - guruh iste’molchilari uchun ma’lumotnomadan olinadigan quvvat koeffitsienti; tg ning miqdori cos ga mos keladi. Talab koeffitsienti usuli sanoat korxonalarining elektr ta’minoti yuqori pog‘onalaridagi hisobiy quvvati aniqlashda foydalanadi. Elektr ta’minoti tizimining tugunlaridagi(sexlar, korxonalar, korpuslar) hisobiy quvvat alohida iste’molchilarining hisobiy quvvatlarini yig‘indisi asosida maksimumlar har xilligi koeffitsientini hisobga olgan holda aniqlanadi.