O’yinning maqsadi: Bolani sukut saqlashga o’rgatish.
O’yinning borishi: O’yin sharti ertak ko’rinishida bo’ladi: “Saxiy sehrgar odamlar uchun juda ko’p mehnat qildi, chiroyli uylar qurdi, dalalarga narsalar ekdi, u charchab uxlab qoldi, shuning uchun odamlar jimlik, osoyishtalikni saqlayaptilar, hech kim gaplashmayapti, mashinalar signal chalmayapti, sen ham uni uyg’otmay, jimgina o’ynagin, kubiklardan shahar qurgin, alьbomga shu sehrgarning rasmini chizgin”, bolani rag’batlantirish uchun (oldindan chiroyli bezatilgan) “Sehirli tayoqcha” beriladi. Bolaga murojat qilinganda u “ha” yoki “yo’q” deb javob qaytarish tushuntiriladi.
“Kinoda” o’yini.
O’yinning maqsadi: Bolani sukut saqlashga o’rgatish.
O’yinning borishi: Logoped bolaga tushuntiradi. Sen juda yaxshi bolasan, sen barcha aytilgan vazifalarni bajarishga xarakat qilayapsan. SHuning uchun biz sen bilan kino o’yinini o’ynaymiz. Xozir sen bilan kinoga boramiz. Tomosha zalida tinch o’tirish, gaplashmaslik, boshqalarga halaqit bermaslik kerak. Sen xam kino tugaguncha jim o’tirishga xarakat qilshin. Bu paytda bola o’z o’yinchog’i, qo’g’irchog’iga o’zining alьbomi, kitoblarini ko’rsatadi, o’yindan so’ng bola rag’batlantiriladi.
Adabiyotlar G.A.Volkova “Igrovaya deyatelьnostь v ustranenii zaikaniya u doshkolьnikov” M.1983 g.
I.G.Vыgotskaya, Ye.L.Pellinger, V.P.Uspenskaya “Ustraneniya zaikaniya u doshkolьnikov v igre” M.1984 g.