Reja: I. Bob maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy soatlarni texnologiyalashtirish muammolari



Yüklə 132,5 Kb.
tarix18.09.2023
ölçüsü132,5 Kb.
#129026
KURS JUMUSI 4 TEMAA


MAVZU:MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING LOYIHALASHTIRISH XUSUSIYATLARI.
REJA:
I.BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYAVIY SOATLARNI TEXNOLOGIYALASHTIRISH MUAMMOLARI
1.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy soatlarni
1.2. Maktabgacha ta’limda axborot va innovatsion texnologiyalarining o`rni
II. BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI
2.1. Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim
2.2. Bolaning rivojlanishi va uning maktabga tayyorgarlik ko‘rsatkichlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o‘sishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturi asosida o‘z ta’lim dasturini ishlab chiqish;
maktabgacha ta’limning davlat ta’lim dasturida ko‘rsatilgandan tashqari qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ishlanmaydigan kunlarda yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolaning qonuniy vakillari bilan kelishuv asosida bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion faoliyatda qatnashish.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishida quydagilarga muvofiq;maktabgacha ta’limning tegishli sifatini ta’minlashi;bolani tarbiyalash va o‘qitish masalalari bo‘yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berishi;
bolalarni kamol toptirish, tarbiyalash va o‘qitish uchun xavfsiz shart-sharoitlarni yaratishi;maktabgacha ta’lim sifati ta’minlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashishi shart.Bugungi kunda yoshlarning qobiliyatlari, iste’dodlari, ichki imkoniyatlarini, o’ziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish tendentsiyalari kuzatilmoqda. Yosh avlodning shaxs va sub’ekt sifatida shakllanishi, aqliy rivojlanishi, tarbiyalanganlik darajasini yuksaltirish maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlanadi. Ushbu jarayonning samarali tashkil etilishi va boshqarilishi ta’lim tizimining uzluksizligini ta’minlash sharti bo’lib xizmat qiladi, chunki yosh va murg’ak qalblar bilan olib boriladigan pedagogik jarayon ularning kelajakda kim bo’lib yetishishlari, qanday fuqarolik pozitsiyani egallashlari bilan bog’liq holda qaraladi.O’zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish bo’yicha keng miqyosdagi ishlarning amalga oshirilishi natijasida bugungi kunda mamlakatimiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ilmiy va pedagogik tarkib tubdan o’zgardi, zamonaviy o’quv-dasturiy asosga, moddiy-texnik bazaga ega bo’lgan ta’lim maskanlari sifatida samarali faoliyat ko’rsatmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatining pedagogik-psixologik asoslari, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ularning muqobil turlarini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishning xukukiy-me’yoriy asoslari, boshqarishda jahon tajribasi va uni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish texnologiyalarini o’rganish va shu asosda choratadbirlarni belgilash, amaliyotga joriy qilish ishlari jadallashmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimining yangi avlod rahbarlarini shakllantirish masalasi ham kundalik dolzarb ahamiyat kasb etuvchi masalalar sirasiga kiradi. Bunda rahbarning muvofiqlashtirish, rejalashtirish, tartibga solish, nazorat qilish va baholash vazifalari bilan uyg’unlikda bajarilishi lozim bo’lgan vazifalari to’g’risida e’tirof etilgan funktsiyalar bolalarning intellektual jihatdan voyaga yetishiga, ma’naviy barkamol shaxs bo’lib shakllanishiga va pedagog xodimlarning ilmiy-ma’naviy jihatdan o’sishiga, siyosiy va fuqarolik pozitsiyasining mustahkamlanishiga olib keladi. MTT pedagog xodimlaridan keng bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat, kompetentlik va ijodkorlik talab etiladi. Maktabgacha ta’lim jarayonida insonparvarlik omilini ta’minlaydigan ustozlarning shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik. Ushbu sifatlar pedagogning ta’lim-tarbiya oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. Zero, shaxsiy sifatlar o’qitish va tarbiyalash mahoratiga ta’sir ko’rsatadi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev o’zining “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga quramiz” kitobida: “O’z xalqiga fidoyi, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bo’lgan, har tomonlama yetuk rahbar oldida dolzarb vazifa – kelgusi avlodni komil inson qilib tarbiyalash vazifasi turibdi”- degan fikrni e’tirof etadilar. Darhaqiqat, XXI asrda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma’naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo’lmokda. SHuning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurilishining bosh tamoyili sifatida maydonga chiqdi. Maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati – tarbiyachi va xodimlarning kasbiy rivojlanishi tavsifi bo’lib, zamonaviy bosqichida iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassis qobiliyati va ish faoliyati bilan belgilanishi e’tirof etiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’quv faoliyatining sifati o’quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o’quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan emas, balki bolalarning olgan bilimlari, malaka va ko’nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog’liq ta’lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. Har tomonlama taraqqiy etgan, aqlan va ma’nan barkamol, jismonan va ruhan tetik farzandlarni maktabgacha tarbiya tashkilotlarida kamol toptirish ahamiyati, Vatanimizning ravnaqi bugungi kunda yosh avlodlarga bergan ta’lim sifati va tarbiya mohiyati bilan chambarchas bog’liqligi alohida dolzarblik kasb etadi. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar buyuk ma’naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o’zida mo’jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritishga zamin hozirlaydi.
Kurs ishining maqsadi;Bu dunyoga chaqaloq tug'ilganda, uning asab tizimi yetuk emas. U faqat bu dunyoda uni o'rab turgan hamma narsani o'zlashtirishga tayyor. Albatta, bola hayotining birinchi yillarida juda katta ma'lumot oqimini o'zlashtiradi, deb ta'kidlaydiganlar to'g'ri. Va erta rivojlanish usullari mualliflariga ko'ra, 3-5 yoshgacha siz juda ko'p so'z va ismlarni o'rgatishingiz mumkin. Zamonaviy dunyo o'qishni o'rgatishning ko'plab dastlabki usullarini keltirib chiqardi, chet tillari, do'konlar yozma so'zlar bilan ko'plab rasmlar bilan to'ldirilgan. Biroq, erta rivojlanish uchun asos axborotning o'zi emas.
Ushbu mavzuda bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib tadqiqotlar olib borilgan.
Maktabgcha talim tashkilotlarida ta`lim dasturlarining mazmuni va ularni amalga oshirishda variativligi har bir maktabgacha ta`lim tashkiloti,hatto har bir pedagog o`z ta`lim dasturlarini yaratishi va ularni amalga oshirishning turli usullaridan foydalanishi mumkinligini ko’rsatadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o’quv faoliyatining sifati o’quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o’quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati kengroq yoritish .
Kurs ishining obyekti:Maktabgacha ta`lim dasturlari va sohaga doir bo’lgan me’yoriyk- huquqiy hujjatlar.
Kurs ishining predmati:Maktabgacha ta`lim tashkilotida asosiy ta`lim faoliyatini tashkil etish doirasida maxsus dasturlar qo`llanilishi.
Kurs ishining vazifalari:Maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatining pedagogik-psixologik asoslari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ularning muqobil turlarini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishning huqukiy-me’yoriy asoslari, boshqarishda jahon tajribasi va uni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish texnologiyalarini o’rganish. Maktaabgacha ta`lim mazmuni va metodlarining variativligi.
Kurs ishining nazariy asoslari: Maktaabgacha ta`lim mazmuni va metodlarining variativligi, shuningdek, har bir yosh guruhlari rivojlanishini hisobga olgan holda pedagoglar ( tarbiyachilar) tomonidan ishchi dasturlari tayyorlashni o`z ichiga oladi.ishchi dasturlarni tayyorlashni o`z ichiga oladi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Maktabgacha ta`lim tashkilotida asosiy ta`lim faoliyatini tashkil etish doirasida maxsus dasturlar qo`llanilishi mumkin.Ta`lim jarayonini tashkil etishda asosiy o`rinni korreksion yo`nalishdagi dasturlar egallaydi.
Kurs ishining tuzilishi:Kurs ishiga kirish, 2 bob har bir bob 4 rejadan iborat, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar iborat.
I.BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYAVIY SOATLARNI TEXNOLOGIYALASHTIRISH MUAMMOLARI
1.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy soatlarni
Yurtimiz taraqqiyoti har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish masalasi bilan bog’liq. Buning uchun esa avvalo ularning ongida yangicha dunyoqarashni, mustaqil fikrlashni, mustaqil yashashni, mustaqil ishlashni hamda axloqiy fazilatlarni yuksak darajada shakllantirish kerak. I.Karimov ’O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li’ asarida yoshlarimizning tarbiyasiga alohida to’xtalib, «Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, ochiq ko’ngillilik, millatidan qat’iy nazar odamlarga xayrihohlik bilan
munosabatda bo’lish, o’zgalar kulfatiga hamdard bo’lish va o’zaro yordam tuyg’usi kishilar o’rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi. O’zbeklar diyoriga, o’z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom O’zbekiston aholisiga xos fazilatdir” - degan edi.
Bizga ma’lumki, shaxsning shakllanishi tarbiya jarayonida amalga oshiriladi, tarbiya esa bola dunyoga kelgan kundan boshlab amalga oshiriladi. Rivoyat qilishlaricha, bir kishi ikki oylik farzadini Ibn Sino huzuriga olib boradi va bolasining tarbiyasi bilan qachondan boshlab shug’ullanish lozimligini so’raydi. Ibn Sino esa afsus siz ikki oyga kech qolibsiz, degan javobni beradi. Bu rivoyatdan qo’rinib turibdiki, bola tarbiyasi kechiktirib bo’lmas masaladir.
Mazkur ehtiyoj va bugungi zamon pedagogikasi oldiga qo’yilayotgan talablar asosida tarbiyaviy soat ’ tarbiyaviy ish shakli sifatida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida texnologiyalashtirish zaruratini talab etmoqda.
Bolalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ularni Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda tarbiyaviy soatlarning o’rni beqiyosdir.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarning ahamiyatini kuchaytirish, tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirish e’tibor talab qilinayotgan sohaga aylanib boryapti. Bizga ma’lumki, tarbiyaviy soat - tarbiyaviy ish shakli sifatida asosan umumta’lim maktablarida olib boriladi. Maktabgacha ta’lim sohasida aynan tarbiyaviy soat tashkil qilish to’g’risida adabiyotlarda yetarlicha ma’lumot to’planmagan. Shuning uchun aynan tarbiyaviy soatlarni texnologiyalashtirish zarurati mavjud.
Pedagogik texnologiya - bu o’qitishga o’ziga xos bo’lgan yangicha (innovatsiya) yondashuvidir. Innovatsion texnologiyalar noan’anaviy usul asosida ta’lim berish bu avvalo bolalardagi mantiqiy tafakkurni yuksaltirishga xizmat qiladi. Hozirgi globallashuv jarayonida zarbiyaviy ongni yuksaltirish, bolalarning ma’naviy bilimlarini oshirish borasida samaradorlikka erishish imkoniyati zarurligi bois yangi pedagogik texnologiyalarga bo’lgan qiziqishlar va intilishlar kuchayib bormoqda.
Tarbiyachi pedagog zamonaviy usulni tanlar ekan avvalo, kerakli vositalarni oldindan tayyorlamog’i lozim. Hozirda amaliyotchilarda shunday fikr mavjudki, u ham bo’lsa:
interfaol usullarda ishlaganda pedagog kam harakatlanadi, bolalar ko’proq ishlab,
muammoning yechimini o’zlari topadi’. Bu qarash mohiyatan sayoz xulosadir. Chunki oddiy usulmi, yoki interfaol usulmi pedagog jarayonning egasidir. U mashg’ulotgacha bajargan ishining sifati, vositalarning to’g’ri tanlanishi jiddiy ahamiyatga ega. Agar vositalar ko’p talab etilgan usul qo’llanilsa, demak pedagog mashg’ulotgacha tegishli harakatini amalga oshirgan hisoblanadi. Agar jarayonda pedagog ko’p harakat qilsa, demak tanlagan usuli shuni taqozo etadi yoki kerakli jihozlarni o’z vaqtida tayyorlamagan hisoblanadi. Interfaol usullar pedagogni har doimdagidan ham ko’proq ijod qilishga, mas’uliyatli bo’lishga chorlaydi. Ya’ni ishtirokchilarning barchasi jarayonda faol bo’lishi taqozo etiladi.
Tarbiyaviy soat’ mashg`ulotlarini o`tish va mazkur mashg`ulot ishlanmalaridan foydalanishda tarbiyachi ijodiy yondoshgan holda yangi pedagogik texnologiyalarasosida har xil qiziqarli o`yinlar orqali noan’anaviy tarzda tashkil qilishi mumkin.
Tarbiyaviy soatlarda bunday mashqlarning misol sifatida shunday turlarini yaratish
mumkin:
«Ismlar» o’yini. Birinchi bola o’z ismini aytadi. So’ngra esa ismi qay harfdan
boshlansa, xuddi shu harf bilan boshlanadigan o’z fazilatlaridan birini aytib o’tadi. (masalan, Shoira-sho’x). Ayni paytda uning shu xarakterini ifodalaydigan harakatlar bilan aks ettirib berish mumkin. «Ism tarixi» bolalar navbat bilan nima uchun aynan shu ism va kim tomonidan qo’yilganligi haqida so’zlab beradilar. «Men o’n yildan so’ng» Har bir bola o’z ismini aytadi va o’n yildan keyingi hayoti
haqida so’zlaydi. «Sevimli jonivorlar» Har bir bola, agar iloji topilganda, qanday jonivorga aylanib qolishini xohlashini aytadi. Hayvonning nomi unga xos bo’lgan harakatlar bilan ko’rsatiladi. «Sizni tanishtirmoqchiman» Bolalar guruhi juftliklarga ajratiladi va shundan so’ng har bir bola o’z sherigini guruh ahzolariga tanishtiradi. «Bolalagimdan qolgan toshcha». Kichik tosh-guruh bo’ylab navbat bilan uzatiladi va uni tutib turgan bola ismini aytadi, hamda bolaligidan qolgan qiziq voqealarni so’zlab beradi. Innovatsion pedagogika tarbiya jarayonini pedagog va tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayoni sifatida ta’riflab, uning mohiyati tarbiya jarayoni sub’yektlariga o‘z qobilyatlarini qo‘llash uchun sharoit yaratib berilishi deb ko‘rsatadi. Bunda asosiy maqsad tarbiyalanuvchilarni o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z qobilyatlarini qo‘llashga yo‘naltirish hisoblanadi.
Xulosa sifatida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida quyidagi amaliy ishlarni tadbiq etish joiz deb topildi:
Birinchidan, tarbiyaviy soat mashg’ulotlarining mazmuni, turlari va yo‘nalishlarini tahlil qilish;
Ikkinchidan, maktabgacha ta’limda tarbiyaviy ish shakli sifatida tarbiyaviy soat mashg’ulotlaridan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish;
Uchinchidan, tarbiyaviy soat o‘tkazish jarayonida bola shaxsini shakllantirish omillarini aniqlash;
To’rtinchidan, ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazish va samaradorlik jihatlarini ommalashtirish zarur.
Ko‘rinib turiptiki, ta’lim qanchalik rivojlanishning yuqori pog‘onalariga ko‘tarilmasin u tarbiyaning inson hayotidagi ahamiyatini o‘zida mujassamlashtira olmaydi. Shuning uchun yosh avlodga, avvalo tarbiya beriladi, ijtimoiy hayot va madaniy qadriyatlarga sadoqat ruhi uyg‘otiladi. Biz uchun balandparvoz tuyilishi mumkin bo‘lgan milliy odatlarimiz tub mohiyatida ham tarbiyaviy ta’sir ko‘nikmalari uyg‘unlashtirilgan.
1.2. Maktabgacha ta’limda axborot va innovatsion texnologiyalarining o`rni
Bugungi jadal rivojlanib borayotgan axborotlashtirish tizimi jamiyatimizning barcha sohalari qatorida ta‘lim sohasini ham qamrab olmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada yanada takaomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida”gi 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349 - sonli hamda 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son “Raqamli O`zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to`g’risida”gi Farmonlari shuningdek, “O`zbekiston Respublikasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g’risida”gi 2018-yil 19-fevraldagi 3549-sonli Qaroriga muvofiq jamiyatimizning boshqa sohalarida bo`lganidek, maktabgacha ta‘lim sohasida ham ta‘lim jarayonlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalaridan keng foydalanish ta‘lim sifatini
ta‘minlovchi vositalardan biriga aylanmoqda.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ta‘limning ilk bosqichi bo`lgan maktabgacha ta‘lim sohasiga kiritilishi pedagog xodimlarning oldiga katta mas’uliyat qo`yilishi bilan birga, ularning o`z ustida ishlab, AKT buyicha bilim saviyasini oshirishni, shuningdek ularning izlanuvchanligi va ijodkorligini talab etadi. Maktabgacha ta‘lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishdan kutiladigan natijalar quyidagilarda yaqqol namoyon bo`ladi: birinchidan, maktabgacha ta‘lim sohasida ta‘lim sifati va bolalarni maktabga tayyorlash samaradorligining yaxshilanishi; ikkinchidan, bolalarning erkin fikrlashi doirasi va
dunyoqarashining kengayishi; uchinchidan, bolalarning intellektual, ijtimoiy-hissiy va ijodiy rivojlanishi darajasining oshishi; ota-onalar bilan maktabgacha ta‘lim tashkiloti hamkorligining yanad mustahkamlanishi va qulaylikni ta’minlashi bilan afzaldir.
Texnika vositalari bilan to`la jihozlangan, ko`rgazmalarga boy mashg’ulot, ertaliklar, tadbirlar va chet tililarini o`rgatish bo`yicha to`garak mashg’ulotlari boladagi qobiliyat va iqtidorni yuzaga chiqarishda, uni rivojlantirishda ijobiy ta‘sir ko`rsatadi.
Ayniqsa axborot texnologiyalari va innovatsiyalarning imkoniyatlari bollarning aqliy intellektual rivojlanishiga o`zining ijobiy ta’sirini ko`rsatadi, shu jihatdan, maktabgacha yoshdagi bolalar bilimlariga qo`yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o`quv dasturi asosida bilim va ko`ikmalarni egallagan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ulardan to`g’ri foydalana oladigan 6-7 yoshli bola axborot zamonaviy, ilg’or texnologiyalar asosida ta‘lim berayotgan maktab ta‘limiga jismonan shay, yetarli intellektual ko`nikmalarga ega, psixologik tayyorlangan holda yo`llanadi. Axborotlashtirish jarayonida maktabgacha ta‘lim tashkilotidagi tayyorlov guruh xonalarini yetarlicha jihozlash, multimediya jihozlari uchun moslashtirish masalalarini hal etish, maktabgacha ta‘lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning AKT bo`yicha savodxonligini oshirish ustuvor vazifalardan biriga aylanmoqda.
Maktabgacha ta‘lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bir necha yo`nalishlarda o`z ifodasini topadi:
a) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan bolalar bilan bo`lgan masofaviy ta‘lim-tarbiya jarayonida foydalanish;
b) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan masofaviy ta‘limda pedagoglarning ota-onalar bilan hamkorlik jarayonida foydalanish;
c) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan metodik ishlarni tashkil etishda, ta‘lim sifatini oshirishda tarbiyachilar bilan ishlash jarayonida foydalanish.
Zamonaviy axborotlashgan jamiyat maktabgacha ta‘lim tashkiloti pedagoglari oldiga bir qator vazifalarni qo`yadi. Eng avvalo, pedagog kompyuter o`yinlarini va ta‘lim dasturlarini tanlashda bolaga boshchilik qilishi kerak. Buning uchun tarbiyachi kompyuter savodxonligini egallagan bo`lishi zarur, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib borilayotgan ta’lim-tarbiya faoliyatida bevosita global internet tarmog’i resurslaridan unumli foydalana olishi muhim.
Maktabgacha yoshdagi bola hayotida o`yin – bu eng asosiy faoliyat turi hisoblanib, u bola shaxsining shaklalnishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Gap kompyuter o`yinlari haqida borar ekan, tarbiyachi o`yinlarning bola yoshi axloq me’yorlariga mos kelishini hisobga olishi kerak. Kompyuter o`yinlaridan foydalanish (multimediya vositasida) bolalarga ta'lim berish samaradorligini oshirish bilan birga bolaning aqliy va ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda ijobiy natija beradi. Paint dasturida bola rasm chizish jarayonida tasvirlagan predmet yoki hayvon, tabiat manzarasi yoki odam rasmiga rang tanlashi, mavjud ranglarni farqlashi, ularni joy-joyida ishlatishi, natijada o`z ishini baholashi davomida uning individual shaxs xususiyatlari, qiziqishlari oddiy qog’ozga rasm chizgandan ko`ra yaqqolroq ifodalanadi.
Shu bilan birga AKT bolaga interfaol ta'lim berish vositasi sifatida bolaning yangi bilimlarni tez o`zlashtirishiga va dunyoqarashini kengayishiga imkon beradi. Bu interfaol kompyuter o`yinlari tarbiyachi tomonidan davlat talablariga mos ravishda Power Point dasturida va mashg’ulotda bolalar bilan birga o`ynash uchun yaratilgan bo`lishi zarur. Masalan, o`yin faoliyat markazida “Bino quramiz”, “Farqini top”, “Nima kam”, “Xatoni top”, “Qo`g’irchoqni kiyintiramiz”, “Shaklni joylashtir”, “Rasmni bo`ya” ta'limiy o`yinlarni animatsion tasvirlar yordamida o`ynasa mavzuga oid berilgan bilimlarni bola zo`r qiziqish bilan o`zlashtiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasida an'anaviy ta'lim shakllari bilan kompyuterlashtirilgan pedagogik texnologiyalarni taqqoslaydigan bo`lsak, kompyuterlashtirilgan texnologiyalarda samarali natijalar namoyon bo`ladi. Kompyuter kranida axborotning o`yin shaklida aks etishi bolalarda shu faoliyat turiga nisbatan diqqat va qiziqishini uyg’otadi; harakat, tovush, multiplikatsiya tasvirlari bola xotirasida uzoq vaqt taassurot qoldiradi. Muammoli masalalarning qo`yilishi va ularninig to`g’ri yechimini kompyuter orqali topilishi bolalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi. O`zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim konsepsiyasida ko`rsatilganidek, kompyuter bolaga alohida yondashuv imkonini yaratadi, bu jarayonda har bir bolada o`z intellektual darajasida va shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqib topshiriqni bajarishiga imkon bo`ladi. O`z navbatida, bolalarda kompyuter va smartfonlardan to`g’ri foydalanish ko`nikmasini shakllantirish, mazkur texnika vositalarining ijobiy imkoniyatlari bilan birga salbiy tomnlari ham
mavjudligini nazarda tutish zarur. U faqat ta'limning samaradorligini va zamonaviyligini ta'minlash uchun xizmat qilishi lozim.
AKTning maktabgacha ta'limga kiritishidagi dolzarb muammolardan yana biri zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida pedagog xodimlar kompetentligining yetarli emasligidir. Bugungi kun pedagoglari zmon bilan hamnafas ravishda o`z bilim va ko`nikmalarini mustaqil oshirib borishlari zarur. Xulosa o`rnida shuni ta‘kidlash joizki, axborot kommunikatsiya texnologiyalari maktabgacha ta‘lim tizimida pedagogik jarayonni tashkil etishda, uzluksiz metodik xizmat ko`rsatishda, metodik faoliyatni rejalashtirishda, pedagoglar, tibbiy xodimlar va boshqa mutaxassislar faoliyatini nazorat qilishda, butun bir tizimning aniq monitoringini olib borishda qulaylik yaratadi. Shu bilan birga ulardan noto`g’ri foydalanish bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Mazkur jarayon pedagoglar va ota-onalardan katta mas’uliyatni talab qiladi. Ular hamkorlikda bolaning har tomonlama riojlanishi uchun axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan to`g’ri foydalanishni ta’minlaydi. Zero, bugungi kunning eng dolzarb vazifasi ham kelajak egalari bo`lgan yosh avlodga maktabgacha ta’lim bosqichidanoq sifatli ta’lim va tarbiya berishdan ibor
II. BOB. Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari
2.1. Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori ijrosini ta'minlashda bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta'lim muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini izchil davom ettirish maqsad qilib olindi.
Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi.
Ta'lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta'limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda va ular quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda: maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatining xuquqiy-me'yoriy asosi takomillashmoqda; maktabgacha ta'lim muassasalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yangi turlariga o‘tmoqda; nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘i kengaymoqda; ta'limning ilg‘or texnologiyalari joriy etilmoqda; xodimlar malaka oshirish tizimi takomillashmoqda; qisqa muddatli guruhlar asosida maktabgacha ta'lim muassasalarining muqobil shakllari joriy etilmoqda.
Maktabgacha ta'limning mazkur Konsepsiyasi uning 2017 yilgacha bo‘lgan vazifalari, strategiyasi, maqsad va tamoyillarini aniqlab beradi.
Konsepsiyaning xuquqiy asosini quyidagi me'yoriy-xuquqiy hujjatlar tashkil etadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va ta'lim sohasidagi boshqa huquqiy-me'yoriy hujjatlar.
Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. U bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga qiziqishni shakllantirish maqsadini ko‘zlagan holda, olti-yetti yoshgacha oilada hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladi. Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalarini tatbiq etishda jamoat va homiy tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok etadilar.
Maktabgacha ta'lim-bolaning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda uning jismoniy va psixik rivojlanishini ta'minlovchi, uni uzluksiz ta'limning keyingi bosqichi - maktabga borishiga zamin yaratuvchi, har tomonlama maqsadli yo‘naltirilgan ta'lim va tarbiya jarayonidir.
Maktabgacha ta'lim o‘zining shakl va usullaridan qat'iy nazar quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
- bolalarning jismoniy va psixik sog‘ligini mustahkamlash;
- bolalarni milliy, umuminsoniy, qadimiy va madaniy qadriyatlarga jalb etish;
- bolaning aqliy, intellektual salohiyatini rivojlantirish;
- milliy an'analar va udumlar asosida yuksak ahloqiy va ma'naviy sifatlarni shakllantirish;
- bolalarni tizimli va maqsadli ravishda maktabda ta'lim olishga tayyorlash, ularning individual xususiyatlari va iqtidorini rivojlantirish.
Yuqorida bayon etilganlar shunga guvohlik beradiki, O‘zbekiston Respublikasidagi maktabgacha ta'lim tizimi bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, davlat va jamiyat talablariga binoan har tomonlama rivojlantirilishini ta'minlashi lozim.
Maktabgacha yoshning xususiyati shundan iboratki, ushbu davrda aynan umumiy rivojlanish ta'minlanadi, natijada kelajakda har qanday ijtimoiy bilim, malaka, ko‘nikma va faoliyatning turli ko‘rinishlarini egallash uchun poydevor yaratiladi.
Ta'lim jarayoni bola shaxsiga yo‘naltirilganligidan kelib chiqib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiyasi shaxsning rivojlanishida ijodiy va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan holda ta'lim-tarbiyaning usul va uslublari tizimidan tashkil topgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga tayanib amalga oshirilishi lozim.
Pedagogik hamkorlikning asosiy holatlari-ta'limga tarbiyachi va bolaning o‘zaro ijodiy hamkorligi sifatida munosabat; majburlamasdan o‘qitish; qiyin maqsad g‘oyasi (bolaning oldiga murakkab maqsad qo‘yiladi va uni yengib o‘tishiga ishonch hissi singdiriladi); tayanchdan foydalanish (tayanch signallar); o‘z-o‘zini tahlil qilish (bolalar faoliyati natijalarini yakka tartibda va jamoa bo‘lib muhokama qilish); erkin tanlov (tarbiyachi tomonidan ixtiyoriy ravishda bolalarning o‘quv dasturini yaxshiroq o‘zlashtirishlarini maqsad sifatida belgilab o‘qitish vaqtini tanlashi); guruhning intellektual foni (o‘qitishning mazkur bosqichida ahamiyatli hayotiy maqsadlarni qo‘yish va tarbiyalanuvchilar tomonidan dasturga nisbatan kengroq bilimlar egallash); shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim, tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi.
Ta'limning natijalari bolada hozirjavoblik, mehribonlik, muloqotchanlik, rostgo‘ylik, haqiqatparvarlik, maqsad sari intilish, tashabbuskorlik, dadillik, tashkilotchilik, mehnatsevarlik, javobgarlikni his qilish, ziyraklik, vazminlik, mardlik, mustaqillik, ishchanlik, kuzatuvchanlik, topqirlik kabi shaxsiy fazilatlarning o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.
Ta'lim orqali inson va fuqaroning zamonaviy jamiyatga takomillashuvi hamda har tomonlama kirishuvi (qorishib ketishi) ta'minlanadi; zamonaviy bilimlar darajasiga mos keluvchi dunyo tasviri shakllanadi; dunyo darajasiga mos keluvchi shaxsning milliy va dunyoviy madaniyatga integratsiyasini zamin tayyorlovchi jamiyatning umumiy va professional madaniyati vujudga keladi; jamiyatning milliy kadrlar salohiyati ishlab chiqiladi va rivojlantiriladi.
2 Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim
Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbiya berishda shaxsga yo‘naltirigan ta'lim modeli ustuvor sanaladi. Shaxsga ongli yondashishning maqsadi-shaxsni rivojlantirish, uni berilgan standart va bosim ostida “o‘zgartirish emas”, balki “uni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilish”dir. Shaxsiy yondashuv ta'lim jarayoni ishtirokchilarining shaxsiy majburiyatlarini rivojlantirish va to‘liq namoyon qilish uchun sharoit yaratishni ko‘zlaydi. Shaxsiy majburiyatlar - bu shaxs tomonidan “shaxs bo‘lish” ijtimoiy buyurtmasini tatbiq etuvchi ma'lum fazilatlarning namoyon etilishidir.
Pedagog tomonidan qadriyatlar orasida yo‘nalishini aniqlash uning kasbiy faoliyatini belgilaydi. Shaxsga yondashuv pedagog va bolaga o‘zini shaxs sifatida his qilishiga, ularning imkoniyatlarini aniqlash va namoyon etishga, o‘zini anglab yetishga, jamiyat tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘ziga ishonish va o‘zini kashf qilish usullariga imkon yaratadi.
Maktabgacha yoshda bola buyumlarning alohida yuzaki xususiyatlarini qabul qilishning yuqori cho‘qqilarini egallaydi, ko‘rgazmali shakldagi amaliy va aqliy vazifalarning yechimini topadi. Lekin bola hali buyumlarning ko‘rinishiga ahamiyatsiz bo‘ladi. Bu tabiiy hol chunki buyumlar uning uchun mavjuddir va ular bolani faqat amaliy va aqliy faoliyat ob'ekti sifatida qiziqtiradi. Maktabgacha yoshdagi bola buyumlarning mohiyatini emas, balki ularning tashqi ko‘rinishi va ishlatilishiga qarab ish tutadi. Buyumlarning bizlarga qanday ko‘rinishi bilan mohiyati o‘rtasida katta farq bor. Buyumlarning mohiyati yuzaki emas, u shaxsiy tajriba orqasida yuzaga kelmaydi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinmaydi. U ijtimoiy tashkillashtirilgan o‘quv – dunyoni ilmiy anglash orqali kashf etiladi.
Tubdan o‘zgartirilgan o‘qitish – bola va pedagogning hamkorlikdagi tubdan o‘zgartirilgan (ko‘rgazmali-rivojlantiruvchi) pedagog va bola shaxsini mustaqil tarbiyalashga yo‘naltirilgan faoliyati, qaysiki shaxsiy mazmunni hayotiy bo‘shliqda qimmatli ahamiyatga ega bo‘lgan, pedagog va bolaning universallashtirilgan tizimi.
Tubdan o‘qitish quyidagi yondashuvlarni nazarda tutadi:
Ijtimoiy pedagogik yondashuv. Uning mazmuni shundan iboratki, bola tomonidan insoniyat tajribasining o‘zlashtirilishini ta'minlovchi rivojlanishni amalga oshirish. Bunday yondashuv ta'lim berish jarayonini yakuniy natijaga-bola shaxsining ijtimoiylashuviga erishishga yo‘naltirilgan. Uning mohiyati bola tomonidan jamiyatning ahloqiy, ma'naviy o‘zgarishlarni tubdan isloh qilishdir. Bunday yondashuvda ta'lim tarbiya beruvchi vazifani bajaradi.
Gnoseologik (bilish faoliyati) yondashuv o‘qitish jarayoni mohiyatini anglash jarayonidan olib chiqadi va yuzaga kelgan anglash faoliyatini modifikatsiyalaydi (variatsiyalaydi). O‘qitish insonning individual rivojlanishini tezlashtiradi, qaysiki ijtimoiy qonunchilikka bo‘ysunadi. Shu bilan birga u insonning o‘rnatilgan tartibda individual rivojlanishi bilan birga, inson ongining umumiy tarixiy rivojlanishiga ham bog‘liqdir. O‘qish umumiy va individual anglash shakllarini yaqinlashtiradi, individual faoliyatni umumiy anglash tizimiga yaqinlashtiradi, bolaning shaxsiy tajribalari va o‘qish va o‘qitish davrida yuzaga kelgan tushunchalar orasidagi tafovutlarni chaqiradi.
Gnoseologik o‘qitishning mohiyati ta'lim vazifalarini tabiq etishda o‘qitilayotgan ob'ektning individuallashtirish jarayonini amalga oshirishdan iborat.
Psixologik yondashuv. Bu yondashuv uchun insonning rivojlanishi va bilimlarni o‘zlashtirishini psixologik nazariy bilimlarni yuzaga olib chiqishdan iborat.
Aqliy faoliyatning bosqichma-bosqich shakllanishi nazariyasini inobatga olgan holda (P.Ya.Galperin, N.F.Talo‘zin), o‘qitish birinchi materiallashgan bosqichdan ikkinchisi, ya'ni tayanch tashqi nutq faoliyatida saqlangan bosqichga o‘tadi. Undan so‘ng aqliy faoliyat to‘liq ichki faoliyatda amalga oshiriladigan uchinchi, yuqori bosqichga o‘tadi. Bunday yondashuvda o‘qitishning mohiyati aqliy faoliyat shakllanishining bosqichlariga mos ravishda solishtiriladi. Bunday yondashuvda o‘qitish o‘qitiluvchining shaxsiga yo‘naltiriladi va rivojlantiruvchi faoliyatni amalga oshiradi.
Akmeologik (grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, yuqori nuqta, yuksalish, yaxshi payt va o‘qish degan ma'noni bildiradi) yondashuv o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan xususiyatlarini ochib beradi. Uning asl mohiyati shundan iboratki, o‘qitish shaxsning hayotiy dunyosiga, pedagog va bolaning mavjud hayoti mazmuniga bir tekisda kirib boradi. O‘qitish nafaqat o‘qitiluvchi va va pedagogning fikr va munosabatlarini uyg‘unlashtirib, mazmun maydonini o‘zgartiradi, balki, o‘zaro munosabatlarning yaxlit sub'ektining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keladi. Bunda o‘qitishning o‘zaro tarbiya, o‘zaro ta'lim, o‘zaro hamkorlik, o‘zaro ijodiylikka aylanishiga omil bo‘ladi.
Ta'lim jarayonida uslubiy tamoyillarni tadbiq etishda quyidagi ta'lim maqsadlari mavjud: tarbiyaviy, ta'limiy, rivojlantiruvchi, amaliy.
Ta'limning tarbiyaviy maqsadi – bola extiyojlarini tarbiyalash, pedagogik nuqtai-nazarni tadbiq etish (kattalar tomonidan boshqarilayotgan jamoaviy faoliyatda bola tomonidan o‘zining shaxsiy kechinmalari orqali “ahloqiy bosqichlar”ni bosib o‘tish yo‘li).
Tarbiyaviy maqsadning mazmuni shundaki, bolada ahloqiy qadriyatlar tizimi, dunyoga hissiy-baholovchi munosabat shakllanadi.
Ta'limiy maqsad shundan iboratki, bola ta'lim jarayonida o‘zining aqliy ehtiyojlarini qondirib, uni o‘rab turgan haqiqatni anglab boradi.
Ta'limning tarbiyaviy, ta'limiy, rivojlantiruvchi, amaliy maqsadlari o‘qitishning munosib vosita, usul va uslublarini tanlash sharti bilan tadbiq etiluvchi va uslubiy tamoyillarni belgilovchi asosiy faktor bo‘lib xizmat qiladi..3 Bolaning rivojlanishi va uning maktabga tayyorgarlik ko‘rsatkichlari
Bolaning rivojlanishi va uning maktabga tayyorgarlik ko‘rsatkichlari quyidagilar:
1.Jismoniy tayyorgarlik (bolaning mazmuniy jihati rivojlanishining fiziologik darajasi);
2.Psixologik tayyorgarlik (bola shaxsi tarkibining xissiy, mental (aqliy), irodaviy rivojlanish darajasi);
3.Ijtimoiy tayyorgarlik (bolaning mazmuniy jixatdan ijtimoiy rivojlanish darajasi).
Pedagogning maktabgacha ta'limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini belgilashda 3ta sohani inobatga olish lozim: shaxs, faoliyat bo‘yicha va refleksiv.
Shaxs sifatida tayyorgarlik – bu pedagogik tafakkur (gnostik, ya'ni aqliy qobiliyatlar - ilmiy ma'lumotlarni farqlash malakalari, amaliy faoliyatda ilmiy bilimlarni to‘g‘ri qo‘llash, pedagogik vazifalarni malakali xal etish); pedagogik maqsadni belgilash (tashkilotchilik qobiliyatlari - o‘qitish va takrorlash uchun optimal sharoit yaratish malakalari, mashg‘ulotning kerakli shakllarini tanlash, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, o‘quv jarayonini kerakli inventar jixozlari bilan ta'minlash; o‘z mehnatini tashkil etish, har qanday tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazish (ertaliklar, adabiy kechalar va boshqalar); pedagogik yo‘naltirilganlik (kommunikativ qobiliyatlar: ma'lum bir ta'lim olayotganlar kategoriyasi uchun hammabop shaklda ma'lumotni taqdim etish qobiliyati, vaziyatga qarab ma'lumotni berish usul va uslublarini to‘g‘rilash, birovni ishontira olish qobiliyati, “pedagog-pedagog”, “pedagog-ota-ona”, “pedagog-menedjer”, “pedagog-bola” darajalarida kasbiy muloqotni savodli tuzish; bolalar jamoasida ijobiy psixologik mikroklimatni yaratish va boshqalar).
Kasbiy tayyorgarlik: pedagogik takt (intellektual mehnat bo‘yicha loyihaviy qobiliyatlar: oddiy standartlar va qaror uslublarini olib tashlab, yangi, ajoyiblarini izlash; ushbu va o‘z o‘zidan ma'lum narsadan yuqorilarini ko‘ra bilish; odatdagi muammolarni asosiy bog‘liqliklarini qamrab olish; qaror qabul qilishning bir nechta turli yo‘llarini aniq ko‘ra bilish va hayolan eng samaraligini tanlash; barcha masalalar xal etilib bo‘lingan joyda muammoni sezish va mavjudligi; g‘oyaviy hosildorlik; bolaning individual rivojlanish o‘quv jarayonini, innovatsion o‘quv rejasini, dasturni, o‘z faoliyatini loyihalashtirish va boshqalar).
Refleksiv tayyorgarlik: pedagogik refleksiya (refleksiv qobiliyatlar sezgirlikning 3 turini o‘z ichiga oladi: ob'ektni his etish: real haqiqat bolalarda qanday aks-sado berayotganiga, bunda qay darajada bolalarning qiziqish va ehtiyojlari namoyon bo‘lishiga, “ularni pedagogik tizimning talablariga mos kelishiga” pedagogning alohida sezgirligi; me'yorni his etish va takt turli pedagogik ta'sir ko‘rsatish vositalari ta'sirida bola shaxsida va faoliyatida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar o‘lchoviga alohida sezgirlikda namoyon bo‘ladi, umuman qanday o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, ular ijobiymi yoki salbiymi, qaysi belgilarga ko‘ra ular haqida so‘zlash mumkin; dahldorlik hissi pedagogning shaxsiy faoliyati kamchiliklariga, tanqidiyligi va o‘quv jarayoniga javobgarlik sezgirligi bilan ta'riflanadi).
Yuqoridagilar shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni tadbiq etishda bola va pedagog shaxsining alohida rivojlanishi emas, balki ta'lim jarayoni yaxlit sub'ektining rivojlanishi amalga oshirilishi lozimligidan dalolat beradi. Mazmun-ma'nolar tizimi yaxlit sub'ektning rivojlanish ko‘rsatkichlari sifatida namoyon bo‘ladi: bola ongida shaxsiy mazmun-mohiyatlar tizimi, pedagogning shaxsiy, hayotiy mazmun-mohiyati va ma'noviy tarkibi.
Maktabgacha ta'lim tizimining qayta tashkil etilishi - bu, avvalambor, maktabgacha ta'lim tashkilotiga ko‘proq mos keluvchi tartibni yaratish. Bundan kelib chiqib, maktabgacha ta'lim tashkiloti bola ta'lim-tarbiyasida davlatning asosiy talablarini qondira oladigan tashkilot sifatida qabul qilinishi kerak.
Nazorat savollari:
1. Rivojlangan davlatlar ta'lim tizimining o‘ziga xosliklarini tushuntiring.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida so‘zlab bering
3.Konsepsiyaning xuquqiy asosini qanday hujjatlar tashkil etishi haqida ma'lumot bering
4. Maktabgacha ta'limning maqsad va vazif alari haqida ma'lumot bering
Rivojlangan davlatlar ta'lim tizimining o‘ziga xosliklarini tushuntiring.
Qo'shma Shtatlarda ta'limning rivojlanishi XVII asrning birinchi yarmidan boshlandi. O'sha paytda mamlakatga kelgan mustamlakachilarning hayoti mashaqqatli va notinch bo'lgan, ammo birinchi o'quv muassasalari - ham kichik maktablar, ham katta o'quv markazlari ochila boshladi. Masalan, uning 1636 yilda tashkil etilganini hamma biladi. Amerikada u asosan davlatga tegishli bo'lib, u federal va mahalliy shtatlar byudjetidan moliyalashtiriladi. Ammo Qo'shma Shtatlardagi oliy ta'lim tizimi shunday tuzilganki, aksariyat universitetlar xususiy asosda ishlaydi, shuning uchun ular butun dunyodan talabalarni jalb qilishga intilishadi. Tuzilishi
Shtatga qarab, mashg'ulotni boshlash yoshi va uning davomiyligi har xil. Bolalar uchun Qo'shma Shtatlarda ta'lim odatda besh yoshdan sakkiz yoshgacha boshlanadi va o'n sakkiz yoshdan o'n to'qqiz yoshgacha tugaydi. Birinchidan, amerikalik bolalar boshlang'ich maktabga borishadi va u erda beshinchi yoki oltinchi sinfgacha o'qishadi (maktab tumaniga qarab). Keyin ular sakkizinchi sinfda tugaydigan o'rta maktabga boradilar. Katta yoki undan yuqori maktab - to'qqizinchi-o'n ikkinchi sinflar.
Qo'shma Shtatlarda maktabni tugatgan qizlar va o'g'il bolalar kollejga borishlari mumkin. U erda ikki yil o'qib, ular Rossiyadagi o'rta maxsus ma'lumotlarga teng daraja olishadi. Yoki siz to'rt yil davomida darhol kollej yoki universitetda o'qishingiz va bakalavr darajasiga ega bo'lishingiz mumkin. Istaganlar keyinchalik o'qishni davom ettirishlari va ikki yoki uch yil ichida magistr yoki doktorlik darajasini olishlari mumkin
. AQSh ta'lim tizimiga quyidagilar kiradi.
3-5 yoshdagi bolalar uchun maktabgacha ta'lim
6-13 yoshdagi bolalarni qabul qiladigan boshlang'ich maktab (1-8 sinflar)
14-17 yoshdagi o'quvchilar joylashgan o'rta maktab (9-12 sinflar)
oliy ta'lim tizimiga taalluqli so'nggi darajadagi ta'lim muassasalari
Maktabgacha
Qo'shma Shtatlardagi maktabgacha tarbiya muassasalariga juda yosh bolalar uchun bolalar bog'chalari va kelajakda ta'lim olish uchun kichkintoylarni tayyorlaydigan maxsus markazlar joylashgan bolalar bog'chalari kiradi. Ushbu muassasalar davlatga yoki xususiy shaxslarga tegishli. Xususiy korxonalar mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazorat qilinib, o'quv amaliyotiga ilg'or tajribalarni joriy etishni va moddiy yordam ko'rsatishni rag'batlantiradi. Maktabgacha ta'lim tizimini bunday tashkil etishning shubhasiz afzalligi turli xil pedagogik yangiliklarga nisbatan harakatchanlikdir.
Bu keyingi maktab ta'lim bosqichining umumiy darajasini oshirishga foydali ta'sir ko'rsatadi, chunki har bir bola juda yoshligidanoq o'quv jarayoniga qo'shilish, o'z qobiliyatini namoyon etish va rivojlantirish imkoniyatiga ega.
Besh yoshga etgach, o'quvchilar bolalar bog'chasining katta guruhlariga ko'chib o'tishadi, bu shartli ravishda boshlang'ich maktabning nol darajalari deb hisoblanishi mumkin. Ushbu bosqichda darslarni o'tkazishning o'yin shaklidan an'anaviy darsga silliq o'tish mavjud.
Qo'shma Shtatlarda, oliy o'quv yurtlarida ochiladigan va bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash uchun ilmiy-tadqiqot bazasi bo'lib xizmat qiladigan maktabgacha laboratoriya deb nomlangan laboratoriyalar mavjud. Bunday tajriba bo'limlari ajoyib jihozlangan va bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish uchun maqbul sharoitlarni yaratmoqda. Ular 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan.
Maktab
Qo'shma Shtatlardagi maktab tizimi mustaqil ravishda o'qish davrlarini belgilaydigan turli xil muassasalar bilan ifodalanadi. Ammo majburiy barcha muassasalarning sharti – bu maktabgacha tayyorgarlik guruhining mavjudligi.
Bolalar olti yoshida bilimlarni o'zlashtira boshlaydilar va ma'lum bir ta'lim muassasasining siyosati va dasturiga qarab, keyingi bosqichga qadar 6-8 yil davomida o'qishadi - o'rta maktab, u erda 7 dan 9 sinfgacha o'qitiladi. Yakuniy bosqich - o'rta maktab (10-12 sinflar) oliy o'quv yurtlariga kirmoqchi bo'lganlar uchun majburiydir.
Kichik aholi punktlarida o'rta maktab an'anaviy sxemaga amal qiladi: sakkiz yillik boshlang'ich kursi va to'rt yillik to'liq o'rta ta'lim. So'nggi paytlarda boshlang'ich bosqichni fanlarni o'qitish tizimiga tezroq o'tish foydasiga kesish tendentsiyasi kuzatilmoqda.
Amerikada ta'lim majburiy emas, lekin bolalar bog'chalari va tayyorgarlik markazlarining deyarli barcha bolalari maktablarga borishadi, maktab bitiruvchilarining 30% esa universitet talabalari bo'lishadi. O'quv yilining choraklarga bo'lingan davomiyligi o'rtacha 180 kun. Ish haftasi besh kun. Darslar ertalab soat sakkiz yarimdan tushdan keyin soat uch-to'rtgacha davom etadi. Sakkizinchi sinfdan boshlab maktab o'quvchilari o'qish uchun fanlarni tanlash huquqiga ega, ammo hamma uchun ham majburiy mavzular mavjud - matematika, ona tili, tabiatshunoslik, ijtimoiy fanlar va boshqa bir qator fanlar. O'rta maktablar akademik, kasb-hunar va ko'p yo'nalishli bo'lishi mumkin. Birinchi turdagi muassasalar talabalarni universitetlarga kirish uchun tayyorlaydi. Ularda har bir bola intellekt darajasini (aqliy iqtidor) aniqlash uchun IQ testini topshirishi kerak. Agar indikator 90 dan past bo'lsa, talabaga ta'lim muassasasini almashtirish tavsiya etiladi. Kasb-hunar maktablari o'quvchilarni amalda qo'llanishi mumkin bo'lgan amaliy bilimlarni olishga yo'naltiradi, ko'p tarmoqli maktablar esa birinchi va ikkinchi turdagi maktablarning xususiyatlarini birlashtiradi. Mamlakatda davlat universitetlari bilan bir qatorda AQSh oliy ta'lim tizimida muhim rol o'ynaydigan xususiy universitetlar ham faoliyat yuritmoqda. Ikkalasida ham ta'lim qimmat, ammo ayniqsa iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiyalar mavjud.
Qo'shma Shtatlarda 4000 dan ortiq kollej va universitetlar mavjud bo'lib, ularning 65% xususiydir. Amerika oliy o'quv yurtlarida o'qituvchilar va talabalar sonining nisbati taxminan 7,5 dan 1 ga teng (mos ravishda 2 va 15 million).
Har bir muassasa o'z qabul tartibiga ega, bu alohida kollej yoki universitetning darajasi va obro'siga bog'liq. Ba'zi universitetlarda kirish imtihonlari kirish uchun talab qilinadi, boshqalarda - suhbatlar, testlar yoki maktab diplomlari tanlovi. O'rta maktabni muvaffaqiyatli tugatganligi to'g'risida diplomni taqdim etish kifoya bo'lganlar ham bor (ular, odatda, kollejlar). Qo'shimcha afzallik - jamoat va diniy tashkilotlarning tavsiyanomalari, festivallarda, olimpiadalarda, sportda va boshqalarda faol qatnashganligi to'g'risidagi dalillar bo'ladi. Eng nufuzli universitetlar tanlov asosida tanlov o'tkazishadi, chunki o'qish uchun ariza beruvchilar soni bo'sh joylar sonidan ancha yuqori.
Amerikalik abituriyent bir vaqtning o'zida qabul qilish imkoniyatlarini oshirish uchun bir vaqtning o'zida bir nechta universitetlarga hujjat topshirish huquqiga ega. Kirish imtihonlari - testlar yoki imtihonlar o'sha universitet yoki kollej professor-o'qituvchilari tomonidan emas, balki maxsus xizmatlar tomonidan amalga oshiriladi. Qabul qilinadigan talabalar sonini har bir universitet o'zi belgilaydi - mamlakatda yagona reja yo'q. O'qish muddati cheklanmaganligi qiziq, chunki barcha talabalar moliyaviy imkoniyatlari va hayotiy sharoitlari har xil.
Qizig'i shundaki, Amerika universitetlari devorlarida har bir talaba bizning o'quv muassasalarimiz uchun an'anaviy bo'lgan akademik guruh doirasida emas, balki individual dastur asosida o'qitiladi.
Kollejlar aksariyat hollarda bakalavr darajasida yakunlanadigan to'rt yillik o'quv kurslariga ega. Uni olish uchun siz tegishli imtihonlardan o'tishingiz va ma'lum miqdordagi ball to'plashingiz kerak. Siz bakalavr darajasiga bir yoki ikki yil qo'shib, ilmiy tahliliy hisobotni himoya qilish orqali magistr bo'lishingiz mumkin.
Universitet ta'limining eng yuqori bosqichi - bu fan sohasida mustaqil ishlashga yo'naltirilgan doktorlik dasturlari. Doktoranturaga yozilish uchun ko'p hollarda nomzod magistr darajasiga ega bo'lishi kerak.
Natijada aytishimiz mumkinki, Qo'shma Shtatlarda ta'lim tizimi jamiyatning doimiy o'sib borayotgan ehtiyojlariga mukammal moslashgan va ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanish yo'nalishlariga mos ravishda moslashuvchan o'zgarishlarga tayyor.
Ma'lumki, AQSh ta'lim tizimi dunyodagi eng yaxshi tizimlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun sayyoramizning turli mamlakatlaridan kelgan yoshlar dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida etakchi o'rinlarni egallab turgan Amerika universitetlarida o'qishga intilishadi.
Rivojlangan davlatlar ta`lim- tarbiya ishlarining yo`lga quyilishi, maktablarda amalga oshirilganini o`rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta`lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta`lim-tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o`z dolzarbligini yuqotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo`lish, uni munosib tarzda yangilashda qo`shimcha boy manbalarga xam ega bo`lamiz. Zotan, xozirgi zamon ta`limida davlat va jamiyat talabi xamda manfaatlari aks etib turishi kerak.Ilmiy-texnika tarakkiyoti, yangi texnologik revolyusiya sharoitida muvaffaqqiyatli faoliyat ko`rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-xunarga yo`naltirish xamda o`rta ta`limning ko`p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta`lim-tarbiya berishda eng ilg`or pedagogik vositalarni qo`llash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo`l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi jaxon tajribalarini o`rganish maqsadga muvofiqdir.Bugungi kunda keng ko`lamdagi isloxotlarni o`z boshidan kechirayotgan bizning ta`limimiz uchun bu katta axamiyatga ega. Keyingi yillarda jaxon ta`limi bo`yicha ko`pgina maqolalar, broshyuralar, qo`llanmalar chop etildi, unga bag`ishlab seminarlar, anjumanlar, o`qishlar, uchrashuvlar o`tkazildi. Bu bizning ta`lim tizimimizda, chet ellarda o`quv-tarbiya ishlarining yo`lga qo`yilishiga. e`tibor va qiziqishning natijasidir.
O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida so‘zlab bering
Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining dastlabki bo'g'ini bo'lishi bilan birga keyingi ta'lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bu ta'lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi bejiz emas. Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko'tarish maqsadida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo'lgan eng kichik jihatlarigacha e'tibor qaratdi. Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasalarining ta'lim dasturlari va o'quv-tarbiyaviy rejalariga qo'yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolayotganligi aniqlandi. Bolalarni maktabgacha ta'limga qamrab olish ko'rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida «2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qarori - Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish tubdan isloh qilishga yo'naltirilgan qarordir. Bu qaror natijasi Maktabgacha ta'lim sohasida keskin o`zgarishlar,qayta ta`mirlash ishlari, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish ishlari olib borilmoqda. Maktabgacha ta'lim sohasiga bo`lgan e`tabor xamma qatori meni ham hayotimga ham o`z ta`sirini ko`rsatib,oliy ma`lumotli mutahasis bo`lish arafasidaman.
3.Konsepsiyaning xuquqiy asosini qanday hujjatlar tashkil etishi haqida ma'lumot bering
Mamlakatda bola huquqlarini ta’minlash va ularni har tomonlama himoya qilish uchun maxsus huquqiy baza shakllangan dɟsak, adashmagan bo‘lamiz. Jumladan, bolalarning huquqlari mamlakatimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va ta'lim sohasidagi boshqa huquqiy-me'yoriy hujjatlar.Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki davridanoq, aniqrog‘i 1992-yili BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvɟnsiyasini ratifikatsiya qilishi bilan jamiyatimiz bola huquqlari naqadar, dolzarb masala ekanligini xalqaro miqyosda e’tirof etdi. Mamlakatimizda bola huquqlarini ta’minlashda, qonunchilik hujjatlari va Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvɟnsiya bilan bir qatorda, Inson huquqlari umumjahon dɟklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Xotin qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham bɟrish to‘g‘risidagi konvɟnsiya, Irqiy kamsitishlarga barham bɟrish to‘g‘risidagi konvɟnsiya va Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvɟnsiya, kabi inson huquqlari bo‘yicha boshqa xalqaro shartnomalarga ham tayaniladi. Bugungi kungacha mamlakatimiz 70dan ortiq inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan. Mazkur xalqaro huquqiy hujjatlar orasida bola huquqlariga oid xalqaro normalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu alohida qayd etish kerakki, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60-yilligi mamlakatimizda kɟng nishonlangan 2008-yilda O‘zbekiston parlamɟnti bola huquqlariga taalluqli quyidagi muhim xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi:
1. Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risidagi XMTning konvɟnsiyasini (2008-yil 4 aprɟlda);
2. Bolalar mɟhnatining eng yomon shakllarini taqiqlash va tugatishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risidagi XMTning konvɟnsiyasini (2008-yil 8 aprɟlda);
3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvɟnsiyasini (Nyu-York, 2000-yil 15-noyabr) to‘ldiruvchi odam savdosining, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish hamda unga chɟk qo‘yish va uning uchun jazolash haqidagi protokolini (2008-yil 8-iyulda);
4. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvɟnsiyaga doir bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va bolalar pornografiyasiga taalluqli Fakultativ protokolni (2008-yil 11-dekabrda);
5. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvɟnsiyaga doir, bolalarning qurolli mojarolarda ishtirokiga taalluqli Fakultativ protokolni (2008-yil 12-dekabrda). Bola huquqlariga oid mazkur xalqaro hujjatlar o‘z navbatida milliy qonunchilikni takomillashtirishga yordam bɟrmoqda. Jumladan, O‘zbɟkistonda bola huquqlari va erkinliklari, ularni ta’minlash va himoya qilish masalalari 100dan ortiq qonunlar bilan tartibga solinishiga qaramay, 9 2008-yil 7-yanvar kuni, bu sohadagi maxsus qonun hisoblangan O‘zbekiston republikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni3 kuchga kirdi. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni O‘zbekistonning huquq tarixida bola huquqlariga oid birinchi maxsus qonun bo‘ldi. Maqsadiga ko‘ra, mazkur Qonun bolaning huquqiy ahvolini belgilashga doir munosabatlarni tartibga solishga, bola huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga qaratilgan. Unga binoan, bola huquqlari va manfaatlarini amalga tatbiq etilishini ta’minlaydigan kafolatlarni belgilash qonun bilan tartibga solinadigan asosiy obyɟkt hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, Qonun normalarining yarmidan ko‘pi bola huquqlarining kafolatlarini belgilashga bag‘ishlangan.
XULOSA
Mamlakatda bola huquqlarini ta’minlash va ularni har tomonlama himoya qilish uchun maxsus huquqiy baza shakllangan dɟsak, adashmagan bo‘lamiz. Jumladan, bolalarning huquqlari mamlakatimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va ta'lim sohasidagi boshqa huquqiy-me'yoriy hujjatlar.Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki davridanoq, aniqrog‘i 1992-yili BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvɟnsiyasini ratifikatsiya qilishi bilan jamiyatimiz bola huquqlari naqadar, dolzarb masala ekanligini xalqaro miqyosda e’tirof etdi. Mamlakatimizda bola huquqlarini ta’minlashda, qonunchilik hujjatlari va Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvɟnsiya bilan bir qatorda, Inson huquqlari umumjahon dɟklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Xotin qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham bɟrish to‘g‘risidagi konvɟnsiya, Irqiy kamsitishlarga barham bɟrish to‘g‘risidagi konvɟnsiya va Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvɟnsiya, kabi inson huquqlari bo‘yicha boshqa xalqaro shartnomalarga ham tayaniladi. Bugungi kungacha mamlakatimiz 70dan ortiq inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan. Mazkur xalqaro huquqiy hujjatlar orasida bola huquqlariga oid xalqaro normalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu alohida qayd etish kerakki, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60-yilligi mamlakatimizda kɟng nishonlangan 2008-yilda O‘zbekiston parlamɟnti bola huquqlariga taalluqli quyidagi muhim xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi:
Foydalanilgan adabiyotlar
1.. N.X.Avliyoqulov, N.N.Musayeva, Pedagogik texnologiya, Toshkent – 2012, 27 bet
2. N.M.O‘rinova, M.O.Uralova, Ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv, Farg‘ona – 2011, 40 b
3. Boltayeva F. A., Ibrohimova N. N. Maktabgacha ta’limda integral darslar ’ innovatsion loyiha sifatida. ’Science and Innovation’. International sicentific journal
4. Boltayeva F. A. Esonaliyeva O. Yoshlar hayotida virtuallashuv sabablari va omillari. ’Fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi’ FTAI, Jild: 03, Nashr: 06, June 2022. 232
5. F.A.Boltayeva. The Essence of Integrating Innovative Technologies in Preschool Education. Pindus Journal Of Culture, Literature and ELT. 110 b
http://fayllar.org
Yüklə 132,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin