I BOB O’zbekistonda eksportchi korxonalarning davlat tomonida qo’llab quvvatlanishi Eksport qiluvchi korxonalarga 2021 va 2022 yilda davlat tomonidan ajratilgan investetsiyalar.
Qayd etilishicha, pandemiya oqibatlari sanoat ishlab chiqarish sur’atlariga ta’sir o‘tkazdi. Shu bois davlat tomonidan har bir tarmoqni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rildi. Karantin davrida ham ishlab chiqarish davom etdi. Bularning natijasida sanoatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy yo‘qotishlarning oldi olindi.
Ma’lum qilinishicha, iqtisodiyotda yuqori qo‘shilgan qiymatni ta’minlovchi qayta ishlash sanoatida 9 oyda qariyb 3 foiz o‘sish qayd etildi. Xususan, elektr texnikasi ishlab chiqarish 25 foiz, to‘qimachilik mahsulotlari 12 foiz, metall rudalari qazish 7 foiz va qurilish materiallari 6 foizga o‘sdi.
Shuningdek, avtomobillar 1,5 baravar, elektr texnikasi mahsulotlari 1,3 barobar, to‘qimachilik tovarlari 16 foiz, mis sim 15 foiz ko‘p eksport qilindi. Natijada yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati 0,4 foiz ijobiy darajada saqlab qolindi va budjet daromadi 1,9 trillion so‘m ortig‘i bilan bajarilishiga erishildi.
Shu bilan bir qatorda, ayrim tarmoq va hududlarda ishlab chiqarishda qoloqlikka yo‘l qo‘yilgani oqibatida sanoat mahsulotlari bo‘yicha umumiy ko‘rsatkich 2,7 foizga kamaygan.
Yig‘ilishda bunga sabab bo‘lgan omillar tanqidiy tahlil qilinib, yil yakunigacha ishlab chiqarish hajmlarini ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, sanoat tarmoqlari va hududlarda yana qanday zaxiralar borligi, ularni ishga solish uchun nimalar qilish kerakligi batafsil muhokama qilindi.
Avval neft-gaz tarmog‘idagi ishlar tahlil qilindi. Qoloqlikka yo‘l qo‘ygan korxonalar faoliyati tanqidiy baholanib, rahbarlarning lavozimlariga loyiqlik masalasi ko‘rib chiqildi.
Yil yakuni bilan tabiiy gaz qazib olishni ko‘paytirish, ichki bozorga qo‘shimcha gaz yetkazib berish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, 740 ming tonna neft va kondensat qazib olish, 203 ming tonna suyultirilgan gaz va 125 ming tonna polietilen ishlab chiqarish vazifasi qo‘yildi.
“O‘zkimyosanoat” korxonalarida hali rezervlar mavjudligi, ishlab chiqarish hajmini oshirib, eksportga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi. Qo‘qon superfosfat zavodining birinchi bosqichini modernizatsiya qilish, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ammiak va karbamid kompleksini ishga tushirish choralari belgilandi.
“O‘zavtosanoat” boshqaruviga o‘tgan qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida traktor va seyalkalar ishlab chiqarish 2 barobar kamaygani ko‘rsatib o‘tildi. To‘rtinchi chorakda avtomobillar ishlab chiqarishni 62 mingtaga yetkazib, 165 million dollarlik eksport qilish, butlovchi va ehtiyot qismlarni xorijiy bozorlarga sotishni yo‘lga qo‘yish zarurligi aytildi. Xalqaro ekspertlar bilan birga avtomobil sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Ta’kidlanishicha, qurilish materiallari, elektr texnikasi va yengil sanoatda ham hali ishlatilmagan zaxiralar bor. Masalan, qurilish materiallari bo‘yicha yil yakunigacha 11 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu orqali yangi mahsulotlar o‘zlashtirilib va mavjud korxonalar quvvati oshirilib, import o‘rnini qoplashga erishiladi.
Elektr texnikasi sanoatida 12 xil mahsulotni mahalliylashtirish loyihasi rejalashtirilgan. Davlat rahbari ushbu quvvatlarni tezroq ishga tushirib, raqobatni ta’minlash, tovarlar narxini arzonlashtirib, eksportni kengaytirish muhimligini aytdi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga mavjud quvvatlarni to‘la ishga solish, 100 dan ziyod yangi korxonaga AQSh va Yevropada tan olingan xalqaro sertifikatlar olishda ko‘maklashib, ularni eksportga jalb qilish vazifasi qo‘yildi.
Bozor mexanizmlari to‘liq kirib bormagan tarmoqlarni transformatsiya qilish dolzarb bo‘lib bormoqda. Shu bois Prezident sanoat korxonalari faoliyatini takomillashtirish, xalqaro boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Yig‘ilishda hududiy sanoat korxonalarida mavjud rezervlardan foydalanib, qo‘shimcha ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi.
O‘tgan 9 oyda mahalliylashtirish borasida 55 ta hududiy loyiha ijrosi kechikkan, 144 ta loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi ta’minlanmagan. Oqibatda 720 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlash imkoniyati yo‘qotilgan.
Tegishli vazirlik va hokimliklarga qoloqlikka yo‘l qo‘yilgan loyihalardagi muammolarni bartaraf etish, import o‘rnini bosuvchi yangi istiqbolli yo‘nalishlarni o‘rganib, mahalliylashtirish dasturiga kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Umuman, qolgan uch oyda qiymati 7 milliard dollarlik 80 ta tarmoq va 44 ta hududiy yirik loyihani ishga tushirish muhimligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda ishlab chiqarishni kengaytirish orqali eksport hajmini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
“Bugun eksportchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish bo‘yicha farmonni imzoladim. Endi bunday korxonalar uchun yangi tashkil qilinayotgan Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi. Shu maqsadda jamg‘armaga 100 million dollar berilmoqda. Bu, o‘z navbatida, mahsulotlarni tashqi bozorlarga uzluksiz yetkazib berish uchun korxonalarning aylanma mablag‘lariga yo‘naltiriladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bosh vazir o‘rinbosarlariga bu boradagi vazifalarni tezkor, samarali va manzilli hal qilib borib, yil yakuniga belgilangan ko‘rsatkichlarni ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi PF–60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga doir Davlat Dasturi” doirasida tizim oldiga belgilab berilgan topshiriqlarni so‘zsiz, sifatli va o‘z muddatida ijrosini taʼminlash borasida 2022 yilning I choragida amalga oshirilgan ishlar hamda statistika organlari oldida turgan kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida gapirib o‘tdi.
Shuningdek, “2022 yil uchun Davlat statistika ishlari dasturi” doirasida qo‘mita va uning hududiy statistika organlari tomonidan
2022 yilning I choragida amalga oshirilgan ishlar, pirovardida ishlab chiqilgan tahliliy-statistik maʼlumotlarni keltirib o‘tdi.
Jumladan, dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 162 784,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8 % ga o‘sdi.
Shuningdek, joriy yilning yanvar-mart oylari davomida, respublikada isteʼmol tovarlari va xizmatlari narxlari 2,9 % ga oshdi. Umumiy hisobda isteʼmol sektoridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘rtacha o‘sish surʼati 4,4 % ni, nooziq-ovqat mahsulotlar 2,1 % ni va xizmatlar tariflarining o‘sish surʼati 1,5 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, 2022 yilning yanvar-mart oylari davomida isteʼmol narxlari darajasining o‘rtacha oylik o‘sish surʼati 1 % ga teng bo‘ldi.
Respublika korxonalari tomonidan 2022 yilning yanvar-mart oylari davomida 114 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, sanoat ishlab chiqarishi fizik hajmi indeksi 103,7 % ni tashkil etdi.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 33,5 trln. so‘mni tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 102,8 % ga yetdi.
2022 yilning yanvar-mart oylarida investitsion faollikning oshganligi kuzatilib, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmining 2021 yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 126,3 % ni tashkil etdi. Respublikada jami 24,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish surʼati 106,3 % ga teng bo‘ldi.
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar
va tashkilotlar soni 2022 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 576 905 tani tashkil etib, ulardan 542 672 tasi yoki 94,1 % i faoliyat ko‘rsatmoqda. 2022 yilning yanvar-mart oylarida respublikada 25 026 ta korxona
a tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa 2021 yilning mos davriga nisbatan 2683 taga kam.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 73,8 trln. so‘mni, 2021 yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 115,9 % ni tashkil etdi. Uning nominal hajmi 13,8 trln. so‘mga oshdi.
Chakana savdo tovar aylanmasi 59 057,3 mlrd so‘mni tashkil etib,
2021 yilning mos davriga nisbatan 110,8 % ga oshdi. Respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2022 yilning yanvar-mart oylarida 13,2 mlrd. AQSH dollarini, jumladan eksport – 5,8 mlrd. AQSH dollоrini va import – 7,4 mlrd. AQSH dollоrini tashkil etdi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2022 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra respublika bo‘yicha doimiy aholi soni 35433,8 ming kishini tashkil etib, yil boshidan
162,5 ming kishiga yoki 0,5 % ga o‘sdi.
So‘z yakunida, Davlat statistika qo‘mitasi raisi B. Begalov yig‘ilish davomida kun tartibiga muvofiq, tizimda “Statistika dasturi”ning ijrosi hamda Hayʼatning 2021 yil II yarim yillik ish rejasiga kiritilgan tadbirlarning bajarilishi bo‘yicha qo‘mitaning mutasaddilari tomonidan hisobotlar berish jarayonida har bir masalani atroflicha muhokama qilinishini taʼkidladi va kun tartibidagi navbatdagi masala muhokamasiga o‘tilishini eʼtirof etdi.