Reja: harakatli o’yinlar


§-3 Sukut saqlashga qaratilgan o’yinlar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə12/17
tarix27.04.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#115551
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
8-MAVZU

§-3 Sukut saqlashga qaratilgan o’yinlar.

Bolalarda duduqlanishni bartaraf etishda sukut saqlash tartibi katta ahamiyatga ega. Ushbu tartibda:



Duduqlanish nutq kamchiligida logopedik mashg’ulotlar odatda sukut saqlash tartibidan boshlanadi. Duduqlanuvchi bola uchun sayr, kunduzgi uyqu, tinch o’yinlardan iborat bo’lgan kun tartibi bo’lishi kerak. Sukut saqlash tartibi davrida oilada tinch muhit yaratilib, bolani har qanday muloqotdan saqlash maqsadga muvofiqdir.

Bunday tartib maktabgacha yoshdagi bolaning asab faoliyatini tinchlantirishga samarali ta’sir ko’rsatadi.

Sukut saqlash davrida bolalarni kino, teatrga turli bayramlar mehmonga olib borishlar cheklanadi. Televizor ko’rish ham bolani asab faoliyatini zo’riqtiradi, duduqlanishni kuchaytiradi. Bolalarni tinch o’yin, rasm chizish, qurish yasash, plastilindan narsa yasash, mayda qul matorikasini rivojlantiruvchi mozaika, domino o’yinlariga jalb qilish lozim bo’ladi.

SHuni esda tutish lozim, kattalarning to’g’ri nutqi bola uchun namunadir. Bola kattalarning nutqiga, harakatlariga taqlid qilib xuddi shunday gapirishga harakat qiladi. Uy sharoitilda ota-onalar o’z nutqlariga e’tiborliroq bo’lib, bola bilan muloqotda bo’lganda sekin va past ohangda so’zlashishlari maqsadga muvofiq xisoblanadi.

Ota-onalar bolalar bilan muloqatga kirishishlari o’yin tarzida bo’lishi samarali kechadi, maslan: sukut saqlash o’yini, bu o’yindan asosiy maksad-jim turish, agar bola gapirib yuborsa, o’yin qoidasi buziladi. Bu asosiy shartni bajarilishi kattalar tomonidan rag’batlantiriladi.

Sukut saqlash tartibi 10-14 kungacha olib boriladi, albatta bola nutqining holati hisobga olinadi. Bu davrda bola juda kam gapirishi, ikki-uchta so’zlardan foydalanishi kerak. Bola ko’pincha o’ynayotgan paytda o’z-o’zi bilan gaplashadi, agar bola xotirjam, o’yinchoqlari bilan tinch gaplashsa, sukut saqlash tartibi buzilgan hisoblanmaydi, lekin bola o’z nutqini ko’p hollarda boshqara olmaydi, bunday holda, kattalar bolalarni boshqa tinch o’yinlarga chalg’itishlari kerak bo’ladi.

Sukut saqlash o’yinlarini logoped tavsiya etadi, ota-onalar esa ushbu o’yinlarni bola bilan uyda olib boradilar.
Sukut saqlashni bilamiz” o’yini.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin