Reja: harakatli o’yinlar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə11/17
tarix27.04.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#115551
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
8-MAVZU

O’yinning maqsadi: to’g’ri nafas olish va chiqarishga o’rgatish. O’yinning borishi: Logoped bir-ikkita unli tovushlar artikulyatsiyasini tovushsiz ko’rsatib beradi, bolalar esa unga ovoz beradilar. Logoped tovushni to’g’ri topgan, uzoq nafas chiqarib talaffuz qilgan bolalarni rag’batlantiradi. SHunga o’xshash topishmoqlarni bolalarni o’zlari ham aytib ko’radilar. Bu o’yinni “ovozsiz kino” yoki “yo’qolgan tovush” deb nomlash ham mumkin.
G’ildirak teshildi”

O’yinning maqsadi: To’g’ri nafas ko’nikmalarini shakllantirish.

O’yinning borishi: Logoped bolalarga qarata shunday deydi. Bolalar yengil nafas olib, sekin nafas chiqaramiz, teshilgan g’ildirak shinasidan havo sekin asta (“sh” tovushi bilan) chiqadi (qo’l bilan qorin qismini ushlab, havo bilan to’ganini bola sezishi lozim).
To’g’ri tanla” o’yini.

O’yinning maqsadi: tovushlarni uzoq va aniq talaffuz etishga o’rgatish.

O’yinning borishi: Logoped bolalarga turli hayvon va qushlarning rollarini taqsimlab beradi. Bolalar boshlovchidan ma’lum bir hayvonning nomini eshitgach, sekin nafas chiqarib shu hayvonga mos ovoz chiqaradi. O’yinda boshlovchi ishtirokchilarni chalg’itishi mumkin: masalan, hayvonning nomini aytib, umuman boshqa rol o’ynayotgan bolaga qarashi mumkin, bu xolat bolalar uchun qiziqarli bo’ladi. 6-10 mashqlarda nafas qo’l bilan nazorat qilinmaydi. Bolalar diqqati unli, undosh tovushlarni aniq va uzoq talaffuz qilishga qaratiladi.
Naycha” o’yini.

O’yinning maqsadi: To’g’ri nafas olish va chiqarish ko’nikmalarini rivojlantirish.

O’yinning borishi: Bolalar qo’llarini naycha holida ushlab, naychaga puflaydilar, bunda bolalarning to’g’ri nafas olib, nafas chiqarishlari logoped tomonidan nazorat qilinadi. Logoped naychaga uzoq puflagan bolalarni rag’batlantiradi.
Qo’ng’iz” o’yini.

O’yinning maqsadi: To’g’ri nafas olish va chiqarish ko’nikmalarini rivojlantirish.

O’yinning borishi: Bolalar o’tirgan holda, qo’llar pastga tushirilgan. Logoped bolalarga qo’llarni yon tomonga ko’tarib orqaga olib borishni taklif qilinadi, nafas olinadi. Nafas chiqarganda qo’ng’iz qanday ovoz chiqaradi, j-j, xuddi shunday ovoz chiqaramiz, qo’llarni pastga tushiramiz. To’g’ri bajargan bola rag’batlantiriladi.
Bolta” o’yini.

O’yinning maqsadi: To’g’ri nafas olish va chiqarish ko’nikmalarini rivojlantirish.

O’yinning borishi: Bolalar turgan holda, oyoqlar yelka kengligida, qo’llarini pastga zanjir holda birlashtiramiz, qo’llarni tez ko’taramiz-nafas olib, so’ng oldinga engashib, qo’llarni sekin tushiramiz, ux!-deb uzoq nafas chiqaramiz.
Qarg’a” o’yini.

O’yinning maqsadi: To’g’ri nafas olish va chiqarish ko’nikmalarini rivojlantirish.
O’yinning borishi: Bolalar o’tirgan holda qo’llari pastga tushiriladi, yon tomondan qo’llarni asta-sekin tepaga ko’taramiz (nafas olib), nafas chiqaribsh davomida qo’llarni sekin tushiramiz va “qar-var” deb talaffuz etamiz.

Adabiyotlar:

  1. G.A.Volkova “Igrovaya deyatelьnostь v ustranenii zaikaniya u doshkolьnikov” M.1983 g.

  2. I.G.Vыgotskaya, Ye.L.Pellinger, V.P.Uspenskaya “Ustraneniya zaikaniya u doshkolьnikov v igre” M.1984 g.




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin