Reja: Evolutsion biologiya va uni yo’nalishlari Evolutsiyaning sintetik nazariyasi Biologik xilma-xillik va uni baholash Evolutsion biologiya va uni yo’nalishlari


Biologik xilma-xillik va uni baholash



Yüklə 73 Kb.
səhifə3/3
tarix04.03.2023
ölçüsü73 Kb.
#123805
1   2   3
evolyutsion biologiya biologik xilma

3. Biologik xilma-xillik va uni baholash
Tabiatni Saqlash Xalqaro Ittifoqi ta'rifiga ko'ra bioxilma-xillik - hayotning barcha shakllari ko'rinishlari va uyushmalarining xilma-xilligidir. Bioxilma-xillik yoki biologik xilma-xillik termini Yerdagi barcha jonli narsalar - hayvonlar, o'simliklar, mikroorganizmlar, barcha genotiplar va ekosistemalarning xilma-xilligini anglatadi. Bu termin muayyan organizm haqidagi statistik tushuncha emas, balki u biologik dunyoning barcha qismlarining o'zaro bog'liqligini anglatadi. Odatda bioxilma-xillikni uch bosqichda ko'rib chiqiladi: turlar xilma-xilligi - ya'ni barcha o'simliklar va hayvonlarni, shuningdek qo'ziqorinlar va mikroorganizmlarni xilma-xilligi; genetik xilma-xillik - tur chegarasidagi genetik materialning xilma-xilligi; ekosistemalar xilma-xilligi - ekosistemalarning turli-tumanligi (masalan, o'rmon, tog', dasht yoki savanna, cho'l va h.k.). Bu barcha bosqichlar birgalikda bioxilma-xillik komponentlarini shakllantiradi. Bu xilma-xillik ekosistemalarni ishonchli faoliyat ko'rsatishiga ko'maklashadi hamda biologik boylik va moslashishning asosi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining O’rmon xo’jaligi Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 11 yanvar kuni qo’riqxonalar va milliy bog’lar kuni munosabati bilan "O’zbekiston: muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi" mavzusida davra suhbatini tashkil etdilar.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi O’zbekistonning biologik xilma-xilligini muhofaza etishda asosiy o’rinni egallaydi. O’zbekistonning Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimiga 8 ta davlat qo’riqxonasi, Quyi-Amudaryo biosfera rezervati, 2 ta milliy tabiat bog’, 9 ta buyurtmaxona va jonivorlarning noyob turlarini ko’paytirish bo’yicha respublika "Jayron" ekomarkazi kiradi.
Mazkur tizimda davlat tabiat qo’riqxonalari asosiy o’rinni egallaydi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat qo’riqxonalari hududlari qat’iy muhofaza rejimi ostida bo’lib, unda yil davomida yovvoyi tabiatni muhofaza qilish borasida kuzatuvlar olib boriladi. Qo’riqxonalarning asosiy maqsadi qimmatli tabiiy ob’yektlar, landshaftlar, noyob va qimmatli o’simliklar hamda hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdir. Bugungi kunda qo’riqxonalarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar aholi o’rtasida muhofaza etiladigan yovvoyi tabiat boyliklarining muhimligini anglash, Yer yuzidagi hayotni saqlashda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning o’rni bilan bog’liq keng targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borishga da’vat etilgan.
Qator mamlakatlar bioxilma-xillikni muhofaza qilishda Milliy bog’larni rivojlantirishga xissalarini qo’shmoqdalar.
2011 yilning 26 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 243-sonli Qarori bilan 68717, 8 ga maydonga ega Quyi-Amudaryo davlat biosfera rezervati tashkil etildi. Mazkur rezervat "Baday-to’qay" davlat qo’riqxonasi bazasida tashkil etildi. Qo’riqlash hududi 11568, 3 ga bo’lib, qat’iy muhofaza rejimi ostidagi hudud hisoblanadi.
Biosfera rezervati qo’riqxona va buyurtmaxona vazifalarini bajaruvchi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toifasiga kiradi. U o’z faoliyatida biologik xilma-xillik hamda biologik resurslardan fuqarolar va xo’jalik yurituvchi sub’yektlar manfaatlari yo’lida ulardan barqaror foydalanishdek faoliyatni o’zida mujassam etadi.
Biosfera rezervatlari nafaqat u joylashgan hududda istiqomat qiluvchi aholining tabiat bilan uyg’un holatda rivojlanish imkonini beradi, balki jamiyat ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv O’zbekiston Respublikasining biologik xilma-xilligini muhofaza qilish bo’yicha Milliy strategiyasi va chora-tadbirlar rejasida o’z aksini topgan.
Hayvonlarning noyob turlarini ko’paytirish bo’yicha respublika markazi ("Jayron" ekomarkazi) maydonining kengaytirilishi mazkur yo’nalishda olib borilayotgan siyosatning yorqin misolidir. 2009 yilning 2 fevral kuni Buxoro viloyati hokimining 80-sonli qarori bilan 9369 ga maydon ekomarkaz balansiga o’tkazildi. Bugungi kunda ekomarkaz jayron, qulon, Prjeval otlari, buxoro tog’ qo’yi kabi jonivorlarning noyob turlarini ko’paytirish bilan shug’ullanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo’yicha asosiy me’yoriy-huquqiy hujjat bu - O’zbekiston Respublikasining 2004 yil dekabrda qabul qilingan "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida" gi Qonuni hisoblanadi.
Mazkur Qonunga muvofiq muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi: Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Davlat geologiya qo’mitasi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat nazorati O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur Qonun shuningdek, "Biologik xilma-xillik to’g’risida", "Yovvoyi hayvonlarning ko’chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish to’g’risida" hamda "Xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan suv-botqoqli hududlar to’g’risida" gi va boshqa Konvensiyalar yuzasidan olingan xalqaro majburiyatlarning amalga oshirilishini ham ta’minlab berdi.
Flora va faunaning noyob turlarini tiklash hamda ko’paytirish bo’yicha har yili muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu hududlar qator yirik tadqiqot, izlanish va kuzatishlar uchun tabiiy baza bo’lib xizmat qilmoqda. Qo’riqlash hududlari mutaxassislarining ilmiy izlanishlari «Trudы zapovednikov Uzbekistana» ilmiy monografiyasiga jamlangan. Dastlabki nashrning chop etilganidan buyon 19 yil vaqt o’tdi (1996). Mazkur yillar mobaynida uning 7 ta nashri chop etilib, tabiat shaydolari va ilmiy guruhlarning sevimli ommabop kitobiga aylandi.
Bugungi kunda O’zbekistonda bioxilma-xillikni saqlash hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish sohasida qator xalqaro loyihalar amalga oshirilmoqda: "Qo’riqxonalar misolida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy tizimi barqarorligini ta’minlash", "O’zbekiston neft va gaz tarmog’iga bioxilma-xillikni saqlash tamoyillarini joriy qilish" va boshqalar.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi tadbirlar sababli mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organlari, jamoatchilik tashkilotlarining hamkorlikdagi faoliyatlari respublikaning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarining yagona o’zaro bog’liqlik tizimini tashkil etishi lozim.

Bioinformatika nuqtai- nazaridan olib qaraganda biologik xilma –xillikni baholash eng muhim harakatlardan hisoblanadi. bunda bioinformatiklarning asosiy vazifasi nobud bo’lib borayotgan turlarning butun genomini saqlash, DNK ketma –ketligini tahlil qilish, saqlash va kelajakda ushbu tur butunlay yo’qolib ketgan taqdirda uning genomidan foydalanib ularni qayta tiklashni maqsad qilib qo’yadi.



Xulosa
Atrof-muhitning tarixiy davrlar mobaynida keng yoki tor doirada o’zgarishi odatda organizmlar umumiy yoki xususiy moslanishlarni keltirib chiqaradi. Umumiy moslanish hayot uchun nihoyatda zarur bo’lgan organlar sistemasining takomillashuvi bilan aloqador. Agar muhit sharoitning o’zgarishi bilan: 1) bir turga mansub individlar soni ortsa; 2) ular ishg’ol qilgan areal kengaya borsa; 3) tur zaminida yangi populyatsiyalar, kenja turlar, turlar va boshqa taksonlar hosil bo’lsa, bu jarayon biologik yuksalish (progress) deb ataladi. Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida boshqa qushlarga nisbatan Hindiston maynasi biologic progress holatidadir. Yashash joyiga nisbatan instinktning yo’qligi, tanasining bir muncha yirikligi, tajavuzkorligi, xilma-xil oziqlar bilan oziqlanishi, tez urchishi, ularning yashash uchun kurashda g’olibkelib, son jihatdan tobora ko’paya borishiga, arealining kengayishiga sabab bo’lmoqda. Dastlab XX asr boshlarida Hindiston maynasi Markaziy Osiyoning chegara tumanlarida uchragan bo’lsa, hozirgi vaqtga kelib, uni shimoliy tumanlar hamda boshqa respublika va viloyatlarda ham ko’rish mumkin.
A. N. Sevresov va I.I. Shmalgauzenlar biologik progressning asosiy yo’nalishlari haqida mulohaza yuritib, uni aromorfoz, idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiya asosida bo’lishini aniqladilar.
Biologik progress har xil usulda amalgam oshadi. Uning birinchi usulida tarixiy jarayonda organizmlar hayot faoliyati uchun nihoyatda muhim bo’lgan organlar sistemalari takomillashadi. U morfofiziologik yuksalish – aromofoz deb omlanadi. Ikkinchi usulda organism hayot faoliyati uchun ikkinchi darajali organlar sistemasi o’zgaradi va organizmlar tuzilishi murakkablashmaydu, lekin muhitga moslashadi. Uchinchi organizmlar tuzilishi murakkabdan soddaga o’zgarishi natijasida biologik progressga yo’liqqan bo’ladi.
Biologik xilma-xillik termini Yerdagi barcha jonli narsalar - hayvonlar, o'simliklar, mikroorganizmlar, barcha genotiplar va ekosistemalarning xilma-xilligini anglatadi. Bu termin muayyan organizm haqidagi statistik tushuncha emas, balki u biologik dunyoning barcha qismlarining o'zaro bog'liqligini anglatadi. Odatda bioxilma-xillikni uch bosqichda ko'rib chiqiladi: turlar xilma-xilligi - ya'ni barcha o'simliklar va hayvonlarni, shuningdek qo'ziqorinlar va mikroorganizmlarni xilma-xilligi; genetik xilma-xillik - tur chegarasidagi genetik materialning xilma-xilligi; ekosistemalar xilma-xilligi - ekosistemalarning turli-tumanligi (masalan, o'rmon, tog', dasht yoki savanna, cho'l va h.k.). Bu barcha bosqichlar birgalikda bioxilma-xillik komponentlarini shakllantiradi. Bu xilma-xillik ekosistemalarni ishonchli faoliyat ko'rsatishiga ko'maklashadi hamda biologik boylik va moslashishning asosi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. AL va KHK lari uchun “biologiya” darsligi.
2.Баратов П. Табиатни муҳофаза қилиш. Тошкент, «Ўқитувчи», 1991.
3.Бекназов Р.У., Ю.В. Новиков. Охрана природы Т.”Ўқитувчи” 1995.
4. Internet ma’lumotlari
www.ebi.ac.uk/embl
www.ddbj.nig.ac.jp
www. Ilm.uz
www.ziyo.uz
Yüklə 73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin