Reja: harakatli o’yinlar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə5/17
tarix27.04.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#115551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
8-MAVZU

«Aks-sado» o’yini.

O’yinning maqsadi: Mushaklar tonusini faollashtirish umumiy va nutqiy motorikani rivojlantirish.

O’yinning borishi: Logoped bolalarni ikki guruhga bo’ladi. Birinchi guruh quyidagi she’rni aytadi:

Biz o’rmonga boramiz

Qo’ziqorin teramiz

Baqirib chaqiramiz AU! AU! AU!

Hech javob kelmas bizga

Aks-sado kelar bizga.

Ikkinchi guruh esa past ovozda AU! AU! AU! Deb javob beradi. Keyin bolalar joylarini almashtirishadi. O’yin davomida bolalar past va baland ovozda gapirishga o’rgatib boriladi.



«Arra» o’yini.

O’yinning maqsadi: Nutqiy nafasni me’yorlashtirish, umumiy, mayda qo’l motorikasini rivojlantirish.

O’yinning borishi: Bolalar ikkitadan bo’lib, o’ng qo’llarini ushlashadi va o’tin arralashga taqlid qilishadi.

Arra, arra, arrala,

Ari kabi guvulla.

Arra, arra, arrala,

Tezroq arrala yana.

O’yin davomida bolalar o’rin almashadilar. Arralash xarakatlarini bajaradilar, bunda bolalarninig mayda qo’l motorikalari va umumiy motorikalari rivojlantiriladi.




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin