«Jimjitlik» o’yini.
O’yinning maqsadi: Erkin harakatlarni ta’minlash, umumiy motorikani rivojlantirish, o’z-o’zini boshqarishni shakllantirish.
O’yinning borishi: Boshlovchi devor oldida turadi, bolalar esa ro’paradagi devor oldida turishadi. Bolalar ehtiyotkorlik bilan boshlovchining oldiga yetib kelishlari kerak. Bolalar ehtiyotsizlik bilan harakat qilsalar, boshlovchi ogohlantirish beradi va bola to’xtaydi. Boshlovchining oldiga qaysi bola birinchi bo’lib yetib kelsa o’sha bola g’olib sanaladi va o’sha bola boshlovchi bo’ladi.
«Koptok» o’yini.
Umumiy motorikani rovojlantirish, harakatlarni faollashtirish, mayda qo’l motorikasini mustahkamlash.
Bolalar ayplana shaklida turib, koptok o’ynaydilar.
Baland-baland uchgin (to’pni yuqoriga otadilar),
Yuza bo’ylab sen chopgin (to’pni polga otadilar).
CHaqqon bo’lib sakragin (to’pni polga uradilar),
SHo’xlik qilib yayragin (to’pni bir-biriga oshiradilar).
O’yin davomida bolalar xarakat bilan birga so’zlarni talaffuz etib boradilar. Logoped esa bolalarning nutqi va xarakatning to’g’ri bajarilishini kuzatib boriladi, kerak bo’lganda xatolar tuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |