MAVZU: Microsft Excel dasturi. MS Excelda amallar bajarish va sodda ifodalarni hisoblash. REJA: Elektron jadvallar haqida tushuncha.
MS Excel dasturida amallar bajarish.
MS Excel dasturida sodda ifodalarni hisoblash.
Birinchi elektron jadval dasturi VisiCalc nomi bilan o‘tgan asrning 80-yillari boshida ishlab chiqilgan. Undan keyin kompyuterlarning turlari va vazifasiga qarab SuperCalc, Multiplan, Framework, Simphony, Works, 1C-Buxgalteriya, Master, MS Excelva boshqalar ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilmoqda.
Dastlabki naqli (versiyasi) 1994 yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va takomillashtirib borilayotgan Excel dasturi hozirgi kunda eng ommalashgan jadval protsessoridir.
MS Excel 2010 elektron jadvalida yangi interfeysi asosida tasma (ingliz tilida “Ribbon”) deb nomlanuvchi va asosiy oynaning yuqori qismida joylashgan ko‘p varaqli soha joylashgan.
MS Excel 2010 ning tasmaning har bir bo‘lagida muayyan vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan tugmalar majmuasi jamlangan:
Bosh oynaning yuqori chap burchagida tez-tez ishlatiluvchi murojaatni osonlashtiruvchi panel mavjud bo‘lib, u yerda xotirada saqlash, oxirgi amalni bekor qilish kabi amallarni tez va oson bajarish mumkin.
Ushbu panelga yangi buyruqlar kiritish orqali imkoniyatini oshirish mumkin.
Tasmaning tagida elektron jadvalning ishchi sohasi joylashgan. Jadval ko‘rinishida berilgan fayl Excelda kitob (Книга) deb ataladi. Kitob esa Avvalambor, kalkulyatorning imkoniyatlari va kamchiliklari haqida o‘quvchilarga ma’lumot beriladi.
Insonlarda hisob-kitoblarni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi dasturlarga bo‘lgan talab kuchaydi. Odatda, bunday dasturlarni elektron jadvallar yoki jadval protsessorlari deb nomlashadi.
Elektron jadvallar avvalo iqtisodiy masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan. Lekin ularning yordamida muxandislik masalalarini yechish, formulalar bo‘yicha hisob-kitoblar bajarish mumkin.
Elektron jadvallar qo‘llanilayotgan sohalar juda ko‘p. Masalan: moliya, buxgalteriyaga oid (xususan, ish haqini hisoblash), har xil iqtisodiy, texnik hisoblar, kundalik, xo‘jalik mollari va mahsulotlarni sotib olish hisoblari va hokazolar.
Elektron jadvallarning asosiy vazifasi ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida tasvirlash va qayta ishlash bo‘lib, birlamchi vazifasi hisob-kitoblarni avtomatlashtirishdir.
Elektron jadvallar beradigan imkoniyatlar dasturlarning turlariga bo‘g‘liq bo‘lib, asosan, quyidagilardan iborat:
ma’lumotlarlarni jadval ko‘rinishida tasvirlash va ko‘rinishini o‘zgartirish;
ma’lumotlar asosida turli ko‘rinishda shakllar hosil qilish va tahrirlash;
ma’lumotlar ombori hosil qilish va uning ustida amallar bajarish.
1-mashq. B1 katakka 231 ini, B2 katakga 569 ni kiritib, ularning yig‘indisini B3 da hosil qiling.
Bajarish:B3 katakka = belgisini yozish orqali MS Excel 2010 kiritish rejimiga o‘tadi. So‘ngra sichqonchaning chap tugmasi B1 katak ustida bosilganda, ushbu manzil B3 da hosil bo‘ladi. Navbatdagi qadamda + kiritilib, keyin B2 katak ustida yana sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Natijada B3 da B1+B2 yozuvi paydo bo‘ladi. Enter tugmasi bosilgandan so‘ng, bajarilgan amal natijasi B3 da hosil bo‘lib, Formulalar satrida =B1+B2 ifoda yoziladi.
Odatda, tayyorlangan xujjatni diskda fayl ko‘rinishida biror nom bilan saqlab qo‘yish mumkin. Excel dasturi asosida tayyorlangan faylning kengaytmasi .xls (eslang, Wordda -.doc, Bloknotda - .txt, Paintda - .bmp) bo‘ladi.
Elektron jadvallarda jadval bo‘ylab sichqoncha, kursorni boshqarish (yo‘nalish) klavishalari, varaqlash (PgUp va PgDn) klavishalari, Home va End klavishalari yordamida harakatlanish mumkin.
A1 katakka 1 ni kiriting, B1 ga 2 ni kiriting, C1 da A1+B1 ni hisoblang, D1 katakka 15 ni kiriting, E1 ga 12 ni kiriting, F1 da D1–E1 ni hisoblang va G1 da C1*F1 ni hisoblang;
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar :
1.Birinchi electron jadvalni bilasizmi?
2.MS Excel dasturi nechanchi yili ishlab chiqarilgan?
3. Qanday electron jadvallarni bilasiz?
4. Ribbon nima?
Uyga vazifa: Excelda Kitob va varaq hosil qilish uchun bajariladigan amallar ketma-ketligini yozish.
2*.Algebraik ifodalarni Excelda yozilishiga misollar tuzish.
3. Excel elektron jadvali yordamida(a+b)*(c+d) ifoda o‘zgaruvchilarning ixtiyoriy qiymatlarida hisoblang.